Fizikaviy xossalari, tuzilishi
Metilamin, dimetilamin va trimetilamin suvda yaxshi eriydigan gazlar, qolgan quyi aminlar ammiak hidli suyuqliklar, yuqori aminlar esa suvda erimaydigan, hidsiz qattiq moddalardir. Ba’zi aminlarning fizikaviy doimiyliklari jadvalda keltirilgan.
Aminlar molekulalararo vodorod bog‘lanish hosil qiladi, ammo N-H bog‘
O-H bog‘ga nisbatan kuchsiz qutblanganligidan aminlardagi vodorod bog‘lanish alkanollardagi vodorod bog‘lanishga nisbatan kuchsizdir. Shuning uchun alkilaminlar tegishli alkanollarga nisbatan past haroratda qaynaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |