Fenokopiya – ma’lum bir genotipga bog‘liq bo‘lgan va tashki muxit ta’sirida yuzaga chiqaruvchi o‘zgarishning boshqa genotip bo‘yicha yuzaga chiqadigan o‘zgarishga o‘xshash bo‘lishi. Fenokopiya fizik, kimyoviy va biologik ta’sirlar hisobidan yuzaga chiqadi. Onadagi mavjud ayrim yuqumli kasalliklar (qizamik, toksoplazmoz) bolada har xil irsiy kasalliklarga o‘xshash bo‘lgan o‘zgarishning sodir bo‘lishiga olib keladi. Chunki ona organizmi shu embrionning o‘sishida muxit hisoblanadi. Fenokopiyaning mavjudligi ayrim kasalliklarga tashxis qo‘yishda qiyinchilik tug‘diradi. Masalan, tug‘ilgan bolada ko‘z gavharining tipik bo‘lmasligi retsessiv irsiy kasallikning, qizamiq kasalligining yoki onaning homilador paytida ionlashtiruvchi nurlar olganligi okibati bo‘lishi xam mumkin. Kizamik kasalligi natijasida yuzaga kelgan karlik (eshitmaslik) irsiy bo‘lgan karlik kasalligiga o‘xshash bo‘ldi. Kuzatilayotgan belgilarning o‘zgarishini sonlar bilan ifodalab, ularning o‘zgaruvchanligi to‘g‘risida to‘liq tushuncha olish mumkin. Buning uchun soni o‘rganilayotgan (son jixatdan) belgi ko‘rsatkichi eng kichigidan boshlab eng kattasigacha ketma-ket joylashtirilib chiqiladi, bunga VARIATSION QATOR deyiladi. Odatda, son jixatdan o‘rganilayotgan o‘zgaruvchanlikni ikkiga bo‘linadi : uzlukli, uzluksiz. Uzluksiz o‘zgaruvchanlikda har bir olingan son bir-biridan juda kam farqqiladi. Agar ularni kichigidan boshlab bir qatorga joylashtirib chiqilsa, uzluksiz qator hosil bo‘ldi. Shuning uchun bu o‘zgaruvchanlik uzluksiz deb ataladi. Bunga o‘lchash mumkin bo‘lgan barcha belgilar kiradi. Masalan, odamning og‘irligi, bargning kattaligi va hokazolar. Uzlukli o‘zgaruvchanlikda esa variatsion qatordagi joylashtirilgan o‘zgaruvchanlikning kattaligi butun son bilan ifodalanadi. Shuning uchun, bu o‘zgaruvchanlik uzlukli yoki diskret deb ataladi. Bunga faqat butun sonlar bilan ifodalanadigan va sanash mumkin bo‘lgan barcha belgilar kiradi. Masalan, cho‘chqa solityorining bosh qismidagi ilmoqchalar soni, quyon bolalari soni va hokazolar. Har ikkala o‘zgaruvchanlikda ham belgilarni hisoblashning boshlanishi bir xil bo‘lib, o‘zgaruvchanlikning eng kichik va eng katta qiymatini, ya’ni o‘zgaruvchanlikning ko‘lami (limit) aniqlanadi : lim = xmin – x max. Masalan, 100 ta cho‘chqa solityorining boshidagi ilmokchalari sanalganda xmin = 24, x max = 31 ga teng bo‘ldi. 150 tatalabaning og‘irligi o‘lchanganda xmin = 56,2, x max = 80,7 kg bo‘lib chiqdi. Shundan keyin, o‘zgaruvchanlikning variatsion qatori tuziladi. Buning uchun o‘zgaruvchanlik ko‘lami (limit) topiladi. O‘zgaruvchanlik ko‘lami birinchi misol uchun – 7, ikkinchisi uchun esa – 24,5. O‘zgaruvchanlik ko‘lami asosida variatsion qatorni qanday tuzish aniklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |