rasm: Plazmopora gelianti bilan zararlangan kungaboqar o`simligi
Zigomitsetsimonlar sinfi — zygomycetes; Bu sinfga 500 tur kiradi. Ular asosan quruqlikda, yashashga: moslashgan. Ayrim turlari o`simlik chirindilarida, hayvon qoldiqlarida saprotrof oziqlanadi. Ba`zi turlari esa yuksak o`simliklarda, umurtqasiz hayvon va odam tanasida parazitlik qiladi.
Zigomitsetsimonlarning shoxlangan, to`siqsiz, yaxlit hujayrasiz mitseliylari ko`p yadroli. Mitseliyning hujayra devorida xitin va xitozan moddasi bor.
Jinssiz ko`payishi endogen sporangiy va sporalar yoki konidiyalar hosil qilish voyeytasida sodir buladi. Bu esa zigomitsetsimonlarning suv muhitidan chiqib, quruqlikda yashashga moslashganligidan dalolat beradi.
Jinsiy ko`payishi zigogamiya. Gametalarga differensiyalashmagan ikkita teng hujayra moddasining biridan ikkinchisiga o`tib, o`zaro qo`shilishidan ko`p yadroli gametangiya yoki tinimdagi zigospora hosil bo`ladi. Ba`zan hujayralar qo`shilmasdan, tinimdagi spora hosil bo`ladi. Bunday sporaga azigospora deyiladi. Tinimdagi sporalarning o`sishidan gifgif uchlarida esa sporangiy zfeil bo`ladi. Zigomitsetsimonlarning jinsiy kupayishida geterotalizm ham kuzatiladi. Bu hodisa 1904 yili A. Bleksli tomonidan mukor zamburug`ida aniqlangan.
Zygomitsetsimonlar sinfi quyidagi tartiblarga bo`linadi: mukorlilar Mucorales endomoftorolilar Entomophthorales, endogonlilar Endogonales, zoopaglilar Zoopagales.
Mukorlilar tartibi – Mucorales. Mukorlilar zigomitsetsimonlar sinfining eng katta tartibi bo`lib, u 400 ga yaqin turni birlashtiradi. Ular saprotrof bo`lib, tuproqdagi usimlik qoldiqlarida, usimliklar bilan oziqlanadigan hayvon gungida, turib qolgan ovqat qoldiqlarida va meva hamda unayotgan urug`lar sirtida yashab oq pupanak hosil qiladi. Ayrim turlari hayvon, odam va qalpoqchali zamburug` tanalarida parazitlik qiladi.
Zamburug` mitseliysi shoxlangan, bug`insiz oq giflardan iborat. Ular sun`iy sharoitda ustirilganda mitseliysi qarib, sporangiylar hosil qilgan vaqtdagina mitseliy bug`inlar bilan ajraladi.
Oq pupanak mitseliysi substrat ichida yoki ustida taraqqiy etadi. Mitseliy giflarning uchlarida sporangiy bandlari tik kutarilib chiqadi Sporangiy bandlari-ning uchlarida tusiq bilan ajralib turgan sharsimon burtma - sporangiy 100-200 mmk. kattalikda bo`ladi. To`siq ustuncha shaklida bo`lib, sporangiy bushlig`i ichiga kiradi va kolonka hosil qiladi Sporangiy ichidagi ko`p yadroli sitoplazma bir qancha bo`laklarga bulinib, bir yadroli, dumaloq va po`st bilan o`ralgan harakatsiz sporalarga aylanadi. Bu sporalar sporangiy ichida hosil bulganligi uchun sporangispora deyiladi. Sporangiy yetilgach dastlab sariq, keyin qoramtir rangga kiradi.
Ba`zi mukor zambururlarda juda kichik sporangiy hosil bo`lib, uning ichida bitta yoki bir vecha spora yetilishi mumkin. Bunga sporangiola, deyiladi. Nihoyat, zamburug`lari jinssiz ko`payganda sporalar hosil qilishgandan tashqari bu jarayon, konidiyayeporalar vositasida ham ro`y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |