2.2 rasm: Plaunning umumiy ko`rinishi;
Yotib o`suvchi cho`qmoqli plaun esa poyasi yordamida vegetativ yo`1 bilan ko`payadi. Plaunlarda jinssiz ko`payish sporalar yordamida boradi. Yozning o`rtalarida spora boshoqlari shoxlarining uchlarida hosil bb`ladi. Spora boshoqlarida sporofitlar zich o`rnashgan. Sporofillarda sporangiy va arxesporial hujayralar joylashgan. Arxesporalar hujayralarining bo`linishidan sporaning ona hujayrasi, ona hujayrasining reduksion bo`iinishidan esa tetraspora hosil bo`ladi. Spora ichida sitoplazma, yadro, piastidalar va moy tomchilari mavjud. Sporalar yerga to`kiigandan so`ng suv yordamida tuproqning yoriqlariga tushadi va undan gametofit hosil bo`ladi. Gametofit 2 jinsli, unda anteridiy va arxegoniylar vujudga keladi. Anteridiylarda hosil bo`lgan 2 xivchinii spermatozoidlar suv yordamida suzib keiib, arxegoniyning bo`yin qismi orqali uning qorinchasiga o`tadi va tuxum hujayrani urug`lantiradi, natijada zigota hosil bo`ladi. Zigota hujayralari bo`linishi natijasida murtak taraqqiy etadi. Murtakdan esa yangi yosh piaunning ildizi, poyasi, barglari o`sib chiqadi.
Ularni mol yemaydi. Ulardan tibbiyotda va veterinariyada hamda bo`yoqlar olishda foydalaniladi.
Selaginellanamolar qabi1asi — Selaginellales Mazkur qabila bitta Selaginelladoshlar oilasi va bitta selaginella turkumiga mansub 700 ga yaqin turni oladi. Turkum turlari asosan tropik va subtropik zonalarda tarqalgan. Ularning ayrim turlari Yevrosiyoning rno`tadil iqlimli tog`li hududlarida, Shimoliy Amerikada tarqalgan. Turkum vakillarining ko`pchiligi yotib o`suvchi yoki lianalar bo`lib, 50 ga yaqin turlari tik o`sadi. Ayrim lianalar poyasining uzunligi 18—20 m ga yetadi. Biroq 5—10 sm uzunlikka ega bo`lgan tashqi ko`rinishi moxlarga o`xshash vakillari ham rnavjud. Poyasi tikka o`suvchi vakillarining barglari kichik, bir xil kattalikka va shakiga ega, poyasi spiral holda o`rnashgan. Poyasi yotib o`suvchi turlarining ustki barglari kichik, poyaning ostki qismida (yon tomonlarida)gi barglari yirikroq. ildizi dixotomik shoxlangan, bevosita poya asosidan yoki rizoforalardan taraqqiy etadi. O`tkazuvchi bog`lamlari konsentrik tipda. Poyasidagi kambiy taraqqiy etmagan. Selaginellalar har xil sporali o`simliklarga kiradi. Spora boshoqlari shoxlarning uchida hosil bo`lib, ularda sporofillar (spora bargi) o`rnashgan. Sporofil tashqi ko`rinishidan vegetativ barglarga o `xshaydi. Sporangiylari buyraksimon yoki teskari tuxumsimon, qisqa bandlari yordamida sporofilda joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |