Jamoa bo'lib kuylash «Bolalik» qo'shig'ini takrorlash uchun oldin o'quvchilar birgalikda jamoa bo'lib qo'shiqni ijro etadilar, keyin har bir guruhga bajariladigan vazifa beriladi: 1-gruh bolalar cholg'u asbobida jo'r bo'lib chaladilar (uchburchak, shiqildoqlar), fortepiano jo'rligida 2-guruh ijro etadi, 3-guruh esa barmoqlar bilan chertib yoki chapak chalib kuy ritmiga jo'r bo'ladilar. Keyin gruhlar bajaradigan vazifalari bilan almashadilar.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash
Musiqa ijodkorligi: Bizdan sizga kim kerak? Qoshig’ini o’yin jarayonida kuylash.
V Dars yakunida o'tilgan mavzu mustahkamlanadi va darsda yaxshi qatnashgan o'quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa. Radio eshitirish yoki televideniye ko'rsatuvi orqali lapar kuylarni tinglab, unga tavsif berish.
5-DARS. Yalla
Bolalik Dilnur she’ri, X. Hasanova musiqasi
Sana___________
Do'stlaringiz bilan baham: |