Ish tartibibi va topshiriqlar: Buning uchun stakandagi qaynatib sovutilgan suvga, elodiya o‘simligi tushiriladi. Fotosintez jarayonida kislorod ajralib chiqishini tezlashtirish maqsadida, elodiya o‘simligining kesilgan tomonini tepaga qaratib, qaychi bilan uchidan yana ozroq qirqib tashlanadi.
So‘ngra esa, uning ustiga voronka qo‘yiladi. Fotosintez jarayonida , elodiya o‘simligidan ajralib chiqayotgan pufakchalarni yig‘ish uchun, voronkaning uchki tomoniga , suv to‘ldirilgan probirka qo‘yiladi. Probirka ichida havo qolmasligi uchun u qaynatilib sovutilgan suvga to‘ldirilib, og‘zi bosh barmoq bilan berkitiladi va elodiya ustiga qo‘yilgan voronkaning uchki tomoniga suvga to‘ldirgan holda kiygiziladi.
Probirkani voronka ustiga qo‘yish, suv tagida bo‘lganligi sababli ham unga havo kirmaydi, ammo barmog‘imizni probirka og‘zidan olish paytida undagi suv sathi sal pasayadi. Shuning uchun ham probirkaning tepa qismida havosiz bo‘shliq paydo bo‘ladi. Xuddi shu bo‘shliqqa fotosintez jarayonida ajralib chiqayotgan pufakchalar ko‘rinishdagi kislorod yig‘iladi. Bu ishlarni amalga oshirib bo‘lgach, elodiya solingan stakan 200-500 vattli elektr chirog‘i bilan yoritiladi. Elodiyaga yorug‘lik tushishi bilan fotosintez boshlanadi. Fotosintezning boshlanganligini o‘simlikning kesilgan joyidan pufakchalarning chiqishini qarab bilish mumkin.
Ajralib chiqayotgan pufakchalarning soniga qarab fotosintez intensivligi haqida fikr yuritish mumkin. Bu pufakchalarning haqiqatdan kislorod ekanligiga ishonch hosil qilish uchun voronka ustidagi probirka syokin suvdan ko‘tariladi va uning og‘zi katta tezlikda bosh barmoq bilan byokitiladi. So‘ngra probirka ichiga so‘nayotgan cho‘g‘alanga berib yonsa, ajralib chiqqan pufakchalarning toza kisloroddan iborat ekanligini ko‘rsatadi.
Olingan natijalar, talabalar bilan birgalikda muhoqama qilinadi va xulosalar daftarga yozib olinadi.
2-variant.
Fotosintez jadalligiga yorug‘lik kuchining ta’siri
Ishning bajarilishi:Normal o‘sayotgan elodiya o‘simligini olib, shisha tayoqchaga bog‘lanadi va stakandagi qaynatib sovitilgan suvga tushiriladi. Keyin esa, uning uchki qismidan ozroq kesib tashlanadi. O‘simlik 200-500 vattli elektr chirog‘i bilan yoritiladi.
Oradan ma’lum daqiqalar o‘tishi bilan o‘simlik novdasining kesilgan joyidan pufakchalar chiqa boshlaydi. Pufakchalarning chiqishi fotosintez jarayonining boshlanganligidan darak beradi. Yorug‘lik kuchining fotosintez intensivligiga bo‘lgan ta’sirini o‘rganish uchun stakandagi elodiya o‘simligi yorug‘lik manbaidan har xil (50, 75, 100, 125 sm) uzoqdagi masofalarga joylashtiriladi va har 5 daqiqa davomida ajralib chiqayotgan pufakchalar soni sanaladi.
Har bir masofa oralig‘ida o‘simlikdan ajralib chiqayotgan pufakchalar soni yozuv daftariga qayd qilib boriladi. Tajriba asosida olingan ma’lumotlarga qarab, yorug‘lik kuchining fotosintez intensivligiga qay darajada ta’sir qilganligi haqida xulosa qilinadi.
3-variant.
O‘simliklarga karbonat angidridning yutilishiga har xil nurlarning ta’siri
Ma’lumki, fotosintez jarayonining borishida turli nurlar ishtiroq qiladi. Ammo, spektrda ko‘rilgan yorug‘lik nurlarning hammasi ham fotosintez intensivligiga bir xilda ta’sir qilavermaydi. Masalan, fotosintez tezligi quyosh nuri spektrining qizil qismida, ko‘k-binafsha qismidagiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Bu esa, fotosintezda ishtiroq qiladigan pigmentlarning quyosh spektridagi nurlarni tanlab yutish xususiyatiga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Spektr nurlarining fotosintez intensivligiga bo‘lgan ta’sirini o‘rganishda, har xil rangli ekranlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |