Birin ch I b o‘ L i m texnologik parametrlarni nazorat qilish usullari va vositalari



Download 6,28 Mb.
bet116/151
Sana01.07.2022
Hajmi6,28 Mb.
#724869
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   151
Bog'liq
Noelektrik kattaliklarni elektr o\'lchashlar(O\'Q).

Tebranishli viskozimetrlar
Keyingi yillarda katta o‘lchash chegaraga, yuqori sezgirlikka va aniqlikka ega
bo‘lgan, shuningdek, har xil sharoitlarda turli muhitlarni tahlil qiluvchi umumiy
afzalliklarga ega bo‘lgan tebranishli viskozimetrlar keng tarqalmoqda.
Tebranishli viskozimetrlarning ishlash prinsipi nazorat qilinayotgan
muhitga cho‘ktirilgan sezgir element tebranishi so‘nish darajasining shu muhit
qovushoqligiga bog‘liqligiga asoslangan. Tuzilish jihatdan tebranishli asboblar
elektromagnitli va ultratovushli bo‘ladi. Elektromagnitli (past chastotali) viskozimetrlari 1 kGs gacha va ultratovushli asboblar 10—1000
kGs chastotalarda ishlaydi.


6.47 – расм. Электромагнит
тебранишли вискозиметрнинг
схемаси

6.47-rasmda ko‘rsatilgan elektromagnit tebranishli viskozimetrning ishlash prinsipi
quyidagicha. Idish 6 dagi nazorat qilinayotgan suyuqlikka sezgir element — po‘lat plastinka 3 ning bur uchi tushiriladi. Uning yuqorigi qismi maxsus qisqichli asbob 2 ga mahkamlangan. Idish 6 termostatlovchi qurilma 7 ga o‘rnatiladi. Elektromagnit 1 yordamida po‘lat plastinka 3 rezonans tebranishli harakatga keltiriladi. Tekshirilayotgan suyuqlikning qovushoqligini o‘lchashda po‘lat plastinka tebranishlarining amplitudasi o‘zgaradi.


6.48 – расм. Ултратовушли
вискозиметрнинг схемаси

Bu o‘zgarish elektromagnit datchiklar 5 yordamida qabul qilinadi. Datchiklarda induksiyalangan kuchlanish to‘g‘rilanib, o‘lchash asbobi 4 ga uzatiladi, asbob qovushoqlik birligida darajalangan. Ular qovusholikni ±3 ... 5% xatolik bilan o‘lchaydi.
Ultratovushli viskozimetrlar universal hisoblanadi. Bu asboblar katta o‘lchash chegarali, yuqori aniqlik, inersiyasizlik, harakatlanuvchi qismlarining yo‘qligi kabi afzalliklarga ega. Lekin bu asboblar murakkab elektron qurilmalardan iborat bo‘lganligi sababli ularning ishlatilishi cheklangan. Ultratovushli viskozimetrlar ultratovushlarning muhit qovushoqligiga qarab yutilishiga asoslangan. 6.48-rasmda ultratovush tebranishlarining so‘nish tezligini
o‘lchaydigan ultratovushli viskozimetrning sxemasi ko‘rsatilgan. Magnitostriksion materialdan yasalgan plastina 1 gilza Z ga mahkamlangan. Plastinaning pastki qismi qovushoqligi o‘lchanayotgan suyuqlikka tushirilgan.
Gilzada impulslar generatori 4 dan ta’minlanadigan uyg‘otish g‘altagi 2 bor. G‘altakka uzunligi 20 mks ga yaqin impuls yuboriladi, natijada plastinada bo‘ylama tebranishlar yuz beradi. Tebranishli chastotasi, plastina geometriyasi orqali, so‘nish amplitudasi esa suyuqlik qovushoqligi orqali aniqlanadi. Impulsni
yuborish bilan bir vaqtda ko‘chaytirish va detektorlash operasiyasi kuchaytirgich 5 va detektor 6 da bajariladi, natijada trigger generatorini berkitadi. Plastinaning
tebranishida teskari magnitostriksion samara tufayli g‘altakda plastinaning tebranish chastotasiga teng bo‘lgan kuchlanish (EYUK) hosil bo‘ladi.

bu yerda, U — g‘altak uchlaridagi kuchlanish; Um — kuchlanishning boshlangich amplitudasi; a
tebranishning suyuqlik qovushoqligiga bog‘liq bo‘lgan so‘nish koeffisienti; τ—vaqt; w—plastinaning tebranish
chastotasi.
Bu kuchlanish impulslar generatorini plastina tebranishlarining so‘nishi
tugaguncha berkitib turadi, shundan so‘ng generator qayta uygonadi.
SHunday qilib, so‘nish jadalligining o‘lchovi impulslar generatorining ketma-ket uyg‘onishidagi vaqt oralig‘i kattaligidan iborat. Suyuqlik qovushoqligi qancha
katta bo‘lsa, impulslar orasidagi vaqt oralig‘i shuncha kichik bo‘ladi. O‘lchash signali
detektordan ikkilamchi asbob 7 ga keladi.
Qovushoqlik birligida darajalangan o‘lchash asbobi impulslar intervalining
o‘rtacha qiymatini o‘lchaydi. Asbobning o‘lchashdagi xatoligi ±1%.
Ultratovushli viskozimetrlar texnologik oqimlardagi turli suyuqliklarni
uzluksiz nazorat qilish uchun ishlatiladi. Bu viskozimetrlarning o‘lchash chegarasi
0,0001...100 Pa∙s
Tebranishli, ayniqsa, ultratovushli viskozimetrlarning qo‘llanilish sohasi
Nyuton suyuqliklari bilan cheklab qo‘yiladi, bu suyuqliklarning qovushoqligi
mexanik ta’sir jadalligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Nyuton suyuqliklarda ular kamaytirib
ko‘rsatadi, bu holda ham ulardan faqat qovushoqlik indikatorlari sifatidagina
foydalanish mumkin.


Download 6,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish