Darsning metodi: aralash.
Darsning jihozi:
— 4-sinf musiqa darsligi;
— fortepiano, cholg'u asboblari;
— musiqa savodiga doir tasviriy-illustiativ ko'rgazmalar;
— plakatlar, rasmlar; — rag'batlantinivchi kartochkalar;
— texnik vositalar.
Darsning borishi
O'quvchilar musiqa sadolari ostida sinfga kiradilar.
I Tashkiliy qism. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
II O’tgan mavzuni mustahkamlash
O'tilgan mavzular bo'yicha bilimlarni va uyga berilgan vazifalarni tekshirish.
o`yin o'tkaziladi. O'quvchilarning bilimlarini mustahkamlash uchun «Bumerang» metodidan foydalaniladi. O'quvchilar guruhlarga bo'linib musobaqa sifatida bir-biriga savollar berib, «Ha» va «Yo'q» deyilmasligi kerakligi, balki to'liq javob berilishi kerakligi o'qituvchi tomonidan aytib o'tiladi.
III Yangi mavzu bayoni Ramazon marosimi aytimlari
Ramazón marosimi hijriy-qamariy (oy) taqvimi muborak ramazón oyining uchinchi kunidan boshlab kattalar yoki bolalar ishtirokida o'tkaziladi. Bunda marosim ishtirokchilari bo'lgan ramazonchilar xufton vaqtida har bir xonadon eshigi oldida to'planishib, yaxshi niyat-istaklar bilan «Ramazón» yoki «Yo, Ramazón» aytimini kuylashadi. Bunga javoban uy egalaridan turli pishiriq va hadya-ehsonlar olishadi. Xilma-xil ko’rinishlarda mavjud bo'lgan ramazón aytimlari mazmunan o'zaro yaqin bo'ladi. Jumladan, ularning she’riy to'rtliklarida xonadon egalariga nisbatan yaxshi istak va ezgu niyatlar bildiriladi, ba’zan esa hazil-mutoyiba mazmunli bandlar ham kuylanadi.
Ovoz mashqi Do-major gammasini nota bilan yoki bo'g'inlar bilan ijro etiladi. Jamoa bo'lib kuylash. O'quvchilar D.Omonullayevaning «Nisholda» va M.Dadaboyevning «Onajonim, sog’ bo’ling» qo'shiqlarini takrorlab, solist va xor bo'lib ijro etadilar. Yaxshi ijro etganlarga
rag'batlantinivchi kartochkalar beriladi. Bahor fasli, 8-Mart — onalar va xotin-qizlar bayrami haqida suhbat o'tkazish. M.Dadaboyevning “Onajonim, sog’ bo’ling ”she’rini yod olish.
Mehri daryo onasiz, Issiq chehra yuzingiz,
So’zlari durdonasiz Chaqnab turar ko’zingiz,
Eng aziz hamxonamiz, Bizga g’amxo’r o’zingiz,
Onajonim sog’ bo’ling Onajonim sog’ bo’ling,
Nur jahonim sog’ bo’ling. Jismi jonim sog’ bo’ling.
Haq kalomin so’zlagan, Sizsiz bizning baxtimiz,
Alla aytib kuylagan, Boyligimiz taxtimiz,
Bizni doim o’ylagan Sizga xizmat – ahdimiz,
Onajonim sog’ bo’ling Onajonim sog’ bo’ling
Soyabonim sog’ bo’ling. Jonajonim sog’ bo’ling.
O'qituvchi qo'shiq mavzusi, kompozitori va shoiri haqida tushuncha berib, qo'shiqni ifodali ijro etib beradi. O'quvchilar tinglangan qo'shiqni tahlil qilib beradilar va jumlalab o'rganadilar.
Musiqa savodi. Ramazom aytimlaridan aytish.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash
Do'stlaringiz bilan baham: |