4- rasm. Amarillislar - Amarilidales.
Piyozguldoshlar oilasi - Alliaceae.
Bu oilaga 32 avlod 750 tur o`simliklar kiradi. Shulardan 310 tasi piyozlar avlodiga mansubdir. O`zbekiston florasida bu oiladan 165 turi uchraydi. Piyozguldoshlar yer qismining hamma qismida xususan dasht va cho`l zonalarida keng tarqalgan. Barcha piyozguldoshlar o`t o`simligi bo`lib, yer ostida piyozboshi yoki ildizpoyasi bo`ladi. Efemeroidlari ham uchraydi. Barglari ildizoldi, bandsiz, ensiz lentasimon, trubkasimon shakllarda uchraydi. Gullari ochilguncha pardasimon o`rama bilan qoplangan bo`lib oddiy soyabon hosil qiladi va u gul strelkasining uch qismiga joylashgan. Gulqo`rg`oni oddiy, 6 a`zoli erkin yoki pastki qismi birlashgan, ko`pincha ikki doira bo`lib o`rnashadi. Gulqo`rg`oni rangli, tojbargli yoki rangsiz yupqa pardasimon bo`lsa, kosachabargli. Changchisi 6 ta gulqo`rg`oni bilan birlashgan. Urug`chisi 3 ta meva bargdan tuzilgan, qo`shilib o`sgan 3 uyali, tuguncha ustki. Ba`zan ustunchasi ostki P3-3 A3-3 G(3) mevasi chokidan chatnovchi ko`sakcha, ba`zan xo`l meva.
Piyozguldoshlarning xarakterli belgisi uning «tirik tug`uvchanligidir» chunki piyozboshi yonida mayda piyozchalar hosil bo`ladi. Masalan sarimsoq piyozi (A. Sativum) doim shu yo`l bilan ko`payadi. Bu oilaga oddiy piyoz - Allium sepa L., sarimsoq - A. Sativum L. yovvoyi cho`l piyozi - A.Siffithianun cho`l piyozi - A caspium lar kiradi. Ular ichida cho`lpiyoz zaharli o`simlik hisoblanadi.
Ko`pgina piyozguldoshlarga mansub o`simliklarda oltingugurt saqlovchi moddalar bo`ladi. Ular ko`pchiligi tibbiyotda qo`llaniladi. Shulardan biri sarimsoq piyozi. (A.Sativum.L)
Sarimsoq piyozi - Allium sativum.L.
Bo`yi 100 sm gacha boradigan ko`p yillik o`tsimon o`simlik. Piyozi tuxumsimon shaklda bo`lib, 7 donadan 30 donagacha boradigan mayda - mayda piyozchalar tashkil topgan. Bu pallalari oqish rangda bo`ladigan, pardadek umumiy po`st bilan o`ralgan. Pallalari ham, o`z navbatida pushti yoki binafsha rang po`st bilan qoplangan uzunligi 4 sm gacha boradi. Poyalari taxminan yarmiga qadar barg Gullari uzun bandli bo`lib, qinlari bilan o`ralgan, ustki qismi gullagunicha halqaga o`xshab qayrilib turadi. urug` tugmaydi.
Sarimsoq soyabonsimon to`pgul hosil qiladi. Odatda meva va piyozi jahonning ko`p mamlakatlarida, jumladan O`rta Osiyoning hamma rayonlarida.
Sarimsoq piyozi tarkibida 0,3% gacha alanin 0,4% gacha efir moyi, 0,06% atrofida yog`li moy fitosterin, azotli moddalar, fitonsidlar anchagina miqdorda askarbinat kislota bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |