Birin ch I b o‘ L i m texnologik parametrlarni nazorat qilish usullari va vositalari



Download 6,28 Mb.
bet131/151
Sana01.07.2022
Hajmi6,28 Mb.
#724869
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   151
Bog'liq
Noelektrik kattaliklarni elektr o\'lchashlar(O\'Q).

8.2- §. ELEKTR O‘ZGARTKICHLAR

Noelektr kataliklarni elektr chiqish signaliga o‘zgartirish, va ko‘rsatishlarni


masofaga uzatish uchun kuch kompensasiyali o‘zgartkichlar, siljish kompensyasiyali o‘zgartkichlar va chastotali o‘zgartkichlar qo‘llaniladi.
Kuch kompensasiyali o‘zgartkichlar birlamchi asbob sezgir elementining
kuchini 0—5 yoki 0—20 mA li o‘zgarmas tokning bir xillashtirilgan signaliga
o‘zgartirishga mo‘ljallangan. Elektr-kuch o‘zgartkichlarning ishlashi kuchni kompensasiyalash prinsipiga asoslangan: sezgir element tomonidan o‘lchanayotgan kattalik ta’sirida hosil qilingan kuch shu sezgir elementga teskari aloqa qurilmasi tomondan ta’sir etadigan kuch bilan muvozanatlashadi. O‘lchash tizimi analog shoxobchasining elektr o‘zgartkichlarida elektr-kuch
o‘zgartkichlarning ikki turidan foydalaniladi: kuch va chiqish signali orasida to‘g‘ri mutanosiblik (chiziqli) munosabatni ta’minlaydigan chiziqli o‘zgartkichlar va chikish sngnali kuch qiymatidan olingan kvadrat ildizga mutanosib bo‘lgan kvadratik o‘zgartkichlar. Kvadratik uzgartkichlardan difmanometrlarda — sarf o‘lchagichlarda foydalaniladi. Ular chiqish signalini o‘lchanayotgan suyuqlik va gaz sarfiga to‘g‘ri mutanosib o‘zgaradigan o‘zgarmas tok ko‘rinishida olishni ta’minlaydi. O‘zgartkichlar alohida blok ko‘rinishida yasaladigan UP-20 turli kuchaytirgich bilan komplektlanadi (jamlanadi). Chiziqli va kvadratik o‘zgartkichlar faqat kuch mexanizmi qurilmasi bilan farq
qiladi. Kuch kompensasiyali elektr analog o‘zgartkichning prinsipipial sxemasi 8.2- rasmda ko‘rsatilgan.

8.2 – расм. Куч компенсацияли электр
аналог ўзгарткичи

O‘lchanayotgan parametr o‘lchash bloki 1 ning sezgir elementiga (masalan, manometer membranasiga) ta’sir ko‘rsatadi va G‘
mutanosib kuchga aylanadi, bu signal richag 2 ga uzatiladi. Richagning surgich 3,
oraliq richag 4 va lentali tortqi 5 orqali burilishi kompensasion richag 6 ga uzatiladi. Kompensasion richagda differensial-transformatorli indikatorning o‘zagi 7 va magnitoelektr kuch mexanizmining g‘altagi 8 o‘rnatilgan. YArmo 9 ikkilamchi chulg‘amlarining bir-biriga qarab ulanishi natijasida hosil bo‘lgan zanjirdagi muvozanat o‘rtacha holatdan chetga chiqadi, sanoat chastotali o‘zgaruvchan tok signali paydo bo‘ladi. Bu signal elektron kuchaytirgich 10 ga keladi. Kuchaygan va to‘g‘rilangan signal masofaga uzatish aloqasiga va shu bilan birga, aloqa bilan ketmaket bog‘langan muvozanat indikatorining g‘altagi 8 ga (teskari bog‘lanish) keladi. G‘altak 8 dagi tok hosil qilgan magnit maydon bilan doimiy magnit 11 o‘rtasidan o‘zaro ta’sir natijasida richag 6 da kuch paydo bo‘ladi, bu kych o‘lchanayotgan kirish (masalan, bosim o‘zgarishi natijasida) kuchini muvozanatlaydi. Asbobning nol nuqtasi prujina 12 orqali sozlanadi. Asbobni o‘zgartkichning berilgan o‘lchash chegarasiga sozlash uchun surgich 3 va lentali tortqi 5 ni siljitiladi. Kuch kompensasiyasi prinsipi shu sxemaga nisbatan quyidagidan iborat: muvozanat paytida sezgir element hosil qilgan kuch G‘ unga teskari aloqa tomonidan ta’sir etadigan kuch Fm ga teng.
Chiziqli o‘zgartkichda doimiy magnit 11 bilan g‘altakdan o‘tayotgan tok hosil qiladigan magnit maydoni orasidagi o‘zaro ta’sir shu tokka mutanosib bo‘lgan, richag tizimi orqali kirish kuchini muvozanatlashtiradigan kuch hosil qiladi, ya’ni,

bunda, G‘M — teskari aloqa tomonidan ta’sir etadigan kuch; K—o‘zgarmas koeffisient; Ichiq — chiqish toki.
Kvadratik o‘zgartkichda teskari aloqa kuch FM bilan chiqish signali Ichiq
orasidagi o‘zaro ta’sirlashuv magnitoelektr mexanizm o‘rniga elektromagnit kuch
mexanizmini qo‘llash yordamida ta’minlanadi. Bu holda teskari aloqa kuchi bilan
chiqish signali orasidagi munosabat quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

UP-20 turidagi yarim o‘tkazgichli kuchaytirgich nomuvofiqlashtirish indikatori
signalini o‘zgarmas elektr toki signaliga o‘zgartiradi. Signalni masofaga uzatish 10
km ga etishi mumkin. O‘zgartkichga ulanadigan ikkilamchi asboblarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: o‘zgarmas tokning unifikasiyalangan signalidan ishlaydigan (milliampermetrlar) va o‘zgarmas kuchlanish signalidan ishlaydigan asboblar (voltmetrlar, potensiometrlar, markaziy nazorat va boshqarishning elektr
mashinalari).

Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish