DONALI BUYUMLAR HISOBLAGICHI
Mahsulotni sanash qurilmasi mazkur ishlab chiqarish onerasiyasidan o‘tgan
mahsulotni hisoblash maqsadida ishlab chiqarish jarayonining tugagani haqida
axborotni avtomatik oliщ uchun foydalaniladigan texnik vositalar majmuasining bir qismini tashkil etadi. Ular ayrim birlik (shisha idish, ballonlar va hokazo) yoki
konteynerlar (yashiklar, qutilar, qoplar va hokazo) ko‘rinishidagi donali
mahsulotlarni avtomatik hisobga olish uchun qo‘llaniladi. Donali mahsulotlarning hamma hisoblagichlarini tuzilishiga ko‘ra ikki guruhga ajratish mumkin: kontaktli (mexanik) va kontaktsiz. Mexanik hisoblagichlarr, odatda, texnologik qurilma komplektiga kiradi. Kontaktli—mexanik datchiklar sifatida darhol ta’sir qiluvchi yo‘l viklyuchatellaridan foydalaniladi. Sanashning ikkilamchi asboblari sifatida elektromexanik impulslar hisoblagichdan foydalaniladi. Kontaktsiz hisoblagichlar — texnologik qurilma bilan yoki sanalayotgan buyumlar bilan mexanik kontaktda bo‘lmaslik bilan ifodalanadi va yuqori darajada ishonchli bo‘lish bilan farqlanadi. Sanoatda konstruktiv ishlanish va sxemalari turlicha bo‘lgan fotoelektrik hisobdagichlar keng qo‘llaniladi. Fotoelektrik hisoblagichlar ham tayyor mahsulotni sanash uchun, ham to‘ldirilmagan shaffof idishni yaroqsiz chiqarish uchun qo‘llaniladi, bu ularning boshqa istagan hisoblagichlardan afzaligidir.
4.9 - § MODDALAR SARFINI O‘LCHASHNING ZAMONAVIY
USULLARI VA VOSITALARI
Tuzilmaviy shakllari va harakat rejimlarining xilma – xilligi bilan farqlanuvchi, murakkab va tarkibi bo‘yicha o‘zgaruvchi gazli, suyuq (suv, neft, kondensat) va qattiq (qum va boshqa mexanik qorishmalar) fazalar aralashmasidan iborat moddaning sarflanishi o‘lchanayotganda bunday oqim sarfini oldindan seperasiyasiz o‘lchash murakkab ilmiy – texnik muammo hisoblanadi. Hatto seperasion vositalari ham kam samarali bo‘lgan hollarda ham yuqori gaz omiliga ega yuqori tezlikli oqimlarni o‘lchashda alohida qiyinchiliklar vujudga keladi.
Sarflarni o‘lchash (rasxodametriya) sohasida o‘tkazilgan ko‘p yillik tadqiqotlar
mazkur muammoni hal etish yo‘lini taklif etishga imkon beradi. O‘lchashning ishlab chiqilgan va patent olgan yangi spektrometrik uslubi asos bo‘lib xizmat qildi. U yuqori gazli omilli yuqori tezlikli oqimlar sharoitida samaralidir. Bu uslub maxsulotni yig‘ishning truboprovod tizimida fluktuasion jarayonning (bosim fluktuasiyasi) spectral fazalarning oqimda sarflanishi to‘g‘risidagi axborot manbai sifatida foydalanishga asoslanadi.
Spektrometrik uslubning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, bunda fazalar sarfini ko‘p fazali oqimda fluktuasion jarayonning quvvati spektrining chastotaviy
komponentlari bo‘yicha hisoblashdir. Bosim fluktuasiyasini hisoblash maxsus oqimni o‘lchash o‘zgartkichi bilan amalga oshiriladi (4.17– rasm).
O‘lchash o‘zgartkichining asosiy elementlari maxsus 1 konstruksiyali
torayuvchi qurilma ko‘rinishidagi oqim shakllantirgich va bosim fluktuasiyasi
datchigi hisoblanadi. Torayuvchi qurilma quyidagilarga imkon beradi:
qurilmaning chiqishida fazalar sarfi o‘zgarishlarining keng oraliqlarida
ma’lum muntazam tuzilma oqimini shakllantirish;
gidrodinamik tizimda quvvatning chastotaviy spektrining berilgan
axborot xossalariga ega fluktuasiya jarayonini uyg‘otish.
Fluktuasiya jarayonini qayd etish pezokeramik sezgir elementli datchik orqali
amalga oshiriladi. Ishlangan o‘lchash o‘zgartkichidan foydalanilganda datchikning chiquvchi elektr signali o‘ziga xos chastotaviy spektrga ega bo‘lib (4.18 –rasm), unda turli fazalar sarfining ta’sir sohalari ajratilishi mumkin.
4.18 – расм. Ўлчаш ўзгарткичи датчиги
сигналининг ўзига хос частота спектри.
С.Г.К. – спектрал ташкил этувчиларнинг
қуввати аралашмадаги мос ҳолда суюқлик, газ
ва қаттиқ киришмалар билан аниқланадиган
соҳалар; S(t) – сигнал қувватининг спектрал
зичлиги; f – сигнал частотаси.
Xususan spektral tashkil etuvchilarning quvvati asosan, suyuqlik (S) va aralashma sarfiga bog‘liq bo‘lgan sohani ajratish mumkin. Xuddi shunga o‘xshash holda gaz (G) ta’sir ko‘rsatadigan va qattiq kirishmalar (K) ning ta’siri ko‘proq bo‘lgan sohalarni ajratish mumkin. Bunday chastota sohalarida spektral ishlab chiqilgan axborot modellari asosida tegishli fazalar sarfini hisoblab chiqish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |