Birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari



Download 429,63 Kb.
bet207/274
Sana28.03.2022
Hajmi429,63 Kb.
#514775
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   274
Bog'liq
Ma\'muriy javobgarlik kodeksi

2481-modda. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksning 61, 1851 (bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklardan tashqari), 1941, 1951, 196 (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlariga tegishli qismi bo‘yicha) va 2101-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlarining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi
(2481-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-575-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2019-y., 03/19/575/3972-son)
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ko‘rib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.
(2481-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-iyuldagi O‘RQ-548-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2019-y., 03/19/548/3395-son)
Oldingi tahrirga qarang.
249-modda. Davlat yong‘in nazorati organlari
Davlat yong‘in nazorati organlariga ushbu Kodeksning 84, 124, 211-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
Davlat yong‘in nazorati organlari nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va ma’muriy jazo qo‘llashga quyidagilar haqli:
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektori va uning o‘rinbosarlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga;
(249-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlardagi yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektorlari va ularning o‘rinbosarlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektorining katta yordamchilari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — sakkiz baravarigacha miqdorda jarima solishga;
(249-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlardagi yong‘in nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektorlarining katta yordamchilari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravarigacha miqdorda jarima solishga;
(249-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tumanlar (shaharlar), o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlardagi, yong‘in nazorati bo‘yicha katta davlat inspektorlari va ularning o‘rinbosarlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga;
(249-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tumanlar (shaharlar), o‘ta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yong‘in va portlash xavfi yuqori bo‘lgan obyektlardagi, yong‘in nazorati bo‘yicha davlat inspektorlari — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravarigacha miqdorda jarima solishga.
(249-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 429,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish