qanday joriy etiladi? – Davlatimiz rahbarining shu yil yil 5 yanvarda qabul qilingan farmoni bilan O’zbekiston Respublikasida pasport tizimi
to’g’risidagi Nizom va O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi bo’lmagan shaxslarining biometrik harakatlanish hujjati to’g’risidagi Nizom
tasdiqlandi. Ular biometrik pasport va harakatlanish hujjatlarini rasmiylashtirish, berish va almashtirish tartibini belgilaydi. Pasportlarni
almashtirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Birinchi bosqich, ya’ni 2011 yil davomida biometrik pasportlar mamlakatimiz vazirliklari,
idoralari va muassasalari xizmatchilariga, xorijga chiqayotgan yoki chet eldagi jismoniy shaxslarga, shuningdek, muayyan yoshga to’lgan yoki
qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa sabablarga ko’ra pasport olayotgan fuqarolarga beriladi. 2012-2015 yillarda esa O’zbekiston
Respublikasining boshqa fuqarolari ham qonunchilikda belgilangan tartibda yangi pasportlarga ega bo’ladi. Amaldagi pasportlar esa butun
pasportlarni almashtirish davrida, ya’ni 2015 yil oxirigacha haqiqiy hisoblanadi. Yangi Nizomga binoan mamlakatimiz hududida ham, uning
tashqarisida ham yashayotgan 16 yoshga to’lgan O’zbekiston Respublikasi fuqarolari pasportga ega bo’lishi shart. IKAO tavsiyalari inobatga
olingan holda, fuqaro pasporti 10 yil muddatga beriladi. Bundan tashqari, mamlakatimizdan chet davlatlarga chiqmoqchi bo’lgan 16 yoshgacha
bolalarga pasportlar 5 yilgacha bo’lgan muddatga beriladi. Ayrim hollarda xorijga chiqayotgan paytda 15 yoshdan oshgan, ammo 16 yoshga
to’lmagan shaxslarga ham O’zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti berilishi mumkin. Bu, o’z navbatida, bola chet elda paytida uning huquqlari
davlatimiz tomonidan himoyalanishi kafolatini oshiradi. Jahon amaliyotini hisobga olgan holda, O’zbekistonda muntazam yashayotgan, fuqaroligi
bo’lmagan va mamlakatimizdan ketmoqchi bo’layotgan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjati 5 yil muddatga beriladi. Ularning farzandlariga
ham mamlakatimizdan chiqish paytida shunday hujjat beriladi. – Yangi pasportlarni olish tartibi qanday? – Fuqarolar biometrik pasport olish
uchun o’zlari doimiy yashab kelayotgan joydagi hujjatlarni yig’ish punktlariga, ya’ni ichki ishlar organlarining xorijga chiqish, kelish va fuqarolikni
rasmiylashtirish bo’linmalariga murojaat qilishlari mumkin. Ular buning uchun Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan maxsus shakldagi
anketa-arizani to’ldirishi va unga shaxsini tasdiqlovchi tegishli hujjat – amaldagi pasporti yoki birinchi marta olayotganlar tug’ilganligi haqida
guvohnomani ilova qilishi kerak. Biografik va biometrik ma’lumotlarni hujjatlarni yig’ish punktida ishlaydigan operator to’playdi, bunda
fuqaroning barmoqlari izi olinadi va raqamli fotosuratga tushiriladi. Ushbu barcha ma’lumotlar asosida elektron ariza tayyorlanib, maxsus
elektron tarmoq orqali O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga yuboriladi. Bu yerda
jo’natilgan elektron arizalardan kelib chiqib, hujjatlar grafik va elektron personallashtiriladi, ya’ni biografik ma’lumotlar pasportni vizual
tekshirish zonasiga, biografik va biometrik axborot esa chipga kiritiladi. Ta’kidlash kerakki, biometrik pasportlar eng zamonaviy axborot
texnologiyalari asosida tayyorlanadi va barcha xalqaro standartlarga to’liq javob beradi. To’ldirilgan hujjatlar hududiy yig’ish punktlariga maxsus
pochta vositalari orqali yetkaziladi. Pasport faqat verifikatsiya jarayoni, ya’ni egasining biometrik parametrlari hujjatga tushirilgan ma’lumotlarga
mosligi kompyuterda tekshirilgandan so’nggina beriladi. – Yangi namunadagi pasport amaldagi pasportdan elektron chipdan tashqari
Do'stlaringiz bilan baham: |