Oomitsetsimonlar sinfi — Oomycetes Bu sinfga asosan suvda o`suvchi o`simliklarda, umurtqasiz hayvonlarda, amfibiya va baliqlarda, quruqlikdagi gulli o`simliklarda parazit holda yashovchi zamburug`lar kiradi. Ularning ayrimlari tuproqda ham yashaydi.
Oddiy tuzilgan vakillarida vegetativ tana bir hujayrali, ba`zilarida hujayrasiz tuzilgan mitseliy buladi. Jinssiz kupayishi bir xivchinli: ba`zi ikki xivchinli zoosporalar bilan, ayrim turlarida konidiyayeporalar vositasida sodir buladi. Jinsiy kupayishi oogamiya, oogoniy ichidagi tuxum-hujayra yaxshi taraqqiy etadi. Anteridiydan gametalar rivojlainmaydi undan tuxum hujayrani urug`lantiradigan o`simtalar chiqadi, bu o`simtalar o`sib oogoniyga kiradi va proto-nlazmasining bir qismi hamda bitta yadrosi bilan tuxum hujayraga boradi .
Oomitsetlar bosha zamburug`lardan ikki xivchinli bulishi, biri silliq va biri shoxlangan zoosporalar hosil bo`lishi bi lan farq kiladi. Hujayra devorlarida xitin kuzatilmaydi. Hujayra devorlarida sellyuloza va glyukan buladi. Oomitset-lar yuqorida keltirilgan xarakterli belgilari bilan boshqa zamburug`lardan ajralib turadi. Ularning filogeniyasi har xil xivchinli suvo`tlar bilan bog`langan. Bu sinf bir qancha tartiblarga bo`linadi.
9.3 rasm: Plazmospora vitikola bilan zararlangan tok o`simligi
Plazmospora turkumiga mansub xavfli parazit zamburug`lardan bizda toklarda plazmospora vitikola (Plasmopora viticola) uchraydi. U tokning yashil qismlarida novda, barg, g`uncha, gul va mevalarida parazitlik qilib, mildyu kasalligini keltirib chiqaradi. Zamburug` mitseliysi xo`jayin o`simlikning bargidagi og`izchalar orqali hujayra oralig`iga joylashib, yumaloq gaustoriyalari bilan oziqlanadi. Zararlangan bargning ustida sariq dog`lar paydo bo`ladi. Bargning ostida oq – yashil mog`or hosil bo`lib, zamburug`ning bandli konidiya – sporangiysi joylashadi. 1 sm2 bargda 3 mln. konidiy spora bo`lishi mumkin. Zararlangan barg keyinchalik bujmayib to`kiladi. Vegetatsiya oxirida oospora hosil qiladi. Zamburug`ning taraqqiy etishi oosporaning o`sishidan boshlanadi. Uning o`sishi bahor oylarida havo namligi 95% va harorat 13°C bo`lgan vaqtda juda jadal boradi.
Zamburug`ga qarshi kurash tokni vegetatsiya davrida uch – to`rt marta bordos suyuqligi bilan purkash, kuzda esa tokning pishmagan novdalari va barglarini kuydirishdan iborat bo`ladi.
Plazmopora gelianti (P. helianthi) – kungaboqar ildizida parazitlik qilib, o`simlikning o`sishi va rivojlanishini susaytiradi. Zamburug`ning konidiyasporalari bargining ostida mog`or hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |