Kerakli jihozlar. Mariott jadvali.
Tajriba o‘tkazish tartibi.
Sinaluvchi odam doira (O) va qo‘shish belgisi (+) chizilgan kartonni oladi. Chap ko‘zini yumib, o‘ng ko‘zi bilan pastga qarab turgan holda rasmni ko‘ziga asta-sekin yaqinlashtiradi. Tekshirish vaqtida sinaluvchi boshining holatini o‘zgartirmasligi zarur. Ko‘zdan ma'lum masofada (20-25 sm) doira tasviri yo‘qoladi. Bu doira tasviri ko‘r dog‘ga tushganini tasdiqlaydi. Chap ko‘zdagi ko‘r dog‘ ham shunday tekshiriladi.
Kuzatilgan xodisa haqida daftaringizga xulosa yozing.
Nazorat uchun savollar.
Ko‘r dog deb nimaga aytiladi?
Ko‘r dog‘ borligi qanday tajribada isbotlanadi?.
Sariq dog‘ deb nimaga aytiladi?
16-LABORATORIYA ISHI.
Mavzu: ENDOKRIN BEZLARNING MAKRO-VA MIKROTUZILISHI.
Gormonlarning xossalarini aniqlash. Insulinni qondagi qand miqdoriga ta`siri.
Do'stlaringiz bilan baham: |