quruq biomassaning yonishi natijasida hosil bo’ladigan energiya miqdoriga qaraganda, shu
biomassani mikroorganizmlar yordamida qayta ishlash oqibatida to’planadigan uglevodorodlar
va biogaz (metan) dan olinadigan energiya ancha samarador ekanligi barchaga ayon.
Metanli “bijg’ish”, yoki biometanogenez, - ya’ni biomassani
energiyaga aylanishi
anchagina ko’hna jarayondir. Bu jarayon 1776 yil Volt tomonidan ochilgan bo’lib, u botqoqdan
chiqadigan gaz tarkibida metan bor ekanligini kuzatgan edi. Bu jarayon natijasida hosil
bo’ladigan biogaz tarkibi 65% metan, 30% karbonat angidrid, 1%
serovadorod va juda kam
miqdorda kislorod, vodorod va uglerod zakisidan ( ikki valentli uglerod oksidi) tashkil topadi.
SHunday qilib, metanli bijg’ish XVIII asrning oxirlarida ochilgan bo’lib, ushbu
murakkab jarayonda bir qancha mikroorganizmlarning turlari ishtirok etadilar (ko’proq,
Methanobacterium va M.hungati). Biogaz olishda metan hosil qiluvchi ko’p komponentli
mikroblar assosiasiyasi talab qiladigan organik mahsulotlar aralashmasidan (somon,
qushlar va
hayvonlar iqindilari, suvo’tlari, sellyuloza saqlovchi biomassalar va h.k) foydalaniladi.
Biogaz allaqachon Xitoy, Hindiston va Fillipinda Fransiyada va boshqa mamlakatlarda
keng ishlab chiqarilmoqda. Metan faqatgina energiya ishlab chiqarish uchungina zarur emas.
Uning olinishi sanoat va qishloq xo’jaligi chiqindilarini qayta
ishlash va atrof muhit
muammolarini hal qilish bilan ham uzviy bog’liqdir. Hattoki, chiqindilardan metan olish
natijasida hosil bo’ladigan kuldan Isroillik olimlar V
12
vitaminini ajratib olishni ham yo’lga
qo’yganlar.
Tibbiyot uchun zarur bo’lgan bu vitamin metan hosil qiluvchi bakteriyalar tomonidan
sintez qilinadi.
Biomassani energiyaga aylantirishni boshqa yo’llari ham ma’lum.
Ulardan biri biomassa
tarkibidagi sellyulozani dastlab glyukozagacha parchalaydigan keyin esa uni spirtga aylantira
oladigan fermentlar va achitqilar yordamida amalga oshiriladi. Bugungi kunda bu jarayon sanoat
asosida yo’lga qo’yilgan. Gen va hujayra muxandisligi usullaridan foydalanib,
sellyulozani
yuqori tezlikda parchalovchi fermentlar sintez qiladigan zamburug’larni mutant shtammlari
yaratilgan. Biroq bunda katta muammo mavjud bo’lib, Gen muxandisligi usulida yaratilgan
yuqori darajada sellyuloza parchalovchi mikroorganizmlar atrof muhitga nazoratsiz tarqalganda
tabiatdagi o’simliklar olamiga hamda sellyuloza maxsulotlari saqlovchi
maxsulotlarga katta zarar
etkazishi mumkinligini e’tiborga olmoq zarur.
Etanol
- ekologik toza yoqilg’idir. Undan keyingi yillarda dvigatellarning harakatga
keltiruvchi ichki yonilg’isida ham foydalanilmoqda. Etanolning qo’llanilish yo’llari xilma-xildir
( 1 - rasm).
Sanoatda bir qator o’simliklardan, jumladan boshoqli o’simliklar (xususuan,
makkajo’xori), kartoshka, maniok, eryong’oq,
qand lavlagi, shakar kamish, tapinambur va
boshqalar etanol olish uchun samarali manba sifatida foydalanilib kelinmoqda ( 1 - jadval).
SHakar qamish va qand lavlagisi asosan uglevodorodlar, ko’proq
saxaroza zahirasi hisoblansa,
tapinamburda ko’proq inulin qolganlarida esa kraxmal ko’proq to’planadi.