Glikollar alkanlarning turli uglerod atomlari bilan bog‘langan ikkita gidroksil guruhi bor hosilalaridir. Gidroksil guruhlari bitta uglerod atomi bilan bog‘langan gem-diollar beqaror bo‘lib, suvni oson ajratadi (Erlenmeyer qoidasi). Shuning uchun metandiol (metilenglikol) faqat suvdagi eritmalarda barqarordir. U erkin holatda oson degidratlanib, formaldegidga aylanadi:
Xuddi shuningdek boshqa gem-diollarni ham erkin holatda ajratib olishning iloji yo‘q. Chunki ular hosil bo‘lishi bilan aldegid va ketonlarga aylanadi. Faqat kuchli elektronakseptor o‘rinbosarlarni tutgan ba’zi gem-diollargina erkin holatda ham barqarordir:
Ko‘p atomli spirtlar
To‘rt atomli spirtlar eritritlar, besh atomli spirtlar pentitlar,olti atomli spirtlar esa geksitlardeyiladi. To‘rt atomli spirtlardan pentaeritrit (tetragidroksineopentan) amaliy ahamiyatga ega. U chumoli va sirka aldegidlaridan olinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |