23-LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Jismoniy yuklamani nafas va yurak xarakatiga ta`siri
Organizmning kislorod o`zlashtirishi bilan karbonat angidrid ajratishini ta`minlab turuvchi prosesslar yig`indisi nafas deb yuritiladi. Nafas funksiyalari asosida odam, hayvon va o`simliklar organizmidagi energiya almashinuvchini ta`minlaydigan oksidlanish qaytarilish reaksiyalari yotadi.Nafas prosessida gavdaning hamma organlari, to`qimalari kislorod bilan ta`minlanadi va moddalar almashinuvi natijasida hosil bo`ladigan karbonat angidrid gazi organizmdan chiqarib yuboriladi.
1 - ish. Har xil sharoitlarda odamning nafas harakatlarini grafik usulda yozib olish
Ishdan maqsad: nafas harakatlarini grafik usulda yozib olish metodikasi bilan tanishish va har xil sharoitlarda nafas harakatlarini o`rganish.
Nazariy tushuncha. Nafas muskullari (qovurg`alararo va diafragma muskullari) ning ritmik qisqarishi va bo`shashishi oqibatida plevralar orasida bosim o`zgarishi bilan nafas olish va nafas chiqarish yuzaga keladi.
Nafas harakatlari pnevmograf yordamida yozib olinadi. Pnevmograf Rivo-Rochchi apparatining manjetkasi va qayd qiluvchi richagi Marey kapsulasidan tuzilgan. Bu ikki qism bir biri bilan rezina nay orqali tutashtiriladi.
Ish uchun kerakli jihozlar: pnevmograf, shtativ, kimograf, novshadil spirt, paxta.
Ishni bajarish tartibi. Tajriba odamda o`tkaziladi. Sinaluvchi studentning ko`krak qafasining pastki chegarasi ustiga pnevmografning manjetkasi bog`lanadi va sinaluvchini kimografga orqasini o`girib o`tkaziladi . Uchta uchlik naydagi qisqichni ochib turib, nafas olinganda richag perosining harakati maksimal darajada bo`ladigan holatgacha sistemaga havo yuboriladi va qisqich yopib qo`yiladi. Manjeta ko`krak qafasi ustiga to`g`ri o`rnatilgan va ko`krak qafasining harakatlari Marey kapsulasining richagiga uzatilayotganiga ishonch hosil qilinganidan keyin richag perosi kimograf barabaniga tegizib qo`yiladi va quyidagi holatlarda nafas harakatlari yozib olinadi.
Normal nafas harakatlarini qayd etish taxminan 1 – 2 minut davomida odatdagi tinch holatda nafas harakatlari yozib olinadi va vaqti belgilab qo`yiladi. So`ng olingan pnevmogrammaning chastotasi, nafas olish va nafas chiqarish o`rtasida pauzalar bor yo`qligi kuzatiladi.
YUtinish effektini qayd etish. Sinaluvchi og`ziga suv oladi, burun orqali nafas olib suvni og`zida ushlab turgan vaqtdagi nafas harakatlarini yozib boriladi. “YUting” buyrug`i berilganda suvni yutadi. Pnevmogrammada yutish momentini belgilanadi. Agar sinaluvchi bir stakan suvni bir martada yutib yuborsa yana ham sezilarli effekt bo`ladi. Sinaluvchi suv icha boshlangandan boshlab ichib bo`lguncha va undan keyin 30s o`tguncha nafas harakatlari yozishda davom ettiriladi.
Nutq effektini qayd etish. Normal nafas harakatini yozib ola turib, sinaluvchiga kitobdan bir parcha tekst o`qitish taklif etiladi.
Jismoniy ish effektini qayd etish. Sinaluvchi sanash yoki metranom tovushiga monand 60s da 30 marta o`tirib turadi. So`ng nafas harakatlari qayta yozib olinadi.
Hid bilish reseptorlariga novshadil spirt bilan ta`sir etilganda nafasning reflektor yo`l bilan o`zlashtirishning qayd etish. Buning uchun sinaluvchining burun kataklari yaqiniga nashatir spirtga ho`llangan paxta tutiladi va nafas harakatlarining o`zgarishlari shu zahoti yozib olinadi.
Olingan pnevmogrammalarni laboratoriya daftariga qayd qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |