K erakli jihozlar: Ektokarpus, laminariya va fukus suvo’tlari gerbariysi. Sporangiy va gametangiylar ifodalangan doimiy preparatlar. Buyum va qoplag`ich oynalar, mikroskop, tomizgich, pinset, glitserin, ustara.
Ishlash tartibi: 1.Ektokarpusning tuzilishini o`rganish.
Ektokarpusning tuzilishini o`rganish uchun suvo’tining alohida (fiksatsiya qilingan) shoxchasi olinib, buyum oynasidagi glitserinli bir tomchiga qo’yiladi va qoplagich oyna bilan yopiladi va mikroskopning buyum stolchasiga joylashtirilib, sаl kаttа qilib ko`rsatadigan оb`еktivi оrqаli qaraladi. Bunda yirik donali xromatoforlari bo’lgan silindr shaklidagi hujayralari ko`rinadi. Dixotomik shoxlanish yeriga yaqin bo’lgan shoxchasidagi jinssiz organlari – uzunchoq pufaksimon zoosporangiyalari kuzatiladi. Bu zoosporangiyada ikki xivichli zoosporlar hosil bo’ladi. So’ngra ipining uchidagi jinsiy urchish organlari – silindr shaklida alohida kameralarga bo’lingan gametangiylar aniqlaniladi.
2. Laminariyaning tuzilishini o`rganish.
Laminariyaning ichki tuzilishini o`rganish uchun fiksatsiya qilingan laminariya bandi olinib, ustara yordamida ko’ndalang kesiladi. Keyin eng nozik, yupqa kesik olinib buyum oynasidagi glitserin tomchisiga joylashtiriladi va usti qoplag`ich oyna bilan yopiladi. Tayyor preparat mikroskopda ko`riladi. Bunda kesikning tashqi tomonida bir necha donador xromatoforlari bo’lgan mayda hujayralar ko’rinadi. Bu hujayralar qoplovchi, assimilyatsiya va hosil qiluvchi to’qima vazifasini bajarib, po’stloq hujayra deb ataladi.
Undan ichkariroqda qator xalqalar bilan o’ralgan katta teshiklar ko’rinadi, bular suv bilan to’lgan suv yo’llaridir. o’zak deb ataluvchi markaziy qismida elaksimon naylarga o’xshash tuzilma ko’rinadi. Ular shoxlanadi va qalin plastinkalar orqali bir-biri bilan qo’shiladi. Bargsimon qismining ko’ndalang kesimida uning po’stloq qavatida tor qopsimon zoosporali zoosporangiyani ko’rish mumkin.
3. Fukusning tuzilishini o`rganish.
Fukusning ichki tuzilishini ko`rish uchun ustara bilan tallomining ko’ndalang kesimidan preparat tayyorlanadi. Buyum oynasidagi glitserinli bir tomchga eng yupqa kesik qo’yiladi va qoplagich oyna bilan yopiladi. Tayyor preparat mikroskopning kichik ob`ektivida kuzatiladi. Kesikda qo’ng`ir, plastinkasimon xromatoforli, zich joylashgan qator hujayralardan iborat bo’lgan tashqi qavati ko’rinadi. Bu qavatni po’stloq deb ataladi. Ichki qavati bir – biri bilan siyrak chirmashib ketgan iplardan tashkil topgan.
Fukusning jinsiy organlari tuzilishini o`rganish uchun, tallomning uchki qismidan (yuqoridagi tartibda) reparat tayyorlab olinadi va mikroskopda tekshiriladi. Bunda skafiydiylari kolbasimon bo’shliqdan iborat bo’lib, bo’shliqning devorlarida 8 ta tuxum hujayrali, oval shakldagi oogon o’rnashganligi ko`rinadi.
Erkak skafiydiylarni ko’rish uchun yuqorida ko’rsatilgan usulda yana bir kesik tayyorlanadi. Preparatda tallomning ichki tuzilishi va shar shaklidagi erkak skafiydiylar ko’rinadi. Bo’shliq devorlaridan anteridial qopchalar joylashgan shoxchalar ketgan bo’ladi. Yetilishi bilan qopchalar ochilib, ulardan spermatozoidlar chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |