Biriккan holda belgilarning naslga o’tishi


MODIFIKATSION (FENOTIPIK) O‘ZGARUVCHANLIK



Download 0,67 Mb.
bet2/6
Sana06.01.2022
Hajmi0,67 Mb.
#324284
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ZAKAZ 2311

MODIFIKATSION (FENOTIPIK) O‘ZGARUVCHANLIK

Fenotipik o‘zgaruvchanlikda genotip o‘zgarmasdan tashqi muxit ta’sirida fenotipda o‘zgarish sodir bo‘ladi. Bitta genotipning har xil fenotipni yuzaga chiqarish xususiyati shu genotipning ta’sirchanlik (reaksiya) normasi deyiladi. Masalan, bug‘doyning hosildorligi (1 gektardan 20 sentner) uning qaysi sharoitda o‘stirilganligiga bog‘lik. Agar unumli tuproqda, qulay iqlim sharoitida o‘stirilgan bo‘lsa – bu hosil kam, unumsiz tuproqda va noqulay iqlim sharoitida o‘stirilgan bo‘lsa – hosil yaxshi. Fenotipning o‘zgarishi « ta’sirchanlik normasi » (reaktsiya normasi) chegarasidan chiqib ketmasa va bu o‘zgaruvchanlikni keltirib chiqaruvchi tashqi ta’sir ma’lum bo‘lsa, bunga modifikatsiya deyiladi. Masalan, dengiz chuvalchangi (Barnellia viridis) urg‘ochisining va erkagining genotipi bir xil bo‘lishiga qaramay, erkak chuvalchang juda kichik bo‘lib (bir necha millimetr), urg‘ochi chuvalchangning bachadonida parazitlik kilib yashaydi, uning birdan-bir vazifasi ona chuvalchangni urug‘lantirishdir. Ona chuvalchang tuxumidan hosil bo‘lgan lichinkalarning jinsi aniq bo‘lmay, ularning erkak yoki urg‘ochi chuvalchangga aylanishi tashqi muxit sharoitiga bog‘lik. Agar lichinkalar ona chuvalchang atrofida qolib, keyinchalik uning bachadoniga kirib joylashsa, ularda erkak, erkin yashovchilaridan esa urg‘ochi chuvalchanglar chiqishi oldingi misoldan ma’lum. Xullas lichinkaning kelajakda qaysi jinsga mansub bo‘lishligini uning tashqi muxiti belgilaydi. Modifikatsion o‘zgaruvchanlikka yana ximolay quyonlari junining rangini misol kilib olish mumkin. Demak, belgilarning qaysi muxit sharoitida bo‘lishiga ham bog‘liqdir. Odamlar ko‘zining rangi, o‘g‘il yoki qiz bo‘lib tug‘ilishi va boshhalar albatta genotipga bog‘liq. Lekin quyosh nuri ta’sirida teridagi pigmentning hosil bo‘lish miqdori atrof-muxit sharoitiga bog‘liq.



Belgining yuzaga chikishi genotipning ma’lum bir tashqi muxit ta’siriga moyilligiga (beriluvchanligi) bog‘liq. Shuning uchun, ma’lum bir joyda tarqalgan yuqumli kasalliklar bilan shu joy axolisining hammasi ham kasal bo‘lavermaydi. Kasallik genotipida shu kasallikka moyilligi bor kishilardagina yuzaga chiqadi. Organizmning tashqi muxit sharoiti ta’siriga qilgan javobi shu ta’sirga moslanishini bildiradi. Tashqi muhitning o‘zgaruvchanligi moslanishi natijasida organizmlarda fiziologik gomeostaz paydo bo‘lgan. Masalan, dengiz yuzidan xar xil balandlikda yashovchi odamlarda eritrositlarning soni (1 mm3 konda 4,5 mln) baland tog‘larda yashovchi odamlarnikiga (1 mm3 qonda 8,3 mln) qaraganda deyarli 2 marta kamdir. Dengiz satxidan yuqoriga ko‘tarilgan sari kislorodning kamayishi bilan shu joy axolisi qonida eritrotsitlarning soni ko‘payadi havoda kislorod kam bo‘lsa-da, eritrotsitlar ko‘p bo‘lgani uchun organizm keragicha kislorod bilan ta’minlanadi. Odamlarda yozda terida meloninning ko‘payshi, hayvonlarda junning sovuq tushishi bilan qalinlashishi xam sharoitga moslashishidir. O‘simlik yorug‘lik kam tushadigan joyda o‘stirilsa uning barg plastinkalari kattalashadi, ya’ni fotosintez sodir bo‘ladigan yuza oshadi va shu sharoitga moslashadi. Sport o‘yinlarida eng yuqori ko‘rsatkichni qo‘lga kiritish ham genotipning ta’sirchanlik normasiga bog‘liq. Sportchining 100 metrga yugurishida yuqori ko‘rsatkichi, aytaylik xozirgi paytda 9 sekund. Lekin mashqlarning texnikasini oshirish bilan bu ko‘rsatkichni o‘zgartirish juda qiyin. Chunki, muskullarning juda tez ishlashining xam ma’lum bir chegarasi bor va bundan ko‘prok qisqara olmaydi. Shuning uchun sportchilar kelajakda sekundlarning eng mayda ulushlari xisobigagina chempionlikni aniqlasalar kerak.




Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish