Darsning metodi: suhbat, «Klaster» usuli.
Darsning jihozi: Davlat ramzlari, M.Burhonov, A.Oripov portretlari, texnik vositalar, 4-sinf «Musiqa» darsligi.
Darsning blok-chizmasi
t/r
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
|
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2 minut
|
2
|
Kirish suhbati
|
15 minut
|
3
|
Mavzu ustida ishlash
|
23 minut
|
4
|
Darsni yakunlash va uyga topshiriqlar
|
5 minut
|
Darsning borishi
O'quvchilar musiqa sadolari ostida sinfga kiradilar.
Tashkiliy qism. Darsni tashkil etish.
Musiqa tinglash. O'quvchilar «O'zbekiston Respnblikasining Davlat Madhiyasi»ni tinglaydilar.
Suhbat o'tkaziladi. O'qituvchi o'quvchilarga quyidagi savollar berish bilan darsni boshlaydi:
1. Kecha yurtimizda qanday bayram nishonlandi?
2. Siz bu bayramni qanday o'tkazdingiz?
3. Mustaqillik deganda nimani tushunasiz?
4. O'zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi mualliflari kimlar? Madhiya qanday yangraydi?
O'qituvch o'quvchilardan savollarga aniq javoblar olgach, ularning fikrlarini umumlashtirib, to'ldirib, Madhiyaning bastakori M.Burhonov va shoir A.Oripovlarning hayoti va ijodi haqida tushuncha beradi.
Yangi mavzuni boshlashdan avval «Klaster» usulini qo'llab, doskaga «Vatan» so'zi yozib qo'yiladi. O'qituvchi «Vatan deganda nimani tushunasiz?» deb savoi beradi. O'quvchilar birma-bir Vatan haqida bilganlarini doskaga chiqib yozadilar. Shu orqali o'quvchilarning Vatan haqidagi bilimlari aniqlanadi va mustahkamlanadi.
S hundan so'ng O'qituvchi ijrosida ona-Vatanni, mustaqil diyorimizni madh etuvchi qo'shiq ifodali ijro etiladi. Qo'shiq mazmuni o'qnvchilar bilan tahlil etiladi va O'qituvchi hamkorligida kuyhnadi. O'quvchilar qo'shiq harakatlariga mos raqs harakatlarini bajaradilar.
Musiqa fani orqali milliy urf- odat va an’analarimiz haqida ma’lumot berish.
O'zbek xalq og'zaki ijodiyotining ajralmas qismini qo'shiq- aytimlar tashkil etadi. Mavzu va mazmun jihatdan xilma-xil bu qo'shiqlar o'zida xalq hayoti, turmush tarzini ifoda etadi. Shu bilan birga qo'shiqlarda odamlarning ona-Vatanga, tabiatga, atrof-muhitga, oila va yor-u do'stlariga mehr tuyg'ulari badiiy aks etadi.
Xalq qo'shiqlari dastlab el orasidan chiqqan dehqonlar, hunarmandlar, xizmatchilar va ziyolilar tomonidan turli vaziyatlarda to'qilgan. Biroq ko'p hollarda ulaming nomlari bizga noma’lum bo'lib qolgan, chunki yangi to'qilgan qo'shiq, odatda, yozib olinmagan, balki og'zaki ravishda aytilgan va
shu asnoda (yo'sinda) bir aytuvehidan ikkinchisiga, otadan o'g'ilga, bobolardan nabiralarga o4ib, omma orasida yoyilgan. Shu tarzda o'zbek xalq qo'shiqlari ajdodlardan avlodlarga ma’naviy meros bo'lib, bizga qadar yetib kelgan.
Xalq qo'shiqlarini aytish vaziyati va mazmuniga ko'ra «Mehnat qo'shiqlari», «Oilaviy (to'y) marosim qo'shiqlari», «Mavsum aytimlari» va «Bolalar qo'shiqlari» kabi turlarga ajratish mumkin. Bulardan tashqari, madaniy hordiq chiqarish paytida aytishga moljallangan lapar, yalla va ashula kabi aytimlar xalq orasida keng tarqalgan.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash. Jamoa bo’lib kuylash: Shaftoliga savolim P. Mo’min she;rini o’quvchilar bilan yod oilsh va kuylashga tayyorlanish.
Shaftolim, oh, shaftolim, (oh),
Qizil-u oq shaftolim.
Hamma menday sevadi,
Pishganda maza bolim,
Shaftolim...
Asta aytib beraqol,
Seni topgan qay olim?
Indamadi shaftolim,
Qiyin ekan savolim,
Shaftolim
Qo'shiq namunalarini kasbiy musiqa ijodkorlari bo'lgan bastakor va kompozitorlar ham to'qiydilar. Bunda ular xalq an’analariga ijodiy tayanadilar. Jumladan, kompozitor Nadim Norxo4jayevning «Shaftoliga savolim» (Po'lat Mo'min she’ri) qo4shig4i xalq qo'shiqlari singari yetti bo'g'inli she’riy bandlar asosida kuylanadi. Shu bilan birga unda cholg'u jo'mavozligi ham qo‘llaniladi.
Musiqa savodi: Qo’shiqlar ko’poroq 7 yoki 8 bo’g’inli she’riy bandlar asosida aytiladi. Bunda bandlar orasida takrorlanib turuvchi maxsus naqarot misralari bo’lmaydi.
V Baholash Dars yakunida o'quvchilar darsdagi ishtiroki asosida baholanadilar va rajbatlantiriladilar.
Uyga vazifa. «Vatanimni madh etaman» mavzusida rasm chizib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |