BIOSFERADA BARQARORO HAYOTNI SAQLASH MUVOZANATI
Atrof-muhitdagi ekologik turg'unlikning buzilishiga texnika vositalari ta'sir qiladi. Tabiatning asosi, hayot muhiti hisoblanmish tuproq, suv va havo bir-biri bilan chambarchas bogiangan, ya'ni suv tuproqsiz, tuproq suvsiz va ular havo-atmosferasiz tabiiy jarayonlarni o'ta olmaydi Tabiatning uch asosiy qismi o'rtasidagi abadiy bog'liqlik tuproq, yer-havo muhiti, suvaa uchraydigan tirik organizmlarga bevosita yoki bilvosit ta'sir qiladi.
Sayyoraning tirik organizmlar yashayotgan qismi -biosferada doim moddalar va energiya almashishi kuzatib turiladi.
Ishlab chiqarishdan chiqqan tabiatni ifloslovchi moddalar atrof-muhitga to'g'ridan-to'g'ri salbiy ta'sir qiladi. Ifloslovchi moddalar sun'iy bo'lib, ular sayyoraning biror-bir joyiga xos emas. Shuning uchun ham BMT da qabul qilinishicha, aniq joysiz, aniq vaqtsiz va aniq miqdorsiz moddalar ifloslovchi moddalar, deb aytiladi. Bu holat turli yo'llar - mexanik, kimyoviy, biologik va fizikaviy ifloslanish orqali bo'ladi.
1. Tabiatning mexanik ifloslanishida atmosferaga chang chiqishi, turli zaharli qattiq zarrachalar hamda ayrim predmetlarning tushishi tushuniladi. Masalan, kosmik apparatlar va raketalarning uchirilishi, ularning fazoda portlashi natijasida hozirgi kunda atmosferada 13000-14000 dan ortiq turli katta-kichiklikdagi metall parchalari, sun'iy yo'ldoshlar uchib yuribdi, ular kosmik apparatlar uchun juda xavflidir. Foydali yerlarda qurilgan va ularda yetishtirilgan sabzavot-poliz ekinlari (karam, pomidor, gul) dan keyin yerda polietilen parchalari qoladi. Ular tuproqda gaz va biologik modda almashinishini buzadi. Polietilen parchalari tuproqda ko'p yillar saqlanib qoladi.
2.Atrof-muhitning kimyoviy ifloslanishi bu turli gazsimon, suyuq va qattiq kimyoviy elementlar va birikmalarning tabiatga tashlanishi va ularga salbiy ta'sir o'tkazishdan iboratdir. Masalan, zavod va fabrikalar hamda avtotransportdan chiqayotgan zaharli gazsimon chiqindilar atmosfera havosini ifloslaydi. Turli kimyoviy birikmalar (gerbitsidlar, pestitsidlar va boshqalar)ning ekin maydonlarida ko'plab ishlatilishi natijasida (54-55 kg/ga; Ozarbayjonda 183 kg/ga) tuproq zaharlanib, undagi biologik foydali organizmlar yo'qolib, tuproq unumdorligi kamayib, yerdan olingan mahsulot esa ekologik toza emasligi aniqlandi (tarvuz, uzum, qovun, piyoz, sabzi, kartoshka, bodring va boshqalar).
O'zbekistonning paxta dalalariga o'rtacha 40-44 kg/gk zaharli pestitsidlar ishlatilgan; ularning 1 t (1990-yil hisobida)sing bahosi 11000 so'mdan 3 mln. so'mgacha turgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |