4. Suvda eriydigan vitaminlar metabolizmi va biologik funktsiyalari.
B1 vitamini
Vitamin В1(tiamin, antinevrit) 1912 yilda K.Funk tomonidan kristall holatda ajratilgan birinchi vitamindir. Keyinchalik u kimyoviy yo’l bilan sintezlangan. Vitamin B1molekulasida aminogruppa bilan oltingugurt saqlagani uchun tiamin deb nomlangan. Uning molekulasida pirimidin va tiazol halqalari metilen bog’i yordamida bog’langan. Tabiatda tarqalishi va sutkalik ehtiyoji: xamirturush, qora non, guruch, no’xat, loviya kepagi, jigar, buyrak, miyada ko’p saqlanadi. Sutkalik me’yori 1,2 - 2,2 mg.
Do'stlaringiz bilan baham: |