Ikkilamchi emulgirlash. Bu yo’l bilan immobilizasiya qilganda, avvalo fermentni suvdagi eritmasini organik polimerdagi emulsiyasi tayyorlanadi. Tayyor emulsiyani yana bir bor suvda dispersiya qilinadi. Natijada, fermentni suvdagi eritmasini saqlagan organik moddani (polimerni) emulsiyasi hosil bo’ladi. Vaqt o’tishi bilan organik eritma qotadi, va immobillashgan ferment saqlovchi polimer zarrachalari hosil bo’ladi.
1972 yilda S.Mey va N.Li lar bu usulni modifikasiya qildilar va membrana hosil qiluvchi materialar sifatida suvda erimaydigan polimer o’rniga katta molekulyar massaga ega bo’lgan suyuq uglevodorodlardan foydalanishni tavsiya qildilar. Bu usul suyuq membranalarda immobilizasiya qilish deb ataldi. Bundan tashqari tolaga kiritish, liposomaga kiritish, mikroemulsiya hosil qilish kabi bir qator usullar mavjud.
Fermentlarni immobilizasiya qilishinig kimyoviy usullari
Kimyoviy usullarni boshqa usullardan asosiy farqi kimyoviy ta’sir natijasida ferment bilan tashuvchi orasida qo’shimcha kovalent bog’i paydo bo’ladi. Bu usulda immobilizasiya qilingan fermentlarni kamida ikkita ustunligi bor. Birinchidan, ferment va tashuvchi orasidagi kovalent bog’, hosil bo’lgan kon’yugatni yuqori mustaxkam qiladi. Boshqacha qilib aytganda ferment ishtirokida o’tadigan reaksiyalarni rN, harorati va boshqa ko’rsatkichlarini o’zgartirish, fermentni desorbsiyasiga, shu tufayli olinadigan maxsulotni ifloslanishiga olib kelmaydi.
Bu esa ayniqsa medisina, oziq-ovqat maxsulotlari, analitik ishlar uchun reaktivlar olishda o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchidan, kimyoviy modifikasiya fermentni faolligini va mo’tadilligini oshirishiga olib keladi. Faqatgina kimyoviy yo’l bilan, ko’p nuqtalik bog’lanishlar natijasida fermentni mo’tadilligini oshirish mumkin. Bu usulni kamchiligi, ba’zi-bir fermentlar kimyoviy modifikasiya jarayonida o’z faolligini yo’qotib qo’yadilar.
Nazorat savollari:
Fårmåntlàr qanday sinflàrgà bo’linàdi?
Glikozidàzàlàr haqida nimàlàrni bilàsiz?
Protåinàzàlàr haqida mà’lumot båring.
Fårmåntlàrning õàlq õo’jàligidàgi àhàmiyati nimàlàrdàn iboràt?
Fårmåntlàr produsåntlàrini o’stirish jàràyonigà àsosiy tà’sir etuvchi omillàr nimàlàrdàn iboràt? 7-mavzu. ÀMINOKISLOTÀ VA ORGANIK KISLOTALAR ISHLÀB CHIQÀRISH
Reja:
Aminokislotlar;
Lizin va glutamin kislota ishlab chiqarish;
Organik kislotalar olish; 4. Sirka kislota ishlab chiqarish; 5. Sut kislota ishlab chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |