Biologiya o`qitish metodikasi” kafedrasi botanika (o`simliklar sistematikasi) fanidan


-rasm: K. Linneyning (1738y) “O`simliklarni sinfi” asari



Download 26,64 Mb.
bet4/147
Sana11.06.2022
Hajmi26,64 Mb.
#655718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
Bog'liq
2019-2020 SIRTQI Majmua 2 kurs Botanika

1.1-rasm: K. Linneyning (1738y) “O`simliklarni sinfi” asari;


K. Linney shuningdek binar (qo`sh) nomenklaturaga asos soldi. Bunga asosan, o`simliklarning har bir turi ikkita so`z bilan nomlanadi, birinchi so`z o`simlikning turkumga mansubligini bildirsa, birinchi va ikkinchi so`z birgalida tur nomini bildiradi.
Turkum va tur lotin tilida yoziladi va ulardan keyin o`simlikni tariflagan muallifning nomi qisqartirib yoziladi. Osiyo yalpizi- Mentha asiatica. Linney 116 qabila 1000dan ortiq turkumga mansub bo`lgan 10.000 ga yaqin turlarni nomlagan.
K. Linney sistemasi o`z davri uchun qanchalik afzal bo`lmasin, bu sistema ham suiiy sistema edi. CHunki bu sistemada o`simliklarning sun`iy ravishda olingan belgilari asos qilib olingan edi. Linneyning o`zi ham bu sistemaning sun`iyligini so`ngida tan oladi va tabiiy sistema tuzish niyatida ekanligini aytadi.
2.Tuban va yuksak o`simliklar haqida umumiy tushuncha.
Yer yuzasidagi barcha o`simliklar shartli ikki guruhga bo`linadi:
Tuban o`simliklar (Thallobionta) va Yuksak o`simliklar (Kormobionta).
Tuban o`simliklar tuzilishi jihatdan sodda bo`lib, tanasi tallom, deb atalib, bir hujayrali, koloniya yoki ko`p hujayrali bo`lishi mumkin. Barg, poya, ildiz kabi qismlarga ega emas. Shuningdek, ma`lum vazifani bajarishga moslashgan to`qimalarga ham ega emas. Ba`zi bir tuban o`simliklar mikroskopik bo`lsa, ba`zilarning tallomi esa 40m. gacha kattalikda bo`lishi mumkin.
Tuban o`simliklar quyidagi bo`limlarga bo`linadi:

  1. Bakteriyalar (Vasteriophyta)

  2. Ko`k - Yashil suvo`tlar (Suanophua)

  3. Yashil suvo`tlar (Shlorophyta)

  4. Sariq - Yashil suvo`tlar (Xanthophyta)

  5. Xara suvo`tlar (Sharophyta)

  6. Pirrofit suvo`tlar (Rurrophyta)

  7. Tillarang suvo`tlar (Shrysopphyta)

  8. Diatom suvo`tlar (Vasillariophyta) (Diatomophyta)

  9. Qo`ngir suvo`tlar (Rhaeophyta)

  10. Qizil suvo`tlar (Khodophyta)

11. Miksomitsetlar yoki shilimshiqlar (Myxophyta)
12. Zamburug`lar (Mucorhyta, Funge, Muocota)
13. Lishayniklar (Lechenes)
Tuban o`simliklardan suv o`tlarida xlorofill bo`lib, shunga ko`ra ular yorug`likda CO2 karbonat angidridni o`zlashtirib mustaqil ravishda oziqlanadi.
Tuban o`simliklarning - bakteriyalar, miksomitsetlar va zambrug`lar bo`limi vakillarida xlorofil bo`lmaydi, ular fotosintez qilish xususiyatiga ega emas, ular saprofit yoki parazit holida tayyor organik modda hisobiga yashaydi.
Tuban o`simliklar kelib chiqishi jihatidan sodda tuzilgan organizmlar bo`lib, ularning tanasi organ (ildiz, poya, barg) larga ajralmagan va haqiqiy to`qimalari bo`lmaydi yoki to`qimaga o`xshash tuzilmalari bo`lgan taqdirda ham (masalan, ko`pchilik qo`ng`ir, qizil suvotlarida) ular kelib chiqishi jihatidan haqiqiy hisoblanmaydi. Chunki ular yuksak o`simliklarnikiga o`xshash maxsus hosil qiluvchi to`qimaning mahsuloti bo`lmasdan, tarkibidagi deyarli barcha hujayralarning bo`linib ko`payishidan yuzaga keladi. Shuning uchun ham ular soxta to `qima hisoblanadi. Ularning tanasi qattana yoki tallom deb ataladi. Hozir 200 mingdan ortiq turi aniqlangan (ko`pi suvda). Shundan 3000 dan ortiq tur va shakillari O`zbekistonda tarqalgan.
Yuksak o`simliklar barg, poyali o`simliklar yoki kormofitlar deb ataladi. Yuksak o`simliklar maxsus, ma`lum vazifalarni ba-jarishga moslashgan turlb to`qimalarga (o`tkazuvchi, mexanik, hosil qiluvchi va boshqalar) va haqiqiy ildiz, poyalarga ega.
Yuksak o`simliklar quyidagi bo`limlarga bo`linadi.

  1. Moxlar bo`limi;

  2. Rinofitlar (psilofitlar) bo`limi (Rhyniorhyta)

  3. Plaunlar bo`limi (Lycopodiophyta)

  4. Qirqbo`g`imlilar bo`limi (Euisetophyta)

  5. Poporotniklar yoki qirqquloqlar bo`limi (Rteriophyta)

  6. Ochiq urug`lilar yoki qarag`aylar bo`limi (Sumnospermfs, Rinophyta)

  7. Gulli o`simliklar yoki magnoliofitlar bo`limi (Anthophyta yoki Magnoliophyta).




Download 26,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish