Siljishni kompensasiyalash sxemasi bo‘yicha quriladigan elektr analog
o‘zgartkichlaridan noelektr kattaliklarni elektr chiqish signaliga o‘zgartirish va
ko‘rsatishlarni masofaga uzatish uchun differensial-transformatorli, ferrodinamik,
magnitomodulyasion va selsinli o‘zgartkichlar tarqalgan. Differensial-transformatorli o‘zgartkichlardagi birlamchi asbob o‘zagining siljishi ikkilamchi asbob o‘zagining siljishi bilan muvozanatlashadi. Differensial - transformatorli o‘zgartkichlar sarf, bosim, sath va boshqa parametrlarni o‘lchashda ishlatiladi, bunda bu parametrlarning qiymati birlamchi asbob g‘altagi o‘zagining siljishiga o‘zgartiriladi. Differensial- transformatorli asbob sxemasi (8.3-rasm) ikkita bir xil g‘altakdan iborat. Ulardan biri birlamchi asbob 1, ikkinchisi esa ikkilamchi asbob 2 ga joylashtirilgan. G‘altaklarni birlamchi chulg‘amlari ketma-ket
8.3 – расм. Дифференциал – трансформаторнинг схемаси
ulanib, elektron kuchaytirich kuch transformatorining chulg‘amidagi o‘zgaruvchan
tok kuchlanishidan ta’minlanadi. Ikkilamchi chulg‘amlar bir - biriga yo‘nalgan holda
ulanib, chiqishlari elektron kuchaytirgichga qaratilgan. G‘altaklar ichida temir
o‘zaklari o‘rtacha holatda bo‘lsa, g‘altakdagi e1 va e2 EYuK lar teng bo‘ladi, ya’ni
∆E1 = e1 — e2 = 0 va ∆E2 = e3 — e4 = 0, demak, ∆E = ∆E1—∆E2 kuchaytirgich
kirishidagi farq ham nolga teng bo‘ladi.
O‘zaklar holati o‘zgarganda g‘altaklarda kattaligi va fazasi birlamchi asbob
g‘altagidagi o‘zak siljishining kuchlanishiga bog‘liq bo‘lgan nobalans kuchlanish
vujudga keladi. Nobalans kuchlanish elektron kuchaytirgich orqali reversiv dvigatelni
boshqarish uchun kerak bo‘lgan qiymatgacha kuchayadi. Reversiv dvigatel
profillangan disk yordamida ikkilamchi asbob g‘altagi o‘zagini, birlamchi asbob
g‘altagi o‘zagi bilan muvofiqlashtirilgan holatga siljitadi, natijada ikkala g‘altakdagi
EYuK lar tenglashadi, binobarin, muvozanat holati tiklanadi. Ikkilamchi
chulg‘amlarning EYuK yana nolga teng bo‘ladi va reversiv dvigatel to‘xtaydi.
Reversiv dvigatel ikkilamchi asbobning strelkasi va perosi bilan bog‘langan.
Birlamchi asbobning o‘zagi 5 mm ga siljiganda induksiyalangan EYuK ning
bog‘lanishi chiziqli bo‘lib qoladi. Differensial-transformatorli tizimlarning ikkilamchi
asboblari potensiometrlar asosida qurilgan.
O‘lchash tizimida teleuzatishning differensial-transformatorli tizimi uchun
ikkilamchi asboblarga KSD va KSU kiradi. Asboblarning quyidagi turlari chiqariladi:
juda kichik o‘lchamli ko‘rsatuvchi KPD1; VMD va o‘ziyozar KSD1, kichik
o‘lchamli ko‘rsatuvchi silindrli siferblati aylanadigan KVD1 va o‘ziyozar KSD2,
aylanasimon diagrammali KSD3. Hamma asboblarning aniqlik sinfi 1. Ikkilamchi
asboblar yo qo‘shimcha chiqish o‘zgartkichlari yoki boshqariluvchi qurilma bilan
ta’minlanishi mumkin. Sarf o‘lchagich asboblarda, ko‘pincha, ichiga o‘rnatilgan
integrallovchi qurilmalardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |