Predreproduktiv - Nasl qoldira olmaydigan yosh organizmlar. ( 84 - bet ). 85. Reproduktiv - Jinsiy voyaga yetgan organizmlar. ( 84 - bet ). 86. Postreproduktiv - Ko‘payish xususiyatini yo‘qotgan, nasl bermaydigan qari organizmlar. ( 84 - bet ). 87. Dominant turlar - Biotsenozda son jihatdan eng ko‘p bo‘lgan va biotopning katta
qismini egallagan turlar. (Masalan, qarag‘ay – qarag‘ayzorda, archa –
archazorda). ( 86 - bet ). 88. Ekotizim - Tirik organizmlar jamoasi, ularning yashash muhitlari, moddalar va energiya almashinuvi majmuyi. ( 93 - bet ). 89. Detrit - Chiriyotgan o‘simlik, zamburug‘ va hayvon qoldiqlari detrit. ( 94 - bet ). 90. Oziq zanjiri - bu bir bo‘g‘in (manba)dan ikkinchi bo‘g‘in (iste’molchi)ga
moddalar va energiya o‘tadigan organizmlarning tizimli ketma-ketligi. ( 94 - bet ). 91. Fitoplankton - Suvo‘tlar. ( 96 - bet ). 92. Zooplankton - Dafniya, sikloplar. ( 96 - bet ). 93. Biomassa - Quruqlik ekosistemalarida maydon birligida quruq
organik modda massasi birligi bilan: g/m2, kg/m2, kg/ga, t/km2, suv havzasi
ekosistemalarida hajm birligida ifodalanadi. ( 100 - bet ). 94.
Do'stlaringiz bilan baham: |