Biosferada barqaroro hayotni saqlash muvozanati


HAYOTIY MUHITLAR EKOLOGIYASI



Download 46,28 Kb.
bet3/6
Sana25.06.2022
Hajmi46,28 Kb.
#701590
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BIOSFERADA BARQARORO HAYOTNI SAQLASH MUVOZANATI

HAYOTIY MUHITLAR EKOLOGIYASI
Uzoq evolutsion rivojlanish jarayonida tirik organizmlar ma'lum sharoitlarda yashashga moslashadi. Organizmning birinchi hayotiy muhiti suv sharoiti bo'ladi. Suvdan hayot kelib chiqqan. Bu Qur'oni karim oyatlaridan birida bundan 1350-yillar oldin qayd qilingan. Vaholanki, zamonaviy fan bu muammo bilan 1925-30-yillardan boshlabgina shug'ullangan xolos.
Suvda paydo bo'lgan organizmlar asta-sekin boshqa: yer-havo, tuproq muhitlariga moslasha boshlaydi. Buning natijasida yer ustida o'suvchi o'simliklar, yashaydigan hayvonlar kelib chiqadi.
Lekin ularning hayot-faoliyatlari suvga bogiiq bo'lib, ba'zi guruh o'simlik va hayvojilar faqat suv muhilida yashashga moslashib qoladi.
Organizmlarning tuzilishi va ichki funksiyalarining takomillashishi bilan ular tuproq muhitiga ham tarqala boshlaydi va bu muhitda yashaydigan maxsus majmuani hosil qiladi.
Hozirgi vaqtda Yer yuzasida 4ta hayotiy muhit ajratiladi, ya'ni: 1) Suv hayotiy muhiti; 2) Yer-havo hayotiy muhiti; 3) Tuproq hayotiy muhiti; 4) Tirik organizmlar hayotiy muhiti.
Suv hayotiy muhitining ekologiyasi. Ilmiy ma'lumotlarga qaraganda, bundan 3,4-5 mlrd. yillar avval hayot dunyo okeanida paydo bo'lgan. Hayotning birinchi qoldiqlari, bakteriyalar, ko'k yashil suvo'tlarining namunalari 3 mlrd. yildan ortiq yoshga ega bo'lgan geologik toshlarda saqlanib qolgan.
Suvda harorat, yorug'lik, erigan gaz va mineral mod-dalarning nisbiy doimiyligi o'simlik va hayvonlarning turli xillarining vujudga kelishiga sabab bo'ladi. Suv o'zining siqib, itarib chiqarish kuchi bilan organizmlarning yupqa, silliq va katta og'ir kitlar shakllarini yengil ushlab turadi.
Suvning ko'p xislatlaridan biri, uning zichligi bo'lib, u organizmlarning shakl va funksiyalarini to'la aniqlaydi. Suvning zichligi havo zichligidan 800 marta ortiq bo'lib, gaz, mineral moddalarni eritadi; suv organizmlar hayoti uchun zarur ozuqalar bilan ta'minlaydi; havo, undagi kislorod va is gazi, nafas olish, fotosinlez jarayoniga kerak bo'lib, ularda suvning xislatlari yo'qdir. Ma'lumki, suv muhitida bir hujayrali organizmlardan tortib, katta akulalar, kitlar, uzunligi 400 m keladigan suvo'tlari uchraydi va ular turlicha tarqalgan. Suv muhitida 150 mingdan ortiq hayvon turlari va 10 ming o'simlik turlari uchraydi. Bu ko'rsatkich Yer yuzasida uchraydigan hayvonlarning taxminan 7%, o'simliklarning esa 8% ini tashkil qiladi. Suvdagi organizmlarning soni ancha bo'lishiga qaramasdan Yer yuzida uchraydigan turlar miqdoridan ancha ozdir.
Tropik mintaqadagi dengiz va okeanlarning o'simlik, hayvonlar dunyosi har xil va boydir. Masalan, Hind okeanida 40000 taga yaqin hayvon turlari uchraydi. Yoki Tinch okeani dunyo okeanining 50% dan ortiq biomassasini beradi. Bu okeanda uchraydigan bir hujayrali plankton suvo'tlarning 1300 dan ortiq turlari uchrasa, suv tagiga birikib uchraydigan fitobentos turlaming soni 4000 taga boradi, yana 29 ta gulli o'simliklar vakili uchraydi. Ayrim suvo'tlarning uzunligi 400 m ga yetadi.
Tinch okeanida uchraydigan hayvonlar turlari boshqa okeanlarga qaraganda 3-4 barobar ko'pdir. Masalan, Indoneziya arxipelagi dengizlarida 2000 dan ortiq baliq turi mavjud, biroq shimoliy Oxot va Bering dengizlarida uchraydigan baliq turlari soni 200-300 dan ortmaydi. Yana bir misol, Tinch okeanining tropik mintaqasida 6000 dan ortiq molluska turlari uchrasa, shimoliy Barens dengizida bu hayvonning 200 ga yaqin turi uchraydi xolos. Tinch okeanining shimoliy qismida juda katta midiya, ustiritsalar mavjud. Ayrim, ikki chanoqli mol-luskalarning og'irligi 300 kg ga yetadi. Atlantik okeani fitoplanktonida 245, Shimoliy muz okeanida esa 200 plankton suvo'tlari, 150-200 turga yaqin zooplankton vakillari va 150 tagacha baliq turlari uchraydi xolos.
Dunyo okeanining 200 m chuqurlikdagi 7,6% maydonida, okeanda tirik organizmlar hosil qiladigan biomassaning 59%, chuqurligi 200-3000 m bo'lgan 17,2% maydonda 31,3% biomassa, okeanning chuqurligi 3 ming metrdan ortiq bo'lgan 75,9% maydonida hammasi bo'lib 9,5% biomassa hosil bo'ladi. Yer yuzasidagi tirik modda massasi 1*10'" t ga teng bo'lib, quruqlikdagi tirik modda okeandagiga nisbatan 750 marta ko'pdir.
Gidrosferaning ikki joyida hayotsiz biotoplar ham uchraydi. Jumladan, Qizil dengizning Atlantis cho'nqirligining 2000 m chuqurligida suvning harorati 56°C, sho'rligi 320%o bo'lib, suvda turli metall tuzlari haddan ziyod ko'pligidan bu yerdagi suv muhitida tirik jonzotlarning mutloq bo'lmasligiga olib kelgan.
Ikkinchi hayotsiz biotop Antarklidadagi San-xuan ko'li bo'lib, uning suvi hech qachon rauzlamaydi, sababi suvda kalsiy xlor (CaCln)ning 45% li eritmasi uchraydi. Bu eritma suvni bir xil holatda ushlaydi. Lekin bu muhitga birorta ham tirik jonzot yashashga moslashgan emas.

Download 46,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish