B6vitamini
Vitamin B6(piridoksin, antidermatit) 1934-yilda P. Derdi tomonidan ochilgan. U 3-oksipiridin, xususan 2-metil-3-oksi-4,5-dioksimetilpiridin unumi hisoblanadi. Vitamin faolligiga 3-oksipiridinning uchta unumi ega: piridoksin (piridoksol), piridoksal va piridoksamin. Kofermentlik funktsiyasini piridoksal-5-fosfat bajaradi. U oksidoreduktaza, transferaza, gidrolaza, liaza va izomerazalar tarkibiga kiradi .
B12 vitaminiVitamin B12(kobalamin, antianemik vitamin) 1948-yiIda jigardan kristall holda ajratilgan. 1955-yilda D. Xodjkin uning strukturasini aniqlagan.
Vitamin Bl2so’rilishi uchun ichki omil (Kastl omili) kerak. Kobalaminlar so’rilishi quyidagicha kechadi: a) Vitamin B!2va ichki omil bilan kompleks hosil bo’lishi; b) bu kompleksni Ca ionlari ishtirokida shilliq qavatning epiteliysi membrana retseptorlaribilan birikishi; d) endotsitoz yo’li bilan uni transporti; e) qopqa venasida kompleksni gidrolizlanishi. Jigar va buyrakda vitamin B12faol shakli hosil bo’ladi va to’qimalarga tarqaladi.
Ferment sistemalarda erkinvitamin B12emas, balki B12kofermentlar prostetik guruh sifatida qatnashadilar: metilkobalamin (metil-B12) va dezoksiadenozilkobalamin (DA-B12). Vitamin B12koferment sifatida transmetillanish va izomerlanish reaktsiyalarida qatnashadi. Metil-B12 gomotsisteinmetiltransferazaning kofermeriti hisoblanadi va N5-metiI-TGFKbilan birgalikda metil guruhni gomotsisteinga ko’chirilishi hamda metionin hosil bo’lishida ishtirok etadi. Bu jarayonda kobalamin TGFK bilan sinergist ta’sir etadi.
DA-B2metilmalonil-KoA-mutaza fermentining kofermenti hisoblanadi va metilmalonil-KoA suktsil-KoA aylantiradi. Bu jarayon Krebs halqasida propionil-KoA qoldiqlarini yonishini ta’minlaydi. Propionil kislota qoldiqlari toq uglerod atomli yog’ kislotalar oksidlanishi, xolesterinni yon zanjirlarini oksidlanishi va ba’zi aminokislotalarning (metionin, izoleytsin, treonin, valin) uglerodli radikallarini hamda timinnioksidlanishida hosil bo’ladi. Kobalamin folat kislotasi kofermentli hosilalarini hosil bo’lishi va zahiralanishini ta’minlaydi. DNK sintezi va qon hujayralari yetilishi shu yo’sinda proliferatsiyasida ishtirok etadi. Vitamin B12yetishmaganda mikrotsitar, megaloblastik anemiya rivojlanadi.
Nerv sistemasi faoliyatining buzilishi va oshqozonning shira kislotaligi keskin pasayadi. Oshqozon shirasi tarkibidagi gastromukoprotein (transkorrin, Kastl omili) bilan vitamin B12bog’lanib, yangi murakkab kompleks hosil qiladi va ichak orqali so’riladi.Mikroorganizmlar vitamin B12ni sintezlaydi. Asosiy manbalar -go’sht, mol jigari, buyrak, baliq, sut, tuxum. Sutkalik me’yori - 0,003 mg.
Do'stlaringiz bilan baham: |