Birinchi bo‘lim 0 ‘z b e k ist 0n respublikasining konstitutsiyasi va konstitutsiyaviy huquq


-§.  K on stitu tsiya viy  huquq  manbalari



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana31.12.2021
Hajmi1,01 Mb.
#275174
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
644Frv5sPkJ48duPBb2ioS54wumE3MYdGNiLhdnS

6-§.  K on stitu tsiya viy  huquq  manbalari

Konstitutsiyaviy-huquqiy  normalar  turli  shakllarda  ifoda  etil- 

gan  bo'lib,  ular  konstitutsiyaviy  huquq  manbalari  hisoblanadi. 

Ular  konstitutsiya,  qonun,  farmon  va  boshqa  huquqiy  hujjatlar 

ko‘rinishida  bo'lishi  mumkin.

Konstitutsiyaviy  huquq  shakllari  (manbalari)  bir-biri  bilan 

bog'liq  va  biri  ikkinchisi  uchun  yuqori  yuridik  kuchga  ega.  M asa­

lan,  konstitutsiya  boshqa  qonunlar,  farmonlar  uchun  yuqori  yu­

ridik  kuchga  ega  bo‘lsa,  Prezident  farmoni  hukumat  qarori  uchun 

yuqori  kuchga  ega.

Konstitutsiyaviy  huquq  manbalarining  har  biri  o‘z  vazifasiga 

ega  va  ular  biri  birining o'rnini  egallashi  mumkin  emas.  Boshqacha 

qilib  aytganda  Konstitutsiya  bilan  tartibga  solinishi  kerak  bo'lgan 

masalani  qonun  bilan,  farmon  bilan  yoki  qonun  bilan  tartibga  so­

linadigan  masalalarni  esa,  hukumat  qarorlari  bilan  tartibga  solib 

bo'lmaydi.

U  yoki  bu  hujjatni  huquq  manbasi  sifatida  e’tirof  etish  ma’Ium 

bir  huquqiy  oqibatlarni  keltirib  chiqaradi.  Chunki  bunday  hujjat 

fuqaro  uchun  ma’Ium  huquqlarni  yoki  burchlarni  o'rnatishi  mum­

kin,  fuqaro  esa,  unga  asosan  o‘z  huquqini  himoya  qilishni  talab 

etishi  mumkin.

Konstitutsiyaviy  huquq  manbalari  orasida  Konstitutsiya  alo- 

hida  o‘rin  egallaydi.  Chunki  Konstitutsiya  faqat  konstitutsiyaviy 

huquq  manbasigina  emas,  balki  boshqa  huquqlar  uchun  ham  man- 

badir.  Konstitutsiyaning  huquq  manbalari  orasida  alohida  mavqeini 

uning  davlatning  asosiy  qonuni  ekanligi  ham  belgilaydi.

Konstitutsiya  eng  muhim  norma  va  prinsiplarni  o'rnatadi 

hamda  keyinchalik  ulardan  boshqa  huquqiy  tartibga  solish  shakl­

lari  vujudga  keladi  (turli  sohadagi  qonunlar,  farmonlar).  Ayrim

19

www.ziyouz.com kutubxonasi




Konstitutsiyaviy  normalar  to'g'ridan-to'g'ri  amal  qilib,  qo'shimcha 

tartib g a  solishga  muhtoj  emas.

M asalan.  Konstitutsiyaning  9‘2-moddasiga  binoan,  Prezident 

Oliv  Majlis  yig'ilishida  qasamyod  qabul  qilgan  paytdan  boshlab  o‘z 

lavozimiga  kirishgan  hisoblanadi,  degan  qoidani  amalga  oshirish 

uchun  hech  qanday  qo'shimcha  norma,  hujjat  zarur  emas.

Konstitutsiya  normalarini  o'zgartirishining  alohida  tartib  va 

qoidalari  o'rnatilganligi  ham  Konstitutsiyaning  huquq  manbasi 

sifatidagi  alohida  maqomini  ko'rsatadi.

K onstitutsiyaviy  huquq  m anbalari  orasida  q o n u n la r  m u h im  

rol  o'ynaydi.  O 'zb e k isto n   R espublikasida  qabul  qilingan  qonun- 

larni  ikki  g u r u h g a   bo'lish  m um kin.  Birinchisi,  K onstitutsiyaviy 

qonunlar.  ikkinchisi,  oddiv  qonunlar.  0 ‘zbekiston  Respublikasi 

K o n stitutsiyasida  qanday  m a sa la la r  bo'yicha  K onstitutsiyaviy 

qo n u n lar  qabul  qilish  kerakligi  b e lg ila n m ag a n .  Ayrim  m am - 

la k atlar  K o nstitutsiyalarida  qanday  m a sa la la r  y u z asid a n   Kons­

titutsiy av iy   q o n u n la r  qabul  qilinish 

zaru rlig i  b elgilangan. 

Rossiya  Federatsiyasi  K o n stitu tsiy asin in g   13  ta  m oddasida 

K onstitutsiyaviy  qonun  qabul  qilishga  doir  m a sa la la r  berilgan. 

B izning  qonunchilik  tajribam izda  h ar  qanday  holatga  konkret 

yondashilib,  konstitu tsiy av iy   darajada  hal  qilinishi  m u m k in  

bo 'lg an   m a sa la la r  yuzasid an   K onstitutsiyaviy  q o nunlar  qabul 

qilinadi.  H ozirga  qadar  m am la k atim izd a   quyidagi  K o n stitu tsi­

yaviy  q o n u n la r  amalda:  “Referendum  yak u n lari  ham da  davlat 

hokim iyati  tash k il  etilishining  asosiy  prinsiplari  to ‘g ‘risida”gi. 

“0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  M ajlisining  Q onunchilik  pala- 

tasi  to ‘g ‘risida”gi,  “0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  M ajlisining 

Senati  to ‘g ‘risida”gi,  “Davlat  boshqaruvini  yangilash  va  yanada 

d em o k ra tla sh tirish   ham da  m am lak atn i  m odernizatsiya  qilishda 

siyosiy  p a rtiy a la r  rolini  kuchaytirish  to ‘g ‘risida”gi  K onstitutsi­

yaviy  q o nunlar  ham  Konstitutsiya  kabi  to'liq  konstitutsiyaviy 

huquq  m anbasi  bo'ladi.

Keyingi  manba  bu  -   qonunlar.  Yuqoridagilardan  farq  qilib, 

faqat  konstitutsiyaviy-huquqiy  mazm undagi  qonunlargina  konsti­

tutsiyaviy  huquq  manbasi  bo'ladi.  M asalan,  “0 ‘zbekiston  Respub- 

likasining  fuqaroligi  to‘g ‘risida”gi, 

“0 ‘zbekiston 

Respublikasi

20

www.ziyouz.com kutubxonasi




Vazirlar  M ahkam asi  to'g'risida’gi,  “0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy 

Majlisiga  saylov  to'g'risida’gi  qonunlar  va  boshqalar.

О  zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  konstitutsiyaviy-huqu- 

qiy  mazmundagi  larmon  va  farmoyishlari  konstitutsiyaviy  huquq 

manbalari  hisoblanadi.  Masalan,  hukumat  tarkibi  (tayinlash,  vazi- 

fasidan  ozod  qilish),  markaziy  davlat  idoralarini  tuzish,  Konstitutsi-. 

yada  belgilangan  boshqa  mansabdor  shaxslarni  Iavozimiga  tayin­

lash  va  lavozimidan  ozod  qilish  to‘g ‘risidagi  farmonlar  va  shu  kabi 

bir  qator  hujjatlar.

Oliy  Majlis  palatalarining  ayrim,  ya’ni  konstitutsiyaviy-huqu- 

qiy  mazm undagi  qarorlari  ham  konstitutsiyaviy  huquq  manbasi 

bo'lishi  mumkin.  Ular  tomonidan  qabul  qilingan  reglamentlar  ham 

manba  hisoblanadi.

Konstitutsiyaviy  huquq  manbalari  qatoriga  yana  hukumat 

qarorlari,  sud  qarorlari  (Konstitutsiyaviy  sud),  mahalliy  davlat 

hokimiyati  organlarining  qarorlari  ham  kiritilishi  mumkin.  Faqat 

shunga  alohida  e’tibor  berish  kerakki,  bu  hujjatlar  konstitutsiyaviy 

huquq  tartibga  soluvchi  munosabatlar  doirasida  qabul  qilingan, 

hamma  uchun  majburiy  xarakterga  ega,  fuqarolarning  huquq  va 

erkinliklarini  ta ’minlashga  qaratilgan  bo'lsagina  konstitutsiyaviy 

huquq  manbasi  bo'ladi.

Konstitutsiyalarning 

muqaddimasida 

xalqaro 


huquqning 

um um e’tirof  etilgan  qoidalari  ustunligi  tan  olinishi  e’tirof  etilgan, 

shu  sababli,  aytish  mumkinki,  xalqaro  huquq  normalari  ham  kons­

titutsiyaviy  huquq  manbasi  bo'lishi  mumkin.




Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish