Yangi mavzuning bayoni:
Jins irsiy axborotning avlodlarga berilishi va nasl qoldirishni ta’minlaydigan
hamda erkak va urg‘ochi organizmlarni farqlash imkonini beradigan belgi va tuzilmalar majmuyidir. Tirik
organizmlarda ikki xil jins: urg‘ochi va erkak jins farq qilinadi. Organik olam evolutsiyasining ma’lum
bosqichida yer yuzida ayrim jinsli organizmlar paydo bo‘lgan. Hayvonlarda jinsning belgilari morfologik,
fi ziologik, biokimyoviy xususiyatlari, murakkab xattiharakatlari orqali namoyon boʻladi. Jinsiy belgilar
birlamchi va ikkilamchi boʻladi. Birlamchi jinsiy belgilarni jinsiy organlar sistemasi ifoda etadi, ular
gametalar hosil boʻlishi va urugʻlanishni taʼminlaydi. Ikkilamchi jinsiy belgilar gormonlar taʼsirida
voyaga yetgan davrda rivojlanadi va hayot davomida saqlanadi. Masalan, qushlar va sutemizuvchi
hayvonlarning erkagi gavdasining yirikligi, chiroyli bo‘lishi, odamlarda esa erkaklarda soqol-
mo‘ylovning bo‘lishi, ovozning yo‘g‘on bo‘lishi. Erkak va urg‘ochi organizmlarning tash qi
ko‘rinishidagi farq jinsiy dimorfi zm deyiladi. Jinsiy dimorfi zm ko‘p gi na hayvonlarda, odamda yaqqol
ko‘zga tashlanadi. Odam, hayvon va о‘simliklarda jinslarning nisbati bir xil 1:1 bо‘ladi. Jins ko‘pincha
urug‘lanish jarayonida ma’lum bo‘ladi. Jinsni aniqlashda kariotip asosiy rol o‘ynaydi. Har
bir organizmning kariotipi har ikkala jinsda bir xil bo‘lgan xromosomalar autosomalar, erkak va urg‘ochi
jinslarni bir-biridan farq qilishini ta’minlaydigan xromosomalar – jinsiy xromosomalardan iborat.
Masalan, drozofi la pashshasining kariotipi 6 ta autosoma va ikkita jinsiy xromasomadan iborat.
Meyoz
jarayonida geterogametali individlar bir xil miqdorda X va Y xromosomali gametalar hosil qiladi. Shu
sababli, jinsiy ko‘payishdan keyin hosil bo‘lgan erkak va urg‘ochi individlar soni teng bo‘ladi. Masalan,
www.sadikov.uz @sadikov_uz
Mazkur dars ishlanmalar to’plamidan faqat namuna sifatida foydalansa bo’ladi!
erkaklari geterogametali bo‘lgan organizmlar (drozofi la)da jinsning irsiylanishi Ba’zi organizmlarda
geterogametalilik bir jinsiy xromosomani yo‘qolishi bilan aloqador. Shunga ko‘ra gomogametali
organizm XX, geterogametali organizm XO bo‘ladi.
Mustaxkamlash: 1. Urg‘ochi organizm gomogametali bo‘lganda jinsga birikkan irsiylanishni
misollar bilan yozib tushuntiring.
2. Urg‘ochi organizm geterogametali bo‘lganda jinsga birikkan irsiylanishni
misollar bilan izohlang.
3. X xromosoma tarqalmaganda belgilarning irsiylanishi drozofi la meva
pashshasida qanday bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |