Salomailk (Cyperus) turkumi. Bu iurkurnga ko`p yillik va bir yillik ot o`simliklar kiradi. Barglari cnsiz qalami. Gullari ikki jinsli. O`zbekistonda 7 turi uchraydi. Ulardan keng tarqalgani Yumaloq salomalik (Cyperus rotundus). U ko`p yillik o`t o`simlik, bo`yi 10-50 Sm. Poyasi uch qirrali, silliq. Bargi poyadan kaltaroq. May-iyun oylarida gullab, iyun – sentabrda urug`laydi. Tuganagi yordamida vegetativ yo`1 bilan ko`payadi. O`zbekistonning barcha sug`oriladigan ckinzorlarida begona o`t sifatida uchraydi.
11.1 rasm: Yumaloq salomalik;
Qo`ng`irboshnamolar qabilasi — Poales; Bug `doydoshlar oilasi — Poaceae; Bu oila vakillari bir, ikki va ko`p yillik o`t o`simliklardan ihorat. Ildizlari popuksimon, iidizpoyalari ham bor. Poyalari silindrsimon, oddiy, shoxlanmagan, bo`g`imlarga ajralgan, bo`yi 2 sm dan 150 - (200) sm ga yetadi. Bo`g`im oralag`ining ichi kovak. Barglari oddiy, bandsiz, navbat bilan joylashgan, qalami, nashtarsimon, parallel tomirli. Barglarining pastki qismi poyani o`rab turadigan silindrsimon uzun qin va qalami – nashtarsimon uzun yaproqdan iborat. Qin bilan yaproq o`rtasida yupqa pardasimon kichkina tilcha o`rnashgan. Gullari mayda, rangsiz, gulqo`rg`onsiz, bir, ikki, ko`p gulli boshoqchalarda joylashgan. Boshoqchalar o`z navbatida 3 xil to`pgulga birlashadi: murakkab boshoq (bug`doy, arpa va boshq.); boshoqsimon supurgi to`pgul; supurgisimon to`pgul (suli, qo`ng`irbosh, yaltirbosh). Har bir boshoqchada 1 – 10 tacha yoki undan ko`p ikki jinsli, ba`zan bir jinsli gul bo`ladi. Boshoqchaning tagida ikkita tangacha (qipiq), ya`ni pastki va uning qarshisidan biroz yuqoriroqda ustki tangacha joylashgan. Gulqo`rg`on bo`lmaydi, ularning o` rnida gul tangachalani bo`ladi. Gul tagida bir – biriga qarama – qarshi joylashgan ikkita – ostki va ustki gul tangachasi bor. Ko`pgina bug`doydoshlarning pastki gul tangachasida qiltiq bo`ladi. Bu qiltiq pastki gul tangachasining uchida o`rtasidan yoki pastki qismidan chiqadi. Ularning uzunligi 0,5 – 5,0 sm va shakli har xil bo`ladi. Gulning ichida gul tangachalari orasida mayin, kichkinagina parda joylashgan. Bu parda o`zgargan gulqo`rgon bo`lib, lodikula deb ataladi. Lodikulalar reduksiyalangan gulqo`rg`on ichki doirasining qoldig`i hisoblanadi. Lodikulalarning biologik ahamiyati katta. Ular gullar ochilishiga yordarn beradi. Changchisi 3 ta (faqat tashqi doirada) yoki 6 ta (sholi, shakarqamish, bambuk), ba`zan 2 ta (qizil qiyoq, tilqinqan), bitta ham bo`lishi mumkin.
Urug`chisi 4 ta, 2 – 3 ta meva bargli. Tugunchasi ustki, biri uyali va bir urug`kuntakli.
Bu g`doydoshlar asosan shamol yordamida changianadi. Mevasi – don. U po`st, endosperma va murtakdan iborat. Doni (meva) fling ko`p qismi kraxmalli endospcrmdan iborat, uning tag tomonida qalqon bilan ajralib turgan kichkina murtak joylashgan.
Bu oila 900 turkum va 10500 – 11000 turdan iborat. Vakillari Yer yuzida keng tarqalgan. O`rta Osiyoda 95 turkum va 410 ga yaqin turlar uchraydi, O`zbekistonda 80 turkum va 216 turi mavjud. Oila ikkita oilachaga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |