Birin ch I b o‘ L i m texnologik parametrlarni nazorat qilish usullari va vositalari


- §. SOCHILUVCHAN MATERIALLAR VA DONALI BUYUMLARNING MIQDORINI O‘LCHASH



Download 6,28 Mb.
bet69/151
Sana01.07.2022
Hajmi6,28 Mb.
#724869
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   151
Bog'liq
Noelektrik kattaliklarni elektr o\'lchashlar(O\'Q).

4.8- §. SOCHILUVCHAN
MATERIALLAR VA DONALI BUYUMLARNING MIQDORINI O‘LCHASH


Turli xil sochiluvchan materiallarni o‘lchash va me’yorlash, sochiluvchan
buyumlarni hisobga olish vositalari texnologik jarayonlarni, ortish-tushirish ishlarini va savdo-hisob operasiyalarini avtomatlashtirishda keng qo‘llaniladi. Bunday o‘lchash vositalariga dozatorlar, tarozilar, va turli xil tenzorezistorli o‘zgartkichlar kiradi.
Tarozi — qattiq, sochiluvchan yoki suyuq moddalarning massasini o‘lchash
uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasidir. Tarozilar, odatda, tortish prinsipiga,
muvozanatlovchi momentni vujudga keltirish uslubi, qo‘llanish sohasi,
avtomatlashtirilganlik darajasi, tortish chegarasiga va xokazoga ko‘ra tasniflanadi.
Tortish prinsipiga ko‘ra tarozilar diskret (davriy) va uzluksiz ishlaydigan
tarozilarga ajraladi. Muvozanatlovchi momentni vujudga keltirish uslubiga ko‘ra
tarozilar ikki guruhga bulinadi: mexanik (shayinli va prujinali) va elektromexanik
tarozilar. Qo‘llanish sohasi va tortish chegararariga ko‘ra tarozilar umumiy vazifani bajaruvchi laboratoriya tarozilariga, texnologik tarozilarga; avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra noavtomatik va avtomatik tarozilarga bo‘linadi.
Dozatorlar — sochiluvchan (va suyuq) materiallarning massalari yoki
hajmlarini avtomatik o‘lchab beruvchi (dozalovchi) qurilmadir. Dozatorlar diskret va uzluksiz ishlaydigan bo‘lishi mumkin. Diskret ishlaydigan (porsion) dozatorlar
asosan qurilmalarni balandligi bo‘yicha joylashtiriladigan texnologik jarayonlarda
qo‘llaniladi. Uzluksiz ishlaydigan dozatorlar qurilmalarni gorizontal joylashtirish va materiallarni konveyer usulida tashish bilan bog‘liq texnologik jarayonlarda
foydalaniladi.
Tarozi—o’lchash texnikasining zamonaviy holati mexanik tizimlardan elektron
qurilmalarga kuchning elektromexanik (tenzorezistorli, vibrosterjenli)
uzgartkichlaridan va zamonaviy mikroelektronik vositalardan foydalangan holda, shu jumladan mikroprosessorlardan va maxsus qo‘llaniladigan mikrosxemalardan
foydalangan holda o‘lchash bilan ifodalanadi. Bu tarozilarning aniqlik, unumdorlik, avtomatlashtirilganlik darajasi, ishonchlilik va boshqa shu kabi muhim ko‘rsatkichlarini yaxshilashga imkon beradi. Tarozi va dozatorlar texnologik qurilmalarning tarkibiy qismi hisoblanadi, shuning uchun, ham ularning konstruksiyasi va qurilmalari mazkur darslikda qarab chiqilmaydi.
Mazkur bobda texnologik qurilmalarga kiritiladigan avtomatik torozi o’lchash
qurilmalari (torozilar va dozatorlar) ning ba’zi o’lchash o‘zgartkichlari qarab
chiqiladi. Elektromexanik shayinsiz tarozilarning konstruksiyasi eng istiqbollidir,
bunda yuk ko‘taruvchi qurilma bevosita kuch o‘zgartkichiga ta’sir qiladi. Signalni
o‘zgartirish va qayta ishlash, tortish natijalarini indikasiyalash, shuningdek, tortish
jarayonini boshqarish va ma’lumotlarni chiqarish (olish) datchik bilan kabel orqali
bog‘langan ajratuvchi blok (asbob) vositasida amalga oshiriladi.
DEDVU turidagi kuchni o‘lchash tenzorezistorli o‘zgartkichlar (datchiklar)
tortuvchi elektrotenzorezistorli qurilmalarda qo‘llanish uchun mo‘ljallangan.
O‘lchanayotgan kuchning ta’sir ko‘rsatish xarakteriga ko‘ra o‘zgartkichlar — davriy bo‘shatiladi. O‘zgartkichning tuzalishi (qurilmasi) 4.16- rasm a da keltirilgan.

4.16 – rasm. DEDVU tenzorezistorli o‘zgartkichning sxemasi:
a – tuzilishi; b – ishlash prinsipi.

Korpus 1 da elastik element 2 o‘rnatilgan bo‘lib, u asos 8 va sferik tovon 5 li


silindrik ustunchadan iborat. 1 Elastik elementning ishchi qismida tenzorezistorlar 3 yopishtirilgan. Kuchni elastik elementga uzatish uchun sferik tovon 5 xizmat qiladi. Korpusning chuqurligida moslashtiruvchi rezistorlari bo‘lan montaj plita 6
joylashtirilgan bo‘lib, ularning chiqarish o‘tkazgichlari (simlari) rozetka vilkasi bilan tutashtirilgan. Elastik element yuqori tomondan diafragma 4 bilan, past tomondan qopqoq 7 bilan yopilgan, ular o‘zgartkichning ichki hajmining germetikligini ta’minlaydi.
O‘zgartkichning ishlash prinsipi tenzorezistorlarning deformasiyasi vaqtida
ularning elektr qarshiligini o‘zgartirishga asoslangan. R1-R4 tenzorezistorlar (4.16-racm, b ga qarang) kompensasiyalovchi R9 va R10 rezistorlar bilan birga ko‘prik hosil qilib, uning bir diagonaliga manba kuchlanishi (12 V o‘zgarmas tok) ulangan, ikkinchisidan esa chiqish signali olinadi (24 mV gacha chegarada). O‘lchanayotgan kuch ta’sirida R1— R4 tenzorezistorlar deformasiyalanib, ko‘prikning balansini buzadi, uning o‘lchovchi ab diagonalida o‘lchanayotgan kuchga mutanosib kuchlanish paydo bo‘ladi. Yuklangan o‘zgartkichning chiqish signali qiymatini moslash uchun R5, R6, R7 (R7 — mis rezistor) rezistorlar, boshlang‘ich signalni moslashtirish uchun esa R9, R10 rezistorlar xizmat qiladi. R8 rezistor o‘zgartkichning kirish qarshiligini moslash uchun muljallangan. O‘zgartkichning aniqlik sinfi 0,5. DST turidagi kuchni o‘lchash tenzorezistorli datchiklari uzluksiz ishlovchi torozilar va dozatorlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. DST datchiklari konstrukiiyasining asosi tenzorezistorlar yopishtirilgan elastik element hisoblanadi. Dumaloq korpusga joylashtirilgan diametri 120 mm va qalinligi 54 mm bo‘lgan elastik element uchta tusindan iborat rom kurinishida yasalgan, ular bitta tekislikda parallel joylashtirilgan. Har bir tusin markazida yuk qabul qiluvchi elementlar va chiqish signallarini sozlovchi (rostlovchi) rezistorlar yopishtirilgan bloklar o‘rnatilgan. Rezistorlar falgadan (zarqog‘ozdan) to‘r shaklida yasalgan; rostlash to‘rning ayrim elementlarining uzilishi hisobiga amalga oshiriladi. O‘lchanayotgan kuchlanish (kuch) konusga yoki yuk qabul qiluvchi elementning sharsimon sirtiga uzatilib, balkalarning bukilishiga va uni mutanosib elektr signalga o‘zgartiruvchi tenzorezistorlarning deformasiyalanishiga sabab bo‘ladi. Datchiklarning naminal yuklanishlari 10 dan 10 000 kgk atrofida bo‘ladi. Asosiy xatolik ±0,1%


Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish