Qurilish-montaj ishlari hajmini va konstruktiv elementlar texnik korsatkichlari.
2-jadval.
Konstruktiv elementlar nomlanishi
va rusumi
|
Xomaki chizmasi (eskizi)
|
Asosiy o’lchamlari, (m)
|
Miqdori (dona)
|
Elementlarning vazni, (t)
|
Bo’yi
|
Eni
|
Balandl igi
|
Bir elementniki
|
barchasiniki
|
Chetki qator kolonnalar, K-1
|
|
9.400
|
0.60
|
0.40
|
18
|
5.3
|
95,4
|
O’rta qator kolonnalar, K-2
|
|
8.700
|
0.80
|
0.50
|
5
|
10.7
|
53,5
|
Faxverka kolonnalar, K-3
|
|
9.300
|
0.4
|
0.4
|
8
|
3.7
|
29,6
|
Ko’prikli kran osti to’sini (balkasi)
ПК-6
|
|
5,95
|
0,6
|
1,0
|
16
|
4,2
|
67,2
|
Ko’prikli kran osti to’sini (balkasi)
ПК-12
|
|
11,95
|
0,65
|
1,4
|
8
|
10,7
|
85,6
|
Podstropil fermasi ПФ- 12
|
|
11,96
|
0,55
|
3,41
|
4
|
6,6
|
26,4
|
Stropil fermasi СФ- 18
|
|
17,94
|
0,22
|
2,73
|
18
|
15,6
|
208,8
|
Tomyopma plitalar ПП- 6
|
|
5.95
|
0.3
|
2.98
|
96
|
2.4
|
230,4
|
Devorbop qoplama plitalar СП- 6
|
|
5.98
|
0.2
|
1.485
|
140
|
1.3
|
171,6
|
Hammasi bo’lib, temirbeton konstruksiyalarning umumiy vazni, tonnada:
|
978,9
|
Sizga ma’lumki barcha yig’ma temir-beton konstruksiyalar montaj qilinib, loyihaviy o’rniga qo’yilgandan so’ng maxsus geodezik asboblar vositasida rostlanadi (виверка, rus. Adjust, eng.) qilinadi, ya’ni gorizontal, vertikal yonalishlari va burchaklari loyihaviy o’lchamlarga keltiriladi. Ko’pchilik hollarda konstruksiyalar bir-biriga va binolarga elektr yoyi vositasida payvandlash yo’li bilan biriktiriladi. Payvandchoklar uzunligi payvandlanayotgan metal qalinligi va choklar katetiga bog’liq bo’ladi va o’rtacha konstruktiv elementlar uchun quyidagi III bobda keltirilgan formulalar asosida hisoblansa bo’ladi.
Konstruktiv elementlar tayanch detallariga elektr yoyi vositasida payvandchok qo’yish o’lchamlari
Odatda yig’ma temir beton kontruksiyalar loyihada ko’rsatilgan o’rnga montaj qilingandan so’ng rostlanadi, yani elementning fazoviy o’rni (отметка, rus; mark, eng.) o’lchov vositalarida tekshirilib, loyihaga mos kelishi ishonch hosil qilinadi. Rostlangan elementlar elektr yoyi vositasida payvandlanib yoki boltli-rezbali birikmalar bilan montaj o’rniga qotirilib, binoning ustivorligi ta’minlanadi. Aksariyat elementlar payvandchoklar vositasida montaj o’rniga qotiriladi va bunda elementlarning turi va o’lchamalariga mos ravishda payvandchoklar uzunligi belgilanadi. Quyida keltirilgan formulalarda turli konstruktiv elementlar uchun payvandchok uzunligini hisoblash formulalari keltirilgan (metr hisobida):
Stropil fermani montaj qilishda payvandchoklar uzunligi –
Pchf =1,4 * 18=25,2м; (1)
to'sinlar (balklar) - Pchb =0,8*24=21,6м; (2)
tomyopma plitalar:
-6x3 m o’lchamli plita uchun - Pchtp =0.6*96=57,6м; (3)
devorbop plitalar :
L=6m o’lchamli plita uchun - Pchdp = 0.6 *140=84м; (4)
Tomyopma yoki devorbop plitalar montaj qilinib payvandlangandan so’ng, elementlar orasida hosil bo’luvchi montaj choklarga sementli qurilish qorishmasi vositasida ishlov berilib, choklar to’ldiriladi va shu choklar uzunligi quyidagi formulada aniqlansin:
Lsp = P*n/2=(6*2+1,5*2)*96/2=720м; (7)
Lpp = P*n/2=(6*2+3*2)*140/2=1260м; (7’)
Lch = Lsp+ Lpp =720+1260=1980м
bunda P-plita yoki panel perimetri uzunligi (metr hisobida); n-plita yoki panelning soni, dona.
Asosiy montaj ishlarini yengillatuvchi moslama va yuklarni ilib ko’tarish qurilmalarini tanlab shaylash
Sizga ma’lumki, sanoat binolarini to’liq yig’ma temir-beton konstruksiyalar vositasida barpo etish amallari, ulkan gabarit o’lchamdagi va og’ir vazinli yuklar ya’ni konstruksiyalarni ko’tarish va loyihada ko’rsatilgan holatda montaj qilishga asoslanadi. Ayniqsa temir-beton konstruksiyalar og’ir va yirik o’lchamlarda bo’ladi. Bunday konstruksiyalarni to’g’ridan-to’g’ri ko’tarma krannig yolg’iz ilgagi vositasida kotarish va montaj qilishning ilojisi yo’q. Shuning uchun montaj ishlarini jadallashtirish maqsadida turli tipdagi moslama va qurilmalardan (traversa, zaxvat, strop, norvonlar, arqon o’ramlari), viverka qilish (rostlash) asbob-uskunalaridan, montajchi ustalarning balandlikda qulay va xavfsiz ishlashlari uchun osnaska va lyulkalardan (traverse, capture, ladders, ropes, rigging, cradle, eng) foydalaniladi.
Montaj elementlarining har biri uchun alohida yuk ilib kotarish moslamalarini (traversa va strop) tanlanadi. Shuningdek bir tipdagi ilib ko’tarish moslamasi-stropa vositasida bir necha turdagi qurilish konstruksiyasini ko’tarib montaj qilish, iloji boricha universal moslamalardan foydalanish tavsiya etiladi, maqsad, qurilish maydonida qo’shimcha mexanizmlar soni kamaytirish va ularning foydali ish koeffisiyenti (оборачиваемость, rus.; turnover, eng) ko’proq bo’lishi iqtisodiy samarador bo’ladi.
Montaj qilinishi rejalashtirilayotgan konstruksiyalar uchun ilib-ko’tarish moslamalarini tanlashda ushbu uslubiy ko’rsatmaning ilova qismida keltirilgan universal moslamalar va traversalar to’plamidan foydalanish tavsiya etiladi. Shunigdek, tanlangan moslamalar loyiha izohnomasida 3-jadval shaklida keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |