yana nimasi bilan farq qiladi, unga qanday belgilar kiritiladi? – Biometrik ma’lumotli pasportlar IKAO tavsiyalariga muvofiq belgilangan
namunalar bo’yicha tayyorlanadi va lotin grafikasidan foydalangan holda o’zbek va ingliz tilida, Qoraqalpog’iston
Respublikasi aholisi uchun
qoraqalpoq, o’zbek hamda ingliz tillarida personallashtiriladi. Unga bazaviy ma’lumotlardan tashqari qator qaydlar kiritiladi. Egasining harbiy
xizmatga majburligi, nikohning ro’yxatga
olingani yoki bekor qilingani, ro’yxatga qo’yilgani yoki chiqqani haqidagi qaydlar, chet elga chiqishga,
O’zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan o’tishga
ruxsat beruvchi qaydlar, 16 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun ularga hamrohlik qiluvchi
shaxslar haqidagi ma’lumotlar shular jumlasidan. Pasport sahifalari hozirgiga qaraganda ko’p bo’lib, ularga mamlakatdan chiqish va xorijiy
davlatlarga kirish uchun ruxsat beruvchi viza qaydlari qo’yiladi.
Bundan tashqari, yangi pasportdagi fotosurat endi yopishtiriladigan emas, balki
bosma bo’ladi, bu uning qalbakilashtirishdan himoyalash darajasini oshiradi.
– Aholini biometrik pasportlashtirishni amalga oshirish uchun
hujjatlarni yig’ish punktlarini jihozlash va mutaxassislarni tayyorlash qanday tashkil etilgan? – Ichki ishlar
organlarining xorijga chiqish,
kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’yicha barcha hududiy bo’linmalari biometrik ma’lumotlarni yig’ish va ularga elektron ishlov berish uchun
maxsus moslamalar bilan jihozlanadi va bu ishlar boshlangan. Buning uchun alohida binolar tayyorlandi. Har bir hujjatlarni yig’ish punkti aloqa va
ma’lumotlarni uzatish vositalari bilan ta’minlandi. Ayni paytda biometrik pasport tizimini joriy qilishga jalb qilinadigan mutaxassislar o’qitilmoqda.
Markazimiz tomonidan ishlab chiqilgan slaydli o’quv materiallari yordamida mamlakatimizning barcha hududlarida o’quv seminarlari o’tkazildi.
Endi navbat amaliy ko’nikmalarga.
Buning uchun, masalan, Toshkent shahrining Mirzo Ulug’bek tumani ichki ishlar bo’limining xorijga chiqish,
kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmasida hujjatlarni yig’ish bo’yicha o’quv punkti jihozlangan bo’lib, bu yerda har kuni biometrik
pasportlashtirish bilan shug’ullanadigan operatorlar tayyorgarlikdan o’tmoqda. Yaqin vaqt ichida bunday punktlar
barcha viloyatlarda tashkil
etiladi. Shunday qilib, O’zbekistonda biometrik pasportlashtirish tizimini joriy qilish ishlari Prezidentimiz farmoni va ushbu farmon bilan
tasdiqlangan Nizomlarga muvofiq izchil amalga oshirilmoqda.
O’zA, A.Ivanova
19.01.2011 09:53
da elon qilingan, marta korib chiqildi