6.53 – расм. Ўта юқори частотали намлик
ўлчагичнинг схемаси.
Tekshirilayotgan material 3 O‘YUCH generator 1 dan ta’minlanuvchi
uzatuvchi antenna 2 va qabul qiluvchi antenna 4 orasidan o‘tadi. Qabul qiluvchi
antennada O‘YUCH li nurlanishning zaiflashgan signalini qabul qiluvchi detektor 5 joylashgan. Kuchaytirgich 6 orqali kuchaytirilgan bu signal o‘lchash asbobi 7 ga
keladi. O‘YUCH li usul kontaktsiz va inersiyasiz bo‘lib, mavjud elektrolitlarga va
boshqa elektr usullarga ko‘ra materialdagi namlikning notekis tarqalishiga
unchalik sezgir emas. O‘YUCH li namlik o‘lchagichlarning asosiy kamchiligi asbob shakllanishining murakkabligidir. Bu erda,n tashqari, bu asboblar nazorat qilinayotgan materialning doimiy zichlik darajasining yoki zichligi haqidagi ma’lumotni talab qiladi. O‘YUCH li namlik o‘lchagichlar 0... 100% li keng chegarada namlikni yuqori aniqlik bilan o‘lchashga imkon beradi.
6.54 – расм. Оптик намлик ўлчагич
Optik namlik o‘lchagichlarda moddaning
namligi bilan undan qaytgan nurlanishning orasidagi bog‘lanishdan foydalaniladi. Eng katta sezgirlik hosil qilish uchun spektorning infraqizil sohasidagi
nurlanishdan foydalaniladi. Uni manba 1 hosil qiladi (6.54-rasm). Tahlil qilinayotgan material 2 dan qaytgan yorug‘lik oqimi to‘plash qurilmasi 3 yordamida qabul qilgich 4 ga yuboriladi. Materialning namligi qancha katta 6o‘lsa, u infraqizil nurlarni shuncha yaxshi yutadi va qayt gan oqim miqdori shuncha kam bo‘ladi. Bu usul bilan faqat yupqa qatlamning (5 ... 30 mm) namliginigina o‘lchash
mumkin bo‘lganligidan namlik o‘lchagichdan, odatda, konveyer lentalarida
tashilayotgan sochiluvchan materiallar uchun foydalaniladi. «Bereg» turidagi optik
namlik o‘lchagichlar namligi 80% gacha bo‘lgan materiallarni tahlil qilishga imkon beradi.
6-BOBGA TEGISHLI TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR TERMASI
1. Gaz aralashmalarining tarkibini analiz qilish
2. Kimyoviy gaz analizator
3. Elektr-kimyoviy gaz analizator
4. Termokimyoviy gaz analizator
5. Xromatografiya gaz analizatori
6. Termokonduktrometrik gaz analizatori
7. Termomagnit gaz analizatori
8. Absorbsion-optik gaz analizatori
9. Eritmalarni tarkibini analiz qilishning konduktometrik, optik, potensiometrik
usullari
10.Suyuqlikning zichligini o‘lchash
11.Qalqovichli, vaznli, gidrostatik, radioizotopli zichlik o‘lchagichlar
12.Suyuqliklarning qovushoqligini o‘lchash
13.Kapillyar, erkin tushuvchi sharikli, tebranishli, aylanma mometnli (rotasion)
viskozimetrlar
14.Moddalarni namligini o‘lchash
15.Psixrometrik, shudring nuqtasi, sorbsion, si\imli, absorbsion, konduktometrik, dielkometrik, o‘ta yuqori chastatali, optik namlik o‘lchagichlari
Do'stlaringiz bilan baham: |