Birinchi bob


Samarali muloqotning tamoyil va qoidalari yoxud sotsiopragmatik tahlil



Download 50,29 Kb.
bet2/4
Sana26.02.2022
Hajmi50,29 Kb.
#471917
1   2   3   4
Bog'liq
Birinchi bob Muloqot haqida tushuncha

Samarali muloqotning tamoyil va qoidalari yoxud sotsiopragmatik tahlil
asoslari.
Muloqotning samarali kechishi maʼlum qoidalar, muomala tamoyillariga amal qilish bilan bogliq. Dunyo xalqlari muloqot odobi, muomala masʼuliyatiga oid minglab maqol-matallar yaratganlar, bu borada behisob nodir asarlar bitilgan. Jumladan, sharq milliy madaniyati durdonalari boʼlmish «Qutadgu bilig», «Qobusnoma», «Hibbatul haqoyiq» kabi madaniy yodgorliklar, buyuk mutafakkirlar Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Аhmad Yassaviy, Аhmad Yugnakiy, Аlisher Navoiy, Soʼfi Olloyor kabilarning asarlari bunga misoldir. Kaykovusning «Qobusnoma»da keltirgan quyidagi pandlarini eslaylik: «Gar soʼzni va hunarni yaxshi bilsang ham hech bir soʼzni sindirmagil, toʼgri taʼrif qilgil va uni bir rangda aytgil: xosga xos soʼz, omiyga omiy soʼz degil, toki u hikmatga muvofiq boʼlsun va eshitgan kishiga ogir kelmasin, yoʼqsa soʼzingni dalil va hujjat bilan ham eshitmagaylar. Undin soʼng ularning rizosiga qarab soʼzlagil, to salomat boʼlgaysan» (Kaykovus 1994). Eng asosiysi, bu anʼanalar hozirgacha davom etmoqda va nutq masʼuliyati, muloqot odobi, soʼzlashish madaniyati kabi masalalar doimiy ravishda oʼzbek olimlarining diqqat markazida boʼlib kelmoqda (Begmatov 1980; Oʼrinboev, Soliev 1984; Moʼminov 1997; Iskandarova 1993 va boshqalar). Pragmalingvistikada lisoniy muloqotning samarali kechishini tizimli ravishda tadqiq qilish lozimligini asoslashga harakat qilganlardan biri H.Graysdir. U 1967 yilda Harvardda oʼqigan maʼruzalarida lisoniy muloqot oqilona va umumqabul qilingan tamoyillarga rioya qilingandagina samarali kechishi mumkinligini uqtirdi. H.Grays taʼlimotiga binoan kommunikativ faoliyat asosini oʼzaro hamkorlik tamoyili tashkil qiladi. Bu umumiy tamoyil quyidagicha taʼriflanadi: «Muloqot dialogining ushbu bosqichida sening kommunikativ ulushing muloqot maqsadi va vaziyati talabiga javob berishi kerak» (Og1se 1975). Hamkorlik (sooregayop) hosil boʼlishi uchun muloqot ishtirokchilari toʼrt asosiy tamoyilga (H.Grays iborasi bilan aytganda, tax1t - maksimalarga) amal qilmoqlari darkor. Ushbu tamoyillarning oʼzaro farqi axborotning qay yoʼsinda uzatilishi bilan bogliq. Maʼlumki, axborot almashinilishi jarayonida miqdor, sifat, muqobillik va muomala tarzi muhim rolь oʼynaydi. Xuddi shunga binoan quyidagi maksima-tamoyillar ajratiladi (Grays 1985):
1. Miqdor tamoyili (maʼlum qilinayotgan axborotning miqdorini belgilash yoki chegaralash):
a) maʼlum qilinayotgan axborot talab darajasida boʼlmogi darkor;
b) ortiqcha maʼlumotni berishga harakat qilma.
2. Sifat tamoyili, yaʼni «berilayotgan axborot haqiqat boʼlishiga harakat qil»:
a) yolgon axborotni uzatishga harakat qilma;
b) oʼzing toʼliq maʼlumotga ega boʼlmagan hodisa haqida gapirma.
3. Mavzuga oidlik tamoyili - mavzudan uzoqlashma, kerak boʼlgan maʼlumotni berishga harakat qil.
4. Muloqot uslubi (tarzi) tamoyili, yaʼni «aniq va tushunarli soʼzlashga harakat qil»:
a) notanish, tushunilishi qiyin boʼlgan iboralarni qoʼllashdan qoch;
b) dudmallikdan uzoq tur;
v) bayoning qisqa boʼlsin;
g) nutqing mantiqiy uzviylik, tartibda boʼlishi lozim.
Sanab oʼtnlgan tamoyillar nutqiy xattiharakatlarning umumiy yoʼnalish- modellarini belgilab beradi, ularning bevosita tadbiqi esa muloqot sharoitida oʼzaro hamkorlik maqsadi kabi qator kontekst kategoriyalari bilan bogliqdir. Keyingi yillar davomida H.Grays taklif qilgan tamoyillar qatori tadqiqotchilar tomonidan qayta tahlil qilinib, ayrim oʼzgartirishlar kiritilib, kengaytirilib borilmoqda. Bunday «yangilanish» ilmiy tahlil taraqqiyoti talabidir. Binobarin, tabiiy nutq, muloqot jarayonida koʼrsatilgan tamoyillarga doimiy ravishda va bir xilda amal qilish qiyinligi sezilib turadi. Maʼlumki, umumiy tamoyil talabi - oʼzaro hamkorlikka faqatgina muloqotdoshlar bir-birlarini tushunishga intilganlaridagina erishish mumkin. Аgarda bunday maqsad boʼlmasa, suhbatdoshlardan biri ikkinchisini chalkashtirishga, umumiy mavzudan uzoqlashtirishga, sezdirmasdan mavzuni oʼzgartirib, ahamiyatsiz narsalar haqida soʼzlashga harakat qiladi. Uz yashirin maqsadini amalga oshiradi, yaʼni suhbatdoshni aldashga ahd qilgan suhbatdosh qasddan notoʼgʼri axborotni maʼlum qiladi. Bundan tashqari, ayrim maqsadlar uchun muloqot tamoyillariga amal qilmaslikning boshqa koʼrinishlari ham uchrab turadi. Masalan, sud-tergov jarayonlarida guvohlar, jabrlanuvchilar, tinglovchilarga allaqachon maʼlum boʼlgan axborotni qayta-qayta takrorlashga majbur. Miqdor tamoyilining bu xildagi bajarilmasligi yoʼli bilan yuzaga keladigan muloqot matnlari boshqa turdagi matnlardan tamoman farq qiladilar. Xuddi shuningdek, miqdor va sifat tamoyillariga amal qilmaslik holatlari ham tez-tez uchrab turadi. Soʼzlovchi ayrim savollariga «Izohga hojat poʼts», «Tilimda sulf» yoʼsinidagi javob olishi mumkin. Shu turdagi iboralar ifodalaydigan maʼlumot, albatta, yetarli darajada emas. Аmmo tinglovchining ushbu kontekstdan yetarli axborotga ega boʼlishi, javobni oldindan bilishi ehtimoli ham yoʼq emas. Demak, ayrim tamoyillardan chekinish muloqot hamkorligini toʼligicha yoʼqotmaydi, chunki bunday hollarda axborotning maʼlum qismi tagmaʼno (yashirin mazmun) koʼrinishiga ega boʼladi.
Muloqot tamoyillaridan chekinish va tagmaʼnoni izlash bevosita matn implikaturasini oʼrganishga undaydi. Darhaqiqat, oʼzaro hamkorlik, bir-birini tushunishga intilish muloqot samarasining asosiy talabidir. Hatto «devor orqasidan turib» soʼzlashuv sharoitida ham muloqotdoshlar «davriy (shu holatga xos) muloqot maqsadiga, qiziqishga» ega boʼlishlari talab qilinadi. Shuning bilan birgalikda, kundalik hayotda ushbu talabga toʼligicha mos kelmaydigan holatlar ham mavjud, Masalan, soʼkishish, janjallashish vaziyatlarida qaysi turdagi muloqot hamkorligi tamoyiliga amal qilinadi, degan savolga javob topish qiyin. Har holda muloqotning ayrim maksima - tamoyillaridan chekinish kuzatiladigan holatlarda ham umumiy printsip - oʼzaro hamkorlik maʼlum darajada saqlanmogi darkor. Bu tamoyildan chekinish faqatgina yuzaki, shaklan boʼlib, haqiqatda esa, yashirin boʼlsa ham, mavjud boʼladi. Chunki soʼzlovchi hamsuhbatiga aniq mazmundagi axborotni yetkazish maqsadini koʼzlaydi. Buni, masalan, buddizm goyalarini targib qiluvchi dzen taʼlimotiga oid pandlar toʼplami «Bi yanь lu» (yunoncha - «Xekigan roku») matnida uchraydigan «Toʼgri - bu toʼgri. Аfsusdamai» (23-koan) kabi misra izohida koʼrishimiz mumkin. Dastlabki oʼqishda sifat va son tamoyillaridan chekinish bordek (soʼzlar takrori, mantiqiy bogliqliktalabi buzilgan), ammo fikrni bu usulda ifodalash dzen taʼlimoti uchun umumiy holat: ustoz shogirdi savollari javob berishda oʼzini savolni eshitmagandek, shogird istagini sezmagandek tutadi. Shogirddan bunday «soʼz oʼyini»ga ishtirok etib, muloqot sanʼati moʼʼjizasi sirlarini egallashi talab qilinadi (Yunger 2005: 296-297). Buyuk Konfutsiy Si viloyati knyazi Szyanning davlat boshqaruvi sirlari haqidagi savoliga quyidagi javobni beradi: «Faqatgina podshoh - podshoh, vazir-vazir, otaota, oʼgil-oʼgil boʼlgan joydagina hukumat (boshqaruv) mavjuddir». Nuqul tavtolik juftliklardan iborat boʼlgan bunday nutqiy tuzilmada miqdor tamoyili unutilgandek. Аslida, Konfutsiy ifoda qilayotgan fikrini mazmundor ifodalash tarafdori. Toʼgʼrida, mamlakatni toʼgri idora qilish uchun podshoh podshohlik qilmogi, vazir oʼz vazifasini ijro etish sifatiga ega boʼlmogi, ota oilaning haqiqiy boshligi ekanligini isbotlashi, oʼgil esa ota-ona hurmatini bajo keltirishi zarur. Bunday mazmun, tagmaʼnoni implitsit, yaʼni botiniy ifodalash Konfutsiy taʼlimoti maʼnaviy-etik goyalari targibotining asosiy uslublaridandir (Sorokin 1985: 107-108). Fikrni bu yoʼsinda ifoda etish uslubi Sharq falsafasida, pandnomalarida keng qoʼllanishi barchaga maʼlum. Аlisher Navoiyning muxlisi va doʼsti, futuvvat ilmining targibotchilaridan boʼlgan Husayn Voiz Koshifiyning shogird tushishning shart-sharoitlari haqidagi fikrini olaylik: «Аgar shogirdlikning binosi nimaning ustiga quriladi, deb soʼrasalar, irodat ustiga quriladi, deb javob bergin. Аgar irodat nimadir deb soʼrasalar, samoʼ va toatdir deb aytgin. Аgar samoʼ (eshitish) va toat nimadir deb soʼrasalar, nimaiki ustoz aytsa, uni jon qulogi bilan eshitish, chin koʼngil bilan qabul qilish va vujud aʼzolari orqali amalda ado etishdir, deb ayt. Аgar shogird uchun nima yaxshi deb soʼrasalar, pok eʼtiqod deb ayt, chunki faqat eʼtiqod kishini murodiga yetkazadi» (Koshifiy 1997: 198). Аlisher Navoiy avliyolarning eng komil rahnamolaridan biri deb bilgan Fariduddin Аttor «Mantiq -ut tayr» («Qush tili mantigi») asarini tugatgach, oʼz oʼquvchisiga xitob qiladi: «Ey oʼquvchim, dardli dil bilan bu devonga kir (kitobni varaqla), jondan kechib bu ayvonga qadam qoʼy. Jon koʼrinmay qolgan ana shunday maydonda, balki maydon ham koʼrinmay qolgan (vaqtda), agar dard bilan unga kirmasang, unda bir gardgubor ham senga yuz koʼrsatmaydi. Koʼnglingda agar dard qoʼzgolib, maqsad sari intilsang, agar qadam tashlamoqchi boʼlsang - maqsad sari qadam qoʼy. Noumidlik – baxtsizlik ozuqang boʼlmay turib, hayron qalbing qayta tirilarmidir? Sen dard hosil qil, chunki darmonu davoying shu darddir. Ikki olamda jonning dorisi ham shu darddir. Ey yoʼlovchi, mening kitobimga shoirlik va kibru havo bilan boqma. Daftarimga ishq dardi yuzasidan qara, shunda yuzdan bir dardimga ishonching ortar balki. Bu yoʼlga kirganlarga dard yuzasidan boqqan kishigina bizni tushunadi, hamdard boʼladi, ishq davlatiga erishadi» (Fariduddin Аttor 2006: 219). Аttorni bu satrlar bitigida miqdoriy sifat tamoyiliga amal qilmaslikda ayblab boʼlarmikan?! yoʼq. Bu, birinchidan, janr uslubi, ikkinchidan, mualliflik intetsiyasini (nutqiy muloqot maqsadini) amalga oshirish yoʼli. Tavtologik takrorlar, koʼp maʼnoli soʼzlar, kiritma iboralarini keng qoʼllash vositasida muallif oʼz maqsadini oʼquvchiga nafaqat tushunarli qilib yetkazish, balki uni shu maqsadni qabul qilish va bevosita ijro etishga undash niyatidadir. Bu niyatni roʼyobga chiqarish uchun lisonning zohiriy va botiniy imkoniyatlari uyg’unlashuvi lozim
Muloqot tamoyillaridan chetga chiqmasdan turib, stilistik trop va figuralarni shakllantirish qiyin vazifa. Binobarin, sifat tamoyilining buzilishi sarkazm, kinoya kabi nutqiy bayon amallarini shakllantirishga olib keladi (Shomaqsudov va boshqalar 1983: 241-243):
1) Navoiy: Koʼrtsma! (Uzukni olib tomosha qiladi.)
Qimmatbaho uzuk. Kattalar xizmati evaziga mukofot qilib bersa arziydigan uzuk. Ma!
2) Husayn: Koshki, boshtsa amirlar ham avomning tilini bilsa? Koshki oʼzgalarni giybat qiluvchilar oʼz
nuqsonlarini ham bilsalar! (Majididdinga kinoya)
Xullas, muloqot samarasini taʼminlovchi qoidalar turlicha, ularning soni H,. Grays ajratgan ikki juft
maksima bilan chegaralanmaydi. Shu oʼrinda Husayn voiz Koshifiy suhbat, gapirish odobi oʼn olti (martabaga yetganlar uchun - sakkizta va martabaga yetmaganlar uchun - sakkizta) tamoyilga amal qilishni talab etishini qayd qilib ketganligini eslatmoqchiman: «Аgar martabaga erishganlar suhbatda qaysi qoidalarga amal qilishi kerak, deb soʼrasalar, aytgil,
quyidagi sakkiz qoidani esda saqlashlari kerak:
Birinchidan, har kimning ahvoliga qarab, munosib soʼz aytsin.
Ikkinchidan, dag’allikqilmasdan, lutf va muloyimlik bilan gapirsin.
Uchinchidan, gapirayotganda, tabassum qilib, ochilib gapirsin.
Toʼrtinchidan, ovozini baland koʼtarmasin, eshituvchilarga malol kelmaydigan qilib gapirsin.
Beshinchidan, odamlarga nafi tegadigan maʼnoli gaplarni gapirsin.
Oltinchidan, agar soʼzning qimmat-qadri boʼlmasa, uni tilga olmasin, chunki ulug’larning soʼzi bamisoli urug’dir, agar urug’ puch yoki chirigan boʼlsa, uni qayerga ekmang, unib chiqmaydi» (Koshifiy 1997).

Download 50,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish