Biologiya o`qitish metodikasi” kafedrasi botanika (o`simliklar sistematikasi) fanidan


О‘simliklar jamoasi va Ekologik guruhlar haqida umumiy tushuncha. O`simliklarda kuzatiladigan mavsumiy o`zgarishlar



Download 26,64 Mb.
bet58/147
Sana11.06.2022
Hajmi26,64 Mb.
#655718
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   147
Bog'liq
2019-2020 SIRTQI Majmua 2 kurs Botanika

О‘simliklar jamoasi va Ekologik guruhlar haqida umumiy tushuncha. O`simliklarda kuzatiladigan mavsumiy o`zgarishlar;
Fitotsenozlarning tuzilishi; O`simliklar qoplamini o`rganishda va tavsiflashda ikkita muhim tushunchani, ya`ni flora va o`simliklar qoplamining farqini bilish zarur. Ma`lum mamlakat yoki hududda tarqalgan o`simlik turlarining majmuasi yoki ro`yxatiga flora deb ataladi. Masalan, Zarafshon vodiysining florasi yoki Buxoro viloyatining florasi, O`zbekiston florasi va boshqalar. Muayyan hududning florasi deganda asosan yovvoyi holda o`sadigan o`simliklar turlari tushuniladi. Bir hudud florasi boshqa hudud florasidan hrq qiladi. Buning asosiy sababi orografiya, iqlim va tuproq hamda o`simlik turlarining kelib chiqishi bilan bog`liq. Yer kurrasi maydonlarida uchraydigan o`simlik turlarining soni 500 mingga yaqin. O`zbekiston o`simliklarga boy o`lka, so`nggi ma`lumotlarga ko`ra unda 4500 ga yaqin yuksak o`simlik turlari o`sadi.
O`simlik qoplami deganda Yer yuzining turli hududlaridagi har xil muhitlarda o`sayotgan o`simliklar guruhi (fitotsenozi) tushuniladi. O`simlik qoplami tushunchasi keng va tor ma`nolarda bo`lishi mumkin. Masaian, keng ma` noda aytilgan arch azorlardan iborat o`simliklar qoplami o`z navbatida qora archazor (J. seravschanica), o`rik archazor (J. turkestanica) va saur archazor (J. semiglobosa)lardan iborat tor (kichik) ma`nodagi guruhlarni bildiradi.
Fitotsenoz belgilari. Fitotsenozning asosiy belgilari:
1. Florasining tarkibi — shu fitotsenoz uchun xos bo`lgan turlar yig`indisi.
2. Fitotsenoz tarkibiga kiradigan turlarning uchrash darajasi mo`lligi.
3. Bir nechta turning ko`p bo`1ishi, ya`ni son jihatidan boshqa turlarga nisbatan ancha ko`pligi — ustunligi (edifikator va subedifikator turlarning mavjudligi).
4. Pog`onaliligi — o`simlik yerustki qismlarining pog`onalanishi.
5. O`simlik qoplamining to`Ialigi — zichligi.
6. Orografiyasi.
7. Tuprog`i.
8. O`simlik qoplami qiyofasining — manzaraning mavsumga qarab o`zgarishi
9. Biologik unumdorlik.
10. Fitotsenoz areali.
11. Hayotiyligi.
12. Fitotsenozning vaqtga qarab o`zgarishi — suksessiyasi.
Fitotsenozning vaqtga qarab o `zgarishi – suksessiyasi. Turli sabablarga ko`ra Yer sharining ayrim qismidagi, qolaversa, Yer sharining umumiy o`simliklar qoplami doimo o`zgarib turadi. O`simlik qoplamining o`zgarishiga olib keluvchi sabablar asosan ikki xil: ichki va tashqi bo`ladi.
Fitotsenozni o`zgartiruvchi tashqi sabablar qatoriga geologiktexnologik o`zgarishlar, iqlimning o`zgarishi va umuman Yer sharidagi fiziko-geografik sharoitning o`zgarishi kiradi.
Suksessiya deganda o `simliklar dunyosidagi katta o `zgarishlar emas, balki ancha kichik masshtabdagi o`zgarishlar, ya`ni yerning ma`lum bir uchastkasidagi o`simlik qoplamining o `zgarishi tushuniladi.
Suksessiya ham ikki xil bo`ladi: 1. Endogen suksessiya va 2. Ekzogcn suksessiya.
Endogen suksessiya — fitotsenozdagi o` simliklarning hayotiy jarayoni natijasida vujudga keladigan, ya`ni ichki sabablar ta`sirida vujudga keladigan suksessiya. Ekzogen suksessiya esa fitotsenozga nisbatan tashqaridan bo`ladigan ta`sir natijasida vujudga keiadigan suksessiyadir. Lekin shuni aytish kerakki, tashqi va ichki ta`sir orasiga aniq chegara qo`yib bo`Imaganidek ekzogen va endogen suksessiyalar orasiga ham aniq chegara qo`yish juda qiyin, albatta.
O`simliklar guruhi (fitotsenoz) qanday maydonni egailamasin, ular ma`lum tasnif asosida o`rganiladi.
Fitotsenozlar tasnifi. Yuqorida aytib o`tiiganidck, tabiatda fitotsenozlar xilma-xil bo`lganligi uchun ularning bir-birlariga o`xshashiik darajasi ham har xil bo`ladi. Shuning uchun fitotsenozlarning xilma-xilligini aniqlash va ularni birlashtirish maqsadida tasniflar yaratiladi va shu asosda izlanishlar olib boriladi. O`simliklar sistematikasida asosiy sistematik birlik tur bo`lib, o`xshash turlar turkumga, turkumlar esa oilalarga birlashtiriladi. Geobotanikadagi eng kichik asosiy taksonomik birlik esa — bu assotsiatsiyalardir (lot. associate — birlashish). Edifikator turlari tarkibi, pog`onalanishi, qiyofalari va o`sish sharoitlari o`xshash bo`lgan o`simlik guruhlari (fitotsenozlar)ga assotsiatsiya deyiladi.
Edifikatorlari bir turga mansub, tarkibidagi o`simliklari va boshqa xususiyatlari bir-biriga o`xshash, o`sish sharoiti ozroq farq qiluvchi o`simliklar assotsiatsiyalariga formatsiya (lot.formatia — hosil bo`lish, shakllanish) deyiladi.
Edifikatorlari bir turkumga kiruvchi formatsiyalar – formatsiya guruhiga birlashadi. Masalan, shuvoq, yantoq, qandim, saksovullardan tashkil topgan formatsiyalar. Edifikatorlari bir biomorfga (hayotiy shakiga) yoki ekobiomorfga kiruvchi formatsiyalar (formatsiya guruhlari) yig`indisi o`simliklar tipini tashkil qiladi.
Hаyotiy shаkllаri hаqidа tushunchа O`simlik vа hаyvоnlаrning tаshqi muhitning аsоsiy оmillаrigа nisbаtаn mоrfоlоgik mоslаnishlаri vа hаyot kеchirish tаrzi оrgаnizmlаrning hаyot shаkllаri dеyilаdi. Оrgаnizmlаrning uzоq tаriхiy rivоjlаnish jаrаyonidа ulаr yashаb turgаn tаshqi muhitgа mоs rаvishdа hаr хil mоrfоlоgik vа biоlоgik mоslаnish хususiyatlаri kеlib chiqqаn. Bu o`z nаvbаtidа оrgаnizmlаrdа mа`lum tаshqi qiyofаni vujudgа kеltirgаn. O`simliklаrning hаyot shаkli dеyilgаndа mа`lum tаshqi muhit shаrоitidа o`simliklаr guruhlаrining o`sish vа rivоjlаnish nаtijаsidа kеlib chiqаdigаn umumiy ko`rinishi (qiyofаsi, gаbitusi) tushunilаdi. O`simliklаrning hаyot shаkligа dоir turli tаsniflаr vа sхеmаlаr mаvjud bo`lib, bundаy tаsniflаsh Tеоfrаst dаvridаn bоshlаnаdi. Tеоfrаst bаrchа o`simliklаrni dаrахt, butа, chаlа butа vа o`t o`simliklаr kаbi shаkllаrgа аjrаtgаn.

Download 26,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish