Musiqa tinglash. «Alia» aytimini tinglab, undan oigan taassurotingizni gapirib bering.
Musiqa savodi. “Alla” haqida rivoyat
IV Yangi mavzuni mustahkamlash
Oyijonim allasi T Mahmudov she’ri, F.Alimov musiqasi.
Yoqimli, shirin biram
Oyijonim allasi,
Dilga baxsh etar orom
Oyijonim, oyijonim, oyijonim allasi.
Uxla, uxla, qo'zim, der,
Sen suyangan tog'im, der,
Gulga to4ldir bog4im, der,
Oyijonim allasi.
Alla tinglab bo‘ldim shod,
Ko4p so'zlarin oldim yod.
Esdan chiqmas umrbod
Oyijonim allasi. She’r matnini o’rganib kuylashni mashq qilish.
V Dars yakuni. O'qituvchi dars davomida o'tilganlarni yakunlab, uyga vazifa beradi.
VI Uyga vazifa. O'tilgan mavzularni takrorlash. Darslikda berilgan savollarni o'rganib kelish.
UCHINCHI CHORAK
MAVSUM QO‘SHIQLARI MAVSUM VA MAROSIM QO‘SHIQLARI
17-DARS. Biz askarmiz I.Rahmon she’ri, N.Norxo’jayev musiqasi
Sana___________________________________________
Darsning maqsadi:
— Ta’limiy: O'quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga o'rgatish. TK1 - o‘z fikrini og‘zaki va yozma bayon qila oladi, mavzudan kelib chiqib savollarga to‘g‘ri javob beradi, muloqotda muomala odobiga rioya qiladi. TK4 o‘zining o‘quvchilik burchi va vazifalarini biladi, mavsumiy bayram tadbirlarida faol ishtirok etadi.
— Tarbiyaviy: Mavsum qo’shiqlari haqida tushuncha berish. FK3: Mavsumiy, marosim qo‘shiqlari, alla aytimlari, marsh qo‘shiqlarini xalq raqslari uchun ijro etiladigan kuylarni bir-biridan ajarata oladi, bir-biridan farqini biladi
— Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda musiqa tinglash va jamoa bo'lib kuylash madaniyatini mustahkamlash. ; FK2: qo‘shiqlar so‘z ma’nolarini tushunib, ifodali kuylay olish layoqatiga ega bo‘ladi.
Darsning metodi: aralash.
Darsning jihozi: 4-sinf musiqa darsligi; — fortepiano, cholg'u asboblari;
— musiqa savodiga doir tasviriy-illustrativ ko'rgazmalar;texnik vositalar.
Darsning borishi
O'quvchilar musiqa sadolari ostida sinfga kiradilar.
I Tashkiliy qism. O’quvchialrni darsga tayyorlash.
II O’tgan mavzuni mustahkamlash Qish fasli va Yangi yil haqida suhbat o'tkaziladi, Klaster metodi ishlatiladi. O'qituvchi yordamida qish fasli haqidagi quyidagi so'zlar izohlanadi: qor, yangi yil, bayram, qo'shiqlar, o'yinlar, archa va h-zo.
Ovoz sozlash mashqi o'quvchilarga tanish bo'lgan musiqalar namunasida o'tkaziladi.
Jamoa bo'lib kuylash. O'qituvchi ijrosida N.Norxo’jayevning «Biz askarmiz» qo'shig'ining kirish qismini tinglab, qo'shiq nomi, kompozitori o'quvchilar tomonidan aniqlanadi. So'ng o'quvchilar tomonidan ifodali ijro etiladi. O'qituvchi ijrosida she’r matni ifodali ijro etib beriladi. O'quvchilar bilan asar mazmuni, xarakteri tahlil qilinadi. Qo'shiq jumlalab o'rganiladi (audio yoki CD disk yozuvidan foydalanish mumkin).
Biz askarmiz, posbonmiz,
Ulug‘ yo’lda karvanmiz.
Tinchlk uchun qalqonmiz.
Hech buzil mas qo‘rg‘onmiz.
Biz askarmiz, posbonmiz,
U lug‘ yo‘lda karvonmiz.
Tinchlik uchun qalqon miz,
Hech buzilmas qo‘rg‘onmiz
Naqarot:
Bir, ik - ki, uch, bîr, ik - ki...
Ay - ting, mar - ra kim - ni - ki?
Ona yurt Turkistonda,
Yer-u osmon, ummonda
Chiniqishni qo’ymaymiz,
Tinchlik kuyin kuylaymiz
III Yangi mavzu. MAVSUM QO‘SHIQLARI
0‘zbek xalqining yil oylari va fasllariga bog'liq holda o'tkaziladigan an’anaviy marosim va udumlari bor. Masalan, go'zal bahor faslida Navro'z bayrami keng nishonlangan, lola sayillari hamda dehqonchilik mehnatining boshlanishi bilan bog4liq «Shox moylar» marosimi o'tkazilgan. Shuningdek, kuz faslida yig'im-terim ishlarí olib borilgan bolsa, qish faslida gap-gashtaklar uyushtirilgan. Xalq og'zaki musiqa ijodida ana shu kabi mavsum-marosimlarga bevosita (yoki bilvosita) bog'liq qo'shiqlar ham yuzaga kelgan.
Musiqa tinglash. Kompozitor Avaz Mansurovning «Qorbo’ron» musiqasini tinglang va uning mazminini gapirib bering. (audio yoki CD disk yozuvida). O'quvchilar kuyni tinglab, musiqasini, ya'ni lining mazmuni, xarakteri, tempi, nima ifodalangani, ifoda vositalari va qaysi cholg'ularda ijro etilganini tahlil qiladilar.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash
Do'stlaringiz bilan baham: |