2.3. Loladoshlar tartibi-Liliales.Loladoshlar oilasi-Liliaceae
Bu oilaga 10 avlod, 470 tur kiradi, ulardan 230 ga yaqini madaniy holda o`stiriladi. Bu oilaga mansub o`simliklar asosan o`rta iqlimli mintaqalarda, g`arbiy va Sharqiy Osiyoda, Himolayda tarqalgan.
Bu oilaga asosan yo`g`on ildiz poyali, piyozli yoki tugunakli ko`p yillik o`t o`simliklar kiradi. Ba`zi daraxatlar (yukka, dratsena, aleoe kabilarlar) va qisman lianalar kiradi. Barglari lansetsimon chiziqli, ba`zan elips shakli, parallel yoki yoysimon tomirli. guli 2 jinsli aktinomorf, odatda shinggil, boshoq ro`vak va shu singari to`p gullarga yig`ilgan.
Yirik gullari yakka a `zoli. Gul formulasi P3-3A3-3G3
Ko`pchiligining tugunchasi ustki. Mevasi chokidan chatnaydigan ko`sakcha. Bu oilaga kiradigan avlodlardan Savrijon (Colchicum), shirach (Eremurus), piyozgul (Lilioideae), boychechak (usaqea) va lola (tulipa), liliya (Lilium) kabilarni misol qilish mumkin.
Greyg lolasi - T. gregii
2- rasm. Greyg lolasi (Tulipa gregii).
Greyg lolasi lolalar avlodiga mansub bo`lib, u aprelning oxiri - mayning boshlarida adir va tog`larning quyi qismidagi yonbag`irlarda ochiladi yirik gulli, ko`rkam o`simlik. Bo`yi 20 - 45 sm. Piyozi tuxumsimon yoki yumaloq. Barglari 3-4 dona ustida to`q binafsha rangli dog`lari bor. Guli bitta, yirik sarg`ish - qizil osti qora dog`li changchi iplari qora va sariq, changdonlari sariq binafsha rang yoki kulrang. Uning mevasi 3 chanoqqa bo`linib ochiladigan ko`sakcha, iyulda pishadi. G. lolasi urug`idan va piyozidan ko`payadi. Urug`dan o`sgan lola 9-10 yilda piyozchasidan o`sgani esa 4-5 yilda gullab urug` beradi. Uning guli juda chiroyli. Keyingi paytlarda odamlarning shavqatsiz yulishi piyozchalarini kovlab olishi natijasida juda kamayib ketdi. Hozirgi paytda u muhofaza qilinadi va O`zbekistonning qizil kitobiga kiritilgan.
Daraxtsimon aloy - Aloyo arborescens Mill.
3- rasm. Daraxtsimon aloy (Aloyo arborescens Mill).
Yer yuzida aloening 250 dan ortiq turi mavjud. Ular orasida bo`yi 10 m ga yetadiganlari ham mavjud. Aloelar yovvoyi holda Afrikada, Hindistonda, madagaskar, va Saudiya Arabistonda tarqalgan. Bizda xonalarda va issiqxonalarda o`stiriladigan aloe Afrikadan chiqqan. Daraxtsimon aloe bo`yi 4 m ga yetadigan sershira doim yashil daraxtsimon o`simlik poyasi tik o`suvchi bo`lib pastki qismi shoxlangan. Poyasining asos qismidan chiqqan juda ko`p yon kurtaklar o`simlikning vegetativ ko`payishida katta ahamiyatga ega. Bargi yumshoq, etdor, sershira yashil qilichsimon yuqori tomoni botiq, pastki tomoni do`ng qirrasi tikanli uzunligi 20-65 sm qalinligi 12-15 mm ga teng bo`lib qini bilan poyada ketma ket joylashgan. Gullari to`pbarg o`rtasidan chiqqan uzun silindrsimon gul o`qiga joylashib shingil to`pgulni hosil qiladi. Gulqo`rg`oni oddiy tojsimon naycha shaklida qizg`ish gultojbargli 6 ta bo`lib 3 tadan 2 qator joylashgan. Otaligi 6 ta bular ham 2 qator o`rnashgan. Mevasi o`tmas 3 qirrali, silindrsimon, ko`sakcha. Aloe xona sharoitda kamdan kam gullaydi. Shunday qilib loladoshlar oilasiga bir va ko`p yillik o`simliklar kiradi. Ularni ichida aloe singari dorivorlari ham, lola kabi manzarali o`simliklar ham ko`p uchraydi.
Aloe tarkibida antratsen unumlari, smola, efir moylari saqlaydi. U tibbiyotda turli xil kasalliklarda, xususan, ichni yumshatadigan, o`t haydaydigan va bakteratsid ta`sir ko`rsatadigan, yallig`lanishga qarshi ta`sir ko`rsatadigan vosita sifatida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |