Biotexnologiya fanidan o’quv-uslubiy majmua



Download 5,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/140
Sana11.06.2022
Hajmi5,94 Mb.
#653216
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   140
Bog'liq
Biotexnologiya

Nazorat uchun savollar: 
1.
 
Sanoat chiqindilarini qayta ishlash usullari 
2.
 
Biogaz olish texnologiyasi 
3.
 
Biotexnologik jarayonda utilizatsiya 
 


AMALIY MASHG’ULOT MATERIALLARI 
MASHG‘ULOT№1
Mavzu:Biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari
 
Mashg'ulot shakli:
«Biotexnologiya» yo‘nalishlari talabalari uchun amaliy 
mashg‘uloti.
 
Mashg'ulot uslubi:
«Blits-o’yin» texnologiyasi 
Mashg‘ulotmaqsadi:
talabalarga biotehnologiya, uning zamonaviy yo'nalishlari va 
farmatsiyadagi roli haqida ma'lumot berish 
Mavzuningahamiyati:
biologik tehnologiyalar halq ho'jaligining barcha sohalariga 
shu jumladan farmatsiyaga ham jadal sur'atlar bilan kirib bormoqda 
Ishning nazariyqismi 
 
Zamonaviy biotehnologiya sanoati-bu bir-biri bilan uzviy bog'langan biofizik, 
biokimyoviy va fizik-kimyoviy jarayonlarning murakkab kompleksi. Bunday 
tehnologik jarayonlarda sanoat va biologiya birlashadi.
Biotehnologiya-hayvon, 
o'simlik 
va 
mikroorganizm 
hujayralarining 
metabolizmi va biologik imkoniyatidan mahsus moddalar olishda foydalanish. 
Farmatsevtik biotehnologiya asosini vaktsinalar, gormonlar, fermentlar, interferonlar, 
antibiotiklar, aminokislotalar, vitaminlar, alkaloidlar, polisaharidlar va boshqa 
biologik faol moddalar ishlab chiqarish tashkil etadi.
Insonlar qadimda pivo va sut mahsulotlari tayyorlashda biz hozirgi kunda 
«biotehnologiya» deb atayotgan jarayonlardan foydalanishgan. 
XX asrning 60-yillaridan boshlab tirik organizmlar, biologik sistemalar va 
biologik jarayonlar yordamida tijorat mahsulotlari olish borasida qator ilmiy 
tadqiqotlar olib borildi. Ana shu davrda biotehnologiya bu turdagi tadqiqotlar bilan 
chambarchas bog'landi. Bu esa biotehnologiyaning mikrobologiya, biokimyo va 
boshqa muhandislik fanlaridan tashkil topgan mustahkam poydevori yaratilishiga 
sabab bo'ldi. So'nggi 30 yil davomida biotehnologiya jadal suratlarda rivojlandi. 
Ko'lab ilmiy g'oyalar amaliyotga joriy etildi. Natijada biotehnologiyaning yangi 
yo'nalishlari vujudga 
keldi; 
tibbiy 
biotehnologiya, 
immunobiotehnologiya, 
biogeotehnologiya, muhandislik enzimologiyasi shular jumlasidandir.
Tibbiyot biotehnologiyasi yordamida davolash va profilaktika maqsadida 
ishlatiladigan moddalar yoki vositalar (antibiotiklar, vitaminlar, fermentlar, 
aminokislotalar, polisaharidlar va h.k.) ishlab chiqariladi. Tabiiyki, bunday 
mahsulotlar ishlab chiqarishda sanoat jarayonlari bioob'ektlar orqali tashkil etiladi. 
Immunobiotehnologiya- 
vaktsinalar, 
immunoglobulinlar, 
immunomodulyatorlar, 
immunomediatorlar, 
monoklonal 
antitelolar 
kabi 


mahsulotlarni o'zida 
birlashtiradi. 
Shuningdek, 
immunoferment 
tahlil 
va 
immunobloting
6
ham immunobiotehnologiyaga tegishli sohalardandir.
Muhandislik enzimologiyasi - biotehnologiyaning bu yo'nalishi fermentlar 
yoki ferment sistemalarning katalitik funktsiyasi yordamida mahsulot olishga 
asoslanadi. Muhandislik enzimologiyasida bioob'ekt- ferment (yoki ferment 
kompleksi). 
Amaliyotda 
odatda 
immobilizatsiyalangan 
fermentlar 
(ba'zida 
immobilizatsiyalangan 
hujayralar) 
ishlatiladi. 
Immobilizatsiya 
natijasida 
fermentlarning barqarorligi va fermentativ faolligi ortadi. 
Ma'lumki hujayradagi barcha reaktsiyalar fermentlar tomonidan katalizlanadi. 
Muhandis enzimologning vazifasi-fermentlarning katalitik hususiyatidan foydalanib, 
biotehnologik 
jarayonlarda 
foydalanish 
mumkin 
bo'lgan 
biokatalizator 
konstruktsiyasini yaratish.
Ilmiy adabiyotlarda biotehnologik jarayonlarni turli nomlarini uchratish 
mumkin. Masalan, «Hujayra biotehnologiyasi», «Iqtisodiy mikrobiologiya», 
«Fermentatsiya va bioinjeneriya», «Sanoat mikrobiologiyasi», «Qishloq ho'jaligi 
biotehnologiyasi», «Biokimyoviy muhandislik» va h.k. Bundan tashqari har bir 
individual mahsulotning (hoh hayvon, hoh o'simlik, hoh mikrob hujayrasidan 
ajratilgan bo'lsin) biotehnologiyasi haqida alohida gapirish va yozish mumkin. Misol 
uchun,
Panax ginzeng
-jen'shen o'simligi, 
Rauwolfia serpentina
– ilonsimon 
rauvolfiya o'simligi, 
Actinomyces spp.
– aktinomitsetlar va h.k.
Shuning uchun biotehnologiyani tadqiqot ob'ektiga ko'ra turlarga ajratish 
maqsadga 
muvofiq 
bo'ladi; 
mikroorganizmlar 
biotehnologiyasi 
(mikrobiotehnologiya), o'simliklar biotehnologiyasi (fitobiotehnologiya), hayvonlar 
va odam biotehnologiyasi (zoobiotehnologiya).

Download 5,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish