Ishning bajarilishi.
Buning uchun ikkita bir hil hajmdagi qolba olib, ularni havo bilan to‘ldirish maqsadida, 20-30 daqiqaga bir xil sharoitda og‘zi ochiq holda qoldiriladi. Keyin esa qolbalarga qo‘l tekkizmasdan, ya’ni ularni toza lattalar bilan ushlagan holda teshiklariga shisha tayoqchalar o‘rnatilgan tiqinlar yopiladi. Endi o‘simlik bargini yoki novdasini olib, suv solingan probirkaga tushiriladi.
Eslatib o‘tamiz, suvda ortiqcha havo pufakchalarining bo‘lmasliga uchun u ilgaridan qaynatilgan bo‘lishi kerak. Barg yoki novda solingan probirka tiqindagi shisha tayoqchaga mahkam qilib bog‘lanadi va chaqQonlik bilan birinchi qolbadagi tiqin olinib,uning o‘rniga o‘simlik novdasi o‘rnatilgan tiqin qo‘yiladi . So‘ngra esa, qolba yorug‘lik yetarli darajada bo‘lgan joyga qo‘yiladi.
O‘simlik bargi bo‘lmagan qolba ham, og‘zi berkitilgan holda, tajriba qolbasi yaqiniga qo‘yiladi. Demak, har ikkala qolba bir xil sharoitda 30 daqiqa davomida tinch qoldiriladi. Mabodo, qolbalar ichidagi harorat oshib ketsa, ularni sovuq suv bilan sovitiladi.
Tajriba vaqtini shunday belgilash kerakki, bu davrda qolbadagi CO2 ning o‘simlikka yutiladigan qismi 25 % dan kam bo‘lmasligi kerak. Odatda hajmi 1 litr bo‘lgan qolbalar tajriba o‘tkazish vaqti 5 daqiqa, 2-5 litrlik qolbalarda uchun esa, 10-20 daqiqa atrofida bo‘lishi kerak.
Fotosintez tezligini aniqlashda olingan natijalar
O‘simlik nomi
|
Bargning umum.
satxi
Dm2
|
vaqt
|
Tajriba va nazorat qolbalarga qo‘yilgan Ba(OH)2,ml
|
Titrlashga sarf bo‘lgan HCl (ml)
|
HCl titriga tuzatish (K)
|
Bir soatdagi fotosintez tezligi mg/dm2
|
Tajribaning
Boshlanish vaqti(min)
|
Tajribaning tamom bo‘lish vaqti(min)
|
Tajribaga ketgan vaqt (min)
|
tajribaga
|
nazoratga
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Tajribaga berilgan vaqtning tugashi bilan, o‘simlik novdasi o‘rnatilgan tiqin qolba og‘zidan olinib, uning o‘rniga № 1 tiqin o‘znatildi. Bu tiqindagi shisha tayoqchani syokin olib, teshikdan byuretka orqali 0,025 n.li Ba(OH)2 eritmasidan 20 ml quyiladi va 2-3 tomchi fenoftalien tomiziladi. So‘ngra tiqindan byuretka olinadi va teshikcha darhol shisha tayoqcha bilan byokitiladi. Kolba ichidagi CO2 ning bariy gidroqsidiga to‘la yutilishini ta’minlash uchun eritma, 20 daqiqa davomida yaxshilab chayqatiladi. So‘ngra esa 0,025 n li HCl eritmasi bilan qizil rang o‘chgunucha qadar titrlanadi. Xuddi mana shu qilangan ishlar nazorat qolbalarda ham olib boriladi.
Nazorat va tajribaga olingan kolbalarga quyilgan Ba(OH)2 eritmasini titrlashga ketgan HCl ning miqdori yuqorigi jadvalga yozib olinadi.
Odatda fotosintez tezligi barg sathiga nisbatan aniqlanadi. Agar fotosintez tezligi doiralar shaklida o‘yib olingan barglarda aniqlanilgan bo‘lsa, barg yuzasi tubandagi formula bo‘yicha topiladi.
S=hr2
Bu yerda: S-barg yuzasi, h-o‘zgarmas son (3,14), r-doira radiusi
Fotosintez tezligi (Ft) quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Ft=((A-V)x K x 0,55x60) / S x t
Bu yerda A-tajribaga olingan ishqorni titrlash uchun sarf bo‘lgan HCl li miqdori (ml hisobida)
V-nazorat qolbaga solingan ishqorni titrlash uchun ketgan NSl ning miqdori (ml hisobida)
K- HCl titriga nisbatan tuzatish koeffitsientit
S-barg sathi dm2
t-tajribaga berilgan vaqt( min)
60-daqiqani soatga aylantirish koeffitsenti
Do'stlaringiz bilan baham: |