Yirtqichlilik («yirtqich – o‘lja») - turlararo o‘zaro biotik munosabat turi bo‘lib, bir populatsiya individlari boshqa populatsiya individlari uchun oziq vazifasini o‘taydi. ( 73 - bet). 80. Parazitizm («parazit – xo‘jayin») - har xil turga mansub individlarning antagonistik munosabatlari bo‘lib, bir turga mansub organizm (parazit) boshqa turga mansub organizmdan (xo‘jayin) oziq manbayi va yashash joyi sifatida foydalanadi. ( 73 - bet). 81. Antropogen omil - odam va uning xo‘jalik faoliyatining o‘simlik, hayvon va boshqa tabiat komponentlariga ta’siri bilan bog‘liq omillar guruhidir. ( 76 - bet). 82. Populatsiya gomeostazi - Uzoq muddat individlar sonini bir xilda saqlab turish. ( 81- bet ). 83. Kannibalizm - O‘z turiga mansub organizmlarni yeb qo‘yishi. ( 83 - bet ). 84.
Do'stlaringiz bilan baham: |