2.3 rasm:Selaginellaning umumiy ko`rinishi;
Ko`pchilik turlarida makro va mikrosporangiylar bitta boshoqda joylashadi. Mikrosporalar pishib yetilgandan so`ng ulardan anteridiyli garnetofit, makrosporadan esa arxegoniyii gametofit taraqqiy etadi. Arxegoniyli gametofitning ustki qismida bir nechta arxegoniy hosil bo`lib, uning bo`yin qismi orqali anteridiyli gametofitning anteridiysidan hosil bo`lgan spermatozoidlar suv yordamida suzib kiradi va uning qorincha qismidagi tuxum hujayrasini urug`lantiradi. Urug`langan tuxum hujayra ko`ndaiangiga bo`iinib, uning ostki hujayrasidan murtak taraqqiy etadi. Murtakda poyacha, bargcha, bandcha va rizoforalar hosil bo`ladi. Murtakdan qulay sharoitda yangi yosh selaginella o`sadi.
rasm:Selaginellada mikro va makrosporasining tuzilishi;
Ayrim adabiyotlarda bu bo`lim bo`g`imlilar deb yuritilgan. Bunga sabab sporali yuksak o`simliklar orasida sporali poyasining bo`gim va bo`g`im oraliqlariga aniq ajralganligi hamda barglarning halqasimon joylashganligidir. Qirqbo`g`imlarning ko`pchiiik turlari bizgacha yetib kelmagan. Hozirgi turlari yer ostida gorizontal va vertikal o`suvchi ildizpoya hosil qiladi. Barglari juda kichik, ular yon novdalari (telom)ning o`zgarishidan kelib chiqqan.
Plaunsimonlar singari qirqbo`g`imsimonlarning ham hozirgi barcha turlari o`t o`simliklar. Daraxtsimon vakilari esa bizgacha yetib kelmagan. Ularning balandligi 15 metrgacha va eni 0,5 m gacha yetgan. Qirqbo `g` imlarriing o `tkazuvchi bog`lamlari kollateral tipda. Ksilemasining o`tkazuvchi elementlari turli tipdagi traxeidlardan tashkil topgan. Floemasi to`rsirnon naylar va parenxima hujayralardan iborat. Sporoflulari poyaning spora hosil qiluvchi zonasida vegetativ barglar bilan navbatlashib yoki poyaning uchida faqat sporofillardan iborat holda yoki steril barglar bilan aralash holda spora boshoqlari (strobil)da halqasimon joylashgan.
Qirqbо‘g‘imtoifa (Equisetophyta) va Qirqquloqtoifa (Polypodiophyta) bо‘limlari.
Ko`pchilik qirqbo`g`imlar teng sporali o`simliklar hisobianadi. Faqatgina qazilma vakillari orasida har xil sporalilar bo`lgan. Qirqbo`g`imtoifa o`simliklar devon davrida (415—370 mm. yil oldin) kelib chiqqan. Ular toshko`mir davrida yaxshi taraqqiy etgan. Trias davriga kelib daraxtsimon vakillari qirila boshlagan, faqat qirqbo`g`im turkumining ko`p yillik turlarigina saqlanib qolgan.
Bu bo`lim bittadan qabila, oila, turkum va 30 ta turni o`z ichiga oladi.
Qirqbo`g`imnamolar (Equisetaies) qabilasi yagona qirqbo`g`imdoshlar (Equisetaceae) oilasi va qirqbo`g`im (Equisetum) turkumidan iborat. Ayrirn adabiyotlarda mezozoy erasida qirilib ketgan ekvizetitcs (Equisetites) turkumi ham shu oiiaga kiritilgan. Toshko`mir davrlarida
3 rasm:Qazilma holda topilgan qirqbo`g`imlilar;
Yer sharida yashnab o`sgan qirqbo`g`imnamolardan bizning davrimizgacha faqat bitta turkum vakillari saqlanib qolgan. Bu turkum vakillari Avstraiiya, Yangi Zelandiya va tropik Afrikadan tashqari boshqa joylarda uchraydi. O`zbekistonda ikkita turi o`sadi.
Dala qirqbo`g`imi ko`p yillik o`t o`simlik. U daryo yoqalarida, ariq bo`ylarida, ba`zan esa ekin maydonlarida begona o`t sifatida o`sadi. Iidizpoyasi yer ostida 1 m gacha chuqunlikda joylashgan. Ildizpoyasi bo`g`imlarga bo`lingan bo`iib, har qaysi bo`g`imdan ildizlar taraqqiy etadi. Ildizpoyadan tugunaklar ham hosil bo`lib, unda oziqa modda to`planadi va vegetativ ko`payish vazifasini bajaradi. Yer usti poyasi har xii. Erta bahorda shoxlanmagan qo`ng`ir rangli generativ poyasi o`sib chiqadi. Bu poya spora hosil qiigandan so`ng o`z vegetatsiyasini tugatadi. Ikkinchisi yoz oylarida chiquvchi yashil, sershoh vegetativ poya. Har ikkala poya ham ko`p qirrali va poyasining ichi bo`sh bo`ladi. Barglari poya bo`g`imianida halqasimon joylashgan, juda mayda, asosidan qo`shiiib o`sgan, xlorofilsiz. Shuning uchun barg vazifasini yashil novdalari bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |