Biologiyada darsdan tashqari ishlarni dars bilan bog`lash afzalliklari. Allanazarova Hulkar



Download 18,09 Kb.
Sana23.07.2022
Hajmi18,09 Kb.
#843369
Bog'liq
Biologiyada darsdan tashqari ishlarni dars bilan bog


Biologiyada darsdan tashqari ishlarni dars bilan bog`lash afzalliklari.
Allanazarova Hulkar
Toshkent viloyati Yangiyo’l tumani
6-umumta’lim maktabi biologiya fani o’qituvchisi
Annotatsiya: Maqoladan maqsad Biologiya fanini o’qitishda o’quvchilarning darsdan tashqari ishlarini tajriba va kuzatish bilan bog`lash va uning samaradorligini oshirish.
Kalit so’zlar: kuzatuvchanlik, biologik eksperiment, texnik vositalar, Biologik jarayonlar, ekologik va estetik tafakkur.
Hozirgi davrda Markaziy Osiyo davlatlarida jamiyatning yashash va faoliyat ko’rsatish uslubini tubdan o’zgartirish, milliy va demokratik jamiyat barpo etish jarayoni sodir bo’lmoqda. Shu bois, shaxsning shakllanishi, uning milliy o’zligini anglash muammosi o’ta dolzarb bo’lib qolmoqda. Yosh avlodga ta`lim-tarbiya berish berish jarayonini takomillashtirish uchun umumjahon pedagogikasida erishilgan yutuqlar bilan birgalikda milliy pedagogikamizning o’ziga xos jihatlarini
ham asos qilib olish zarur.
Shu asnoda, oliy darajadagi qadriyatlarimiz bo’lmish Sharq mutafakkirlarining ta`lim-tarbiya metodlaridan ijodiy tarzda foydalanishimiz zaruriyati tug’ilmoqda. Sharq qomusiy olimlari pedagogika muammolariga, ta`lim-tarbiyaning maqsadi, mazmuni, shakl va uslublariga doimo jiddiy e`tibor bilan qaraganlar. Ular har qanday shaxsning aqliy mehnat jarayonida shakllanishiga qat`iy ishonganlar.
Masalan, Al-Kindiyning fanlar klassifikatsiyasiga muvofiq ta`limda muntazamlik va muammolilik doimiy etakchi bo’lishi shartligi ta`kidlanadi.
Farobiyning ilmiy ishlari mantiqidan ta`lim ommaviy va umumiy xarakterda, barcha uchun majburiy bo’lishi zarurligi anglashiladi. Beruniy esa ta`limning muhim masalasi – ta`lim jarayonida bolalarni amaliyotda sinalgan ishonchli dalillar bilan qurollatirishdir, deb hisoblaydi. Uning ta`kidlashicha, ta`lim ko’rsatmali, maqsadli, muayyan tartibga asoslangan bo’lmog`i lozim va ko’rsatmalilik ta`limni aniq, yorqin va qiziqarli qiladi, kuzatuvchanlik va fikrlash, mushohada yuritishni o’stiradi.
Ibn Sinoning ta`kidlashicha, inson narsa va hodisalarning tashqi jihatlarini, ko’rinishini o’rganib, uni yanada chuqurroq bilishga intiladi. Narsalarning aslini yoki ularning suratini ko’rish orqali kishida ular haqida ma`lum bir tasavvur hosil bo’ladi, deb o’z fikrini bayon qilgan edi.
Mutafakkirlarning fikricha, har qanday pedagogik jarayon o’quvchilarning
ongli faoliyatini, ularning mantiqiy mushohada yuritishini faollashtiruvga yo’naltirilgandir. Chunki anglashilmagan hodisalar anglashilgan hodisalar orqali tushuniladi, tajriba asosida esa yangilik o’zlashtiriladi.
A. Tolipovning ilmiy tadqiqot ishi o’rta maktab biologiya kursini o’qishda
biologik eksperiment va tasvirli ko’rgazmali qurollarning ahamiyati xususida bo’lib, biologiya o’qitish jarayonida ma`lum mavzu yuzasidan yoki ma`lum bob tugagandan keyin o’tkaziladigan biologik eksperiment va tasvirli ko’rgazmali vositalar o’quvchilarning biologik tushunchalarni oson o’zlashtirib olish imkoniyatini yaratishi qayd etilgan.
A.V. Gottning «Texnik vositalardan foydalanib o’tkaziladigan darsdan tashqari mashg`ulotlarning o’quv-tarbiya jarayonidagi roli» nomli dissertatsiyasida darsdan tashqari mashg`ulotlarning mazmuni va shakllari xususida ma`lumot berilib, darsdan tashqari mashg`ulotlarni tashkil etish yo’llari ta`kidlanadi. Darsdan tashqari mashg`ulotlarda texnik vositalardan oqilona, o’z o’rnida va to’g`ri foydalanish o’quvchilarning ta`lim olishlari bilan birga tarbiyaviy tomonlardan ham juda yaxshi yordam berishi ilmiy asosda ochib berilgan.
Biologiya o’qitishda darsdan tashqari mashg`ulotlarni sinf darslari bilan bog`lashning maqsad va mazmuni, asosan quyidagilardan iborat bo’lishi lozim:
1. O’quvchilar ongida modda va uning tuzilishi, xossalari, olinishi va ishlatilishiga mansub bo’lgan biologik tasavvur va tushunchalarni shakllantirish orqali ularning tabiiy-ilmiy va biologik bilim olishlarini ta`minlash.
2. Biologik jarayonlar va ularning sodir bo’lish qonuniyatlarini o’quvchilar ongiga singdirish.
3. O’quv ko’nikma va malakalar hosil qilish orqali biologiya eksperimenti texnikasi va metodikasini egallashlariga erishi.
4. O’quvchilarda ekologik va estetik tafakkurni shakllantirish.
5. Vatanga, jamiyatga, tabiatga va biologiya faniga bo’lgan g`oyaviy e`tiqodni rivojlantirish.
Biologiya bo’yicha darsdan tashqari ishlarning maqsadi va vazifasi umummaktab ta`lim-tarbiya ishlarining maqsadi va vazifalari asosida belgilanadi. Biologiya bo’yicha darsdan tashqari ishlarni sistemali va izchil tashkil qilib borish, o’quvchilarning sinfda olgan bilimlari bilan darsdan tashqari ishlarni mazmunan bog`lab borish natijasida o’quvchilarning puxta bilim olishlari, ular amaliy faoliyatlarining rivojlanishi ta`minlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. G’ofurov A.T., Tolipova J. Umumiy biologiya kursini o’qitishda ta`lim

mazmuni, usullari va shakllarini takomillashtirish. Ilmiy maqolalar to’plami. Nizomiy nomli Tosh. DPI.-Toshkent, 1992
2. Tolipova J.O. G’afurov. A.T. Biologiya ta’lim texnologiyalari. T.O’qituvchi.2002 y.
Download 18,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish