Zarafshon shahar 12-umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika va informatika fanlari o‘qituvchisi Turobov Vohid Qurbonovichning 7 – “V” sinfda “Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar“ mavzusida yozgan BIR SOATLIK DARS ISHLANMASI
2020-2021 o‘quv yili.
Sana: 13.02.2021
Sinf: 7-“V” sinf
Fan: Informatika va axborot texnologiyalari.
Mavzu: Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar.
Darsning maqsadi:
ta’limiy maqsad:O’quvchilarda internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar ularning vazifalari bo’yicha ko‘nikmalarinin hosil qilish;
tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni yangi bilimlar egallshga va qattiyatli bo’lishga yo’naltirish;
rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar bo’yicha olgan bilimlari asosida kasblar bo’yicha bilimlarini rivojlantirish.
Kompetensiya:
TK3: doimiy ravishda o’z-o’zini intelektual va kreativ rivojlantirish, hayot davomida mustaqil kognitivlik ko’nikmalarini mustaqil ravishda rivojlantirib boradi;
FK2: turli klaviatura bilan ishlay oladi.
Dars turi: nazariy va amaliy
Dars usuli: noan’anaviy dars, kichik guruhlarda ishlash va individual ishlash,
Dars tipi: Yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars jihozi: kompyuter, proyektor va ekran, fanga oid darslik, kerakli slaydlar, rag’bat kartochkalari va tarqatma materiallar.
Shakl: amaliy-yozma, og’zaki, jamoaviy va yakka tartibda ishlash;
Nazorat:O’z-o’zini nazorat qila olish, kuzatish va tekshirish;
Baholash :Uyga vazifani bajarilishi, savollarga javoblar va amaliy ish yakuni bo’yicha o’quvchilar baholanadi.
Kutiladigan natijalar O’qituvchi : - o’quvchilarni dars davomida mavzu yuzasidan bilimga ega qilish . Guruhda va yakka tartibda ishlash orqali o’quvchilar faolligini oshirish, o’quvchilarning amaliy ishni bajarishga erishish.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
a) Salomlashish
b) Navbatchining axborotini tinglash
d) O’quvchilarning darsga hozirligi va uyga vazifani tekshirish, uyga vazifani yetarlicha bajarganlarga rag’bat kartoshkalari tarqatish.
e) O’quvchilarni guruhlarga bo’lish va sardorlarni tayinlash.
h) O’quvchilarni kichik guruhlarda ishlash va baholash mezonlari bilan tanishish.
Sinf uch guruhlarga bo’linadi.
I guruhga Al-Xorazmiy jamoasi nomi beriladi.
II guruhga Vosil Qobulov jamoasi nomi beriladi.
III guruhga Vosil Qobulov jamoasi nomi beriladi.
Har bir savolni jamoa o’rganib unga bittadan o’quvchi javob berishini sardor tayinlaydi.
II.O’tilgan mavzuni so’rash: O’qituvchi o’tilgan mavzular yuzasidan test savollar tuzib kelib o’quvchilar bilan “aqliy hujum” texnologiyasini amalga oshiradi. Bunda har bir guruhdan bir o’quvchini guruh sardori chiqaradi.
Dastlab guruh sardorlari o’z jamoasi nomidagi olimga izoh beradi.
So’ngra savollaga javob beriladi.
Savollarga javob berganlarga rag’bat kartoshkalari tarqatiladi.