Ko‘zning to‘r qavatida ko‘r dog‘ borligini isbotlash (Mariott tajribasi)
Nazariy tushuncha. Ko‘zning to‘r qavati murakkab tuzilgan bo‘lib, unda yorug‘likni sezuvchi elementlar - tayoqcha va kolbacha hujayralar bo‘ladi. Tayoqcha va kolbachalar to‘r qavatda bir xil tarqalmagan.
Ko‘rish nervi ko‘z soqqasiga kiradigan joydagi to‘r qavatda fotoretseptorlar bo‘lmaydi. Bu yerga tushgan nurlar ko‘zga ko‘rinmaydi, shuning uchun ham uni ko‘r dog‘ deb ataladi. Mariott tajribasi orqali ko‘r dog borligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Ishdan maqsad. Buyumning tasviri ko‘r dog‘ga tushganda shu buyum ko‘rinmasligiga ishonch hosil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |