Biologiya o`qitish metodikasi” kafedrasi botanika (o`simliklar sistematikasi) fanidan


rasm: Mog`or zamburug`lari bilan zararlangan oziq ovqatlar



Download 26,64 Mb.
bet20/147
Sana11.06.2022
Hajmi26,64 Mb.
#655718
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   147
Bog'liq
2019-2020 SIRTQI Majmua 2 kurs Botanika

10.1 rasm: Mog`or zamburug`lari bilan zararlangan oziq ovqatlar

Askomitsetsimonlar sinfi, zamburug`lar bo`limining katta sinfi bo`lib, uning tarkibiga tuzilishi va hayot tarzi xilma-xil bo`lgan 30000 ga yaqin tur kiradi.


Bu sinf vakillarining xususiyati ko`payish vaqtida sporalar alohida xaltacha ichida hosil buladi. Xaltacha ichida sakkizta askospora yetiladi.
Askomitsetli zamburug`larning hujayra devorida 20 – 25% xitin bo`ladi. Achitqi zamburug`larida xitin juda oz miqdorni tashkil etib, 1% ga boradi. Hujayra devorining 80-90% ini glyukan moddasi egallaydi.
Askomitsetlar meva tanasi quyidagi shakllarda bo`ladi:
1. Kleystotetsiy, ya`ni yopiq mevatana. Xaltachalari sharsimon, dumaloq, mevatana esa ichida joylashadi, mevatana pusti chirib yirtilgandan keyin u tashqariga chiqadi.
2. Peritetsiy, ya`ni chala ochiq mevatana. Bu tipdagi mevatanalar ko`zasimon bo`lib, uchi ochiq bo`ladi. Xaltachalar mevatananing ichkarisida to`p bo`lib, vertikal joylashadi, yetilgach sporalar tehikcha orqali birin-ketin tashqariga otilib chiqadi.
3. Apotetsiy, ya`ni ochiq mevatana. Bu xildagi mevatanalar ko`pincha tarelkasimon bo`lib, xaltachalar ostida keng qatlam hosil qiladi, erkin joylashadi va osonlik bilan tarqaladi.



11.1 rasm:Askomitsetlarning mevatanasi


Haqiqiy mevatana mitseliy yoki giflarning chalkash va zich joylashishidan har xil kattalikdagi va konistensiyali stro-malarda hosil bo`ladi. Stroma ichida peridiy joylashadi.
Askomitsetsimonlarda mevatana bulishi yoki bulmasligiga qarab, ular uchta kenja sinfga bulinadi: 1) Yalang`och xaltachalilar (Hemiascomycetidae), 2) Euaskomitsetlilar (Euascomycetidae) va 3) Lokulaaskomitsetlilar (Loculaascomycetidae).
Achitqidoshlar oilasi — Saccharomycetaceae Bu oilaning vakillarida haiqiy mitseliy yo`q. Hujayra bir yadroli, alohida yoki oval shaklda. Shakarli muhitda kurtaklanib ko`payadi. Ba`zan hosil bo`lgan kurtaklar uzilmasdan qisqa shoxli «zanjir» - soxta mitseliy hosil qiladi.
Jinsiy ko`payishi ikkita vegetativ hujayraning qo`shilishi bilan sodir bo`ladi. Zigotaning o`sishidan xalta ichida sakkizta spora yetiladi.Achitqidoshlarning taraqqiyot siklida gaploidli va diploidli davrlar har xil kechadi. Masalan, non achitqisi (Saccharomyces cerevsiae) zamburug`i askasporalar hosil qilgandan so`ng, gaploidli davrda kurtaklanish sodir bo`ladi. Shundan keyin somatic hujayralarning qo`shilishi natijasida jinsiy yo`l bilan ko`payadi. Hosil bo`lgan hujayralar diploidli bo`lib, keyinchalik kurtaklanish boshlanadi. qulay sharoitda, ya`ni yaxshi aerotsiyali muhitda, ovqat kamayganda, diploidli hujayralar xaltachaga aylanadi. Tabiatda achitqi zamburug`larning ayrim turlarida gaploidli davr qisqarib ketgan. Ba`zan xaltacha ichida askasporalar bir-biri bilan qo`shiladi. Bunday hodisa saxoromikodes Lyudvig (Saccharomycodes lndvigii) da uchraydi.


Download 26,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish