Samarqand davlat universiteti Raqamli texnologiyalar fakultetida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad tavalludiga bag’ishlangan,
“BIR ASRNING IKKI DAHOSI” mavzusida o’tkazilgan tadbir
BAYONNOMASI
O‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy tavalludiga 579 yil to‘ldi. Shu munosabati bilan Samarqand davlat universiteti amaliy matematika va informatika fakultetida “Ulug‘ allomaga ehtirom” mavzusida tadbir o’tkazildi.
T adbirni yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari ochib berdi va talabalarga Alisher Navoiy asarlarining tarbiyaviy ahamiyati haqida gapirib berdi. Alisher Navoiy asarlari o‘zbek adabiy tili va milliy adabiyotimiz rivojining asosini belgilab beribgina qolmay, xalqimiz ma’naviy olamining shakllanishida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Alisher Navoiy taʼlim-tarbiya toʻgʻrisidagi fikrlarini koʻproq barkamol insonni ifodalovchi ijobiy obrazlar yaratish orqali bayon qiladi. Ilm-maʼrifat, axloq-odob masalalariga doir fikrlarini esa ilmiy-falsafiy va didaktik asarlarida bayon qiladi. Navoiy aql kuchiga cheksiz ishonadi, komil ishonch bilan ilm-fanning fazilati juda katta, deb hisoblaydi. “Hayrat ul-abror” asarining bir necha boblari odob-axloq va taʼlim-tarbiya masalasiga bagʻishlangan. Navoiy bu dostonning oltinchi maqolotida odob va kamtarlikni ulugʻlab, taʼlim-tarbiyaga doir qimmatli fikr-mulohazalarini bayon qilish bilan birga, takabbur va odobsiz kishilarni qattiq qoralaydi. Shoir dostonning bu maqolotida bola tarbiyasi, uni oʻstirish, oʻqitish va balogʻatga yetkazish hamda bu borada ota-onalarning vazifalari haqida batafsil fikr yuritadi. Shoir yoshlarni ota-onaning xizmatini bajarishga, ularni hurmat qilishga, ularga nisbatan hamisha mehr-muhabbatli boʻlishga chaqiradi, ota-onani oy va quyosh deb taʼriflaydi:
Boshni fido ayla ato qoshigʻa,
Jismni qil sadqa ano boshigʻa…
Tun-kunungga aylagali nurposh,
Birisin oy angla, birisin quyosh…
Tadbir davomida talabalar Navoiy hayot yo’li ijodi haqida gapirib o’tdi. XV asr jahon maʼnaviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy hijriy 844 yil ramazon oyining 17-kuni (1441 yil 9 fevral) da Hirotda tugʻilgan. Hirot shahri XV asr birinchi yarmida Sohibqiron Amir Temur asos solgan ulugʻ saltanatning ikkinchi poytaxti, Temurning kenja oʻgʻli Shohrux Mirzoning qoʻl ostidagi obod manzillaridan biri edi.
A lisher tugʻilgan xonadon Temuriylar saroyiga eskidan yaqin va yurtda muayyan nufuz sohibi edi. Boʻlgʻusi shoirning otasi Gʻiyosiddin Muhammad oʻgʻlining tarbiyasiga jiddiy eʼtibor berdi. Alisherning sheʼriyatdagi ilk ustozi togʻasi Mir Sayyid Qobuliy va Muhammad Ali Gʻaribiylardir. Navoiy “Majolis un-nafois” asarida Qobuliy haqida: “Yaxshi tabʼi bor erdi, turkchada mayli koʻproq erdi…” desa, Gʻaribiy haqida: “Xush muxovara (xushsuhbat) va xushxulq va dardmand yigit erdi. Koʻproq sozlarni yaxshi chalar erdi. Uni va usuli xoʻb erdi. Musiqiy ilmidin ham xabardor erdi…”deydi.
Tadbirda talabalar tomonidan navoiy g’azallari o’qib berildi va Navoiy hayotidan sahna ko’rinishi namoyish etildi
Dekan o’rinbosari: D.Mardonov
TADBIRDAN LAVHALAR
Do'stlaringiz bilan baham: |