Nazorat savollari:
1.Yuksak o`simliklarning umumiy ta`rifi?
2. Yuksak o`simliklar klassifikasiyasi?
4. Riniyatoifa o`simliklar bo`limiga umumiy tavsif bering?
5. Plauntоifa bo`limiga umumiy ta`rifi?
6. Plauntоifa bo`limi klassifikatsiyasi?
7. Qirqbo`g`imlilarga umumiy ta`rif bering?
8. Qirgbo`g`inning ahamiyati?
9. Paparotniksimonlar bo`limi nechta sinfga bo`linadi?
10. Qirqquloqtoifa bo`limiga umumiy tavsif?
11 Qirqqulоqtоifa bo`limi klassifikasiyasi, ekоlоgiyasi?
2 Mavzu: Оchiq urug`lilar yoki Qarag`aytоifa bo`limi (Pinophyta yoki Gymnospermae). Magnоliyatoifa bo`limi (Magholiopyta). Ayiqtovonkabilar kichik ajdodi (Ranunculidae); Ra`nokabilar sinfchasi.
Reja:
1. Оchiq urug`lilar yoki Qarag`aytоfa bo`limiga umumiy tavsif, ularning tuzilishidagi хaraktеrli bеlgilari, rivоjlanish sikli va klassifikatsiyasi.
2. Magnоliyatoifa bo`limi (Magholiopyta).ga umumiy tavsif, ularning klassifikatsiyasi.
3. Ayiqtovonkabilar kichik ajdodi (Ranunculidae) va Ra`nokabilar sinfchasining umumiy tavsifi.
Tayanch so`zlar: ochiq urug`lilar, qubba, strobill, sagovnik, bennettit, ginkgo, ochiq urug`lilar, qubba, strobill, qarag`ay, efidra, archa, velvichia. magnoliya, lola daraxti, ayiqtovon, na`matak, tobulg`i, olxo`ri, maymunjon, irg`ay, kamxastak.
Qarag`aytoifa (ochiq urug`li) o`simliklar bo`limi — Pinophyta Ochiq urug`li o`simliklar devon davrida paydo bo`lgan yuksak o`simliklanning eng qadimgi guruhlaridan bo`Iib, ular paleozoy va mezozoy eralarida keng rivojlangan. Ular asosan Shimoliy yarimsharda tarqalgan. Yer yuzida qarag`aytoifa o`simliklarning 700 ga yaqin turi borligi aniqlangan. Bular uchun xaraktcrli belgilardan biri urug hosil qilishidir. Urug`ning ozi urug`kurtakdan hosil bo`ladi. Urug`kurtak esa shakli o`zgargan mcgasporangiydir. U megasporofilda ochiq holda o`rnashgan. Magnoliyatoifa o`simliklarda esa urug`kurtak urugchi tugunchasi ning ichida joylasligan. Evolutsiya jarayonida mcgasporangiy urug` kurtakka, mikrosporangiy changdonga, mikrosporalar esa changga aylangan. Bu jihatdan qaraganda qarag`aytoifa o`simliklar han xil sporali o `simliklar hisoblanadi. Qarag` aytoifalar hayotiy shakli jihatidan daraxt, buta va ayrim lianalardan iborat. Monopodial tipda shoxlangan bu o`simliklarning ildiz sistemasi yaxshi taraqqiy etgan.
Qarag`aytoifalarga xos xususiyatlardan yana biri ularda qubbalanning bo`lishidir. Qubbalar o`q, poya, qoplagich va tangacha bargchalardan tashkil topgan. Tangacha barglar qoltig`ida urug`kurtak yoki changdonlar joylashgan. Shunga ko`ra ulan changdonli va urug`kurtakli qubbalarga ajratiladi. Hozirgi klassifikatsiyalan bo`yicha qarag`aytoifalar 6 ta ajdodga bo`linadi:
1. Urug`li qirqquloqsimonlar — Pteridospermae
2. Sagovniksimonlar – Cycadopsida;
3. Bennettitsimonlar – Bennettitopsida
4. Gnetumsimonlar – Gnetopsida;
5. Ginkgosimonlar — Ginkgoopsida
6. Qarag`aysimonlar — Pinopsida.
Yuqoridagi 6 ta ajdoddan bininchi va uchinchi ajdodlarining vakillari faqat qazilma holda uchraydi. Qolgan ajdodlarning vakillari esa Yer yuzasida ancha keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |